Mavzu: fe'l haqida ma’lumot. Darsning maqsadi



Yüklə 39 Kb.
səhifə1/2
tarix01.05.2023
ölçüsü39 Kb.
#107857
  1   2
FE\'L HAQIDA MA’LUMOT


MAVZU: FE'L HAQIDA MA’LUMOT.


Darsning maqsadi: fe’l - so’z turkumi ekanligi haqida ma’lumot berish: shaxs va narsaning harakatiga qarab fe’llarga to’g’ri so’roq| qo’yish malakasini shakllantirish; fe’llarni to’g’ri yozish, nutqda to’g’ri qo’llashga o’rgatish; fikrlashuvda madaniy munosabatda bo’lish, har bir ishga to’g’ri yondashish hissini tarbiyalash.
1.Ta’limiy maqsad:o’rganilgan bilimlarni mustahkamlash ; o’quvchilarning bilim , ko’nikma va malakalarini oshirish;


2.Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’zaro bir-birlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ona-Vatanga va uning ne’matlariga bo’lgan mehr-muhabbatni oshirish, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam va berilgan topshiriqni bajarishda ma’suliyatni sezish ko’nikmalarini o’stirish.

3.Rivajlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil ishlashga , ijodiy fikrlashga, xotirani mustahkamlashga o’rgatish , tez fikrlash , fikrni aniq va lo’nda bayon etish ga o’rgatish
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.


Darsning metodi: deduktiv.


Darsning jihozi: shifokor bemorni eshitayotgan, qishda qushlarning hayotini tasvirlovchi rasmlar, samolyot, paroxod, kir yuvish mashinasi, dazmol kabilar tasviri tushirilgan rasmlar.


Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:a) salomlashish, navbatchining hisoboti;
b) darsga tayyorgarlik ko’rish .
O’qituvchi: -Hozir nima dars?
O’quvchi:- Hozir ona tili darsi . Bu dars bizning Davlat tilimizdir. Biz o’z ona tilimizni sevamiz va qunt bilan o’rganamiz(bir o’quvchi “Ona tilim “ she’rini aytadi).
O’qituvchi :-Bolalar bizning shior nima edi ?(Hamma o’quvchilar birgalikda aytadilar)
Ona tilim, onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jonu-quloqqa.
I. 0’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish.
2. Rasm bilan ishlash.
Doskaga shifokor bemorni davolayotgan, qishda qushlarning hayotiga doir rasmlar osiladi. Rasm yuzasidan suhbat o’tkaziladi: Rasmda nimalarni ko’ryapsiz? (Shifokor, bemor, qushlar, daraxtlarni ko’ryapmiz.)

— Shifokor bemorni nima qiladi? (Davolaydi.)


— Qishda qushlarga nima uchun qiyin bo’ladi? (Qishda sovuq. qushlarga don yo’q, qishda qushlar don izlaydi.)
- Qishda qushlarga nima qilish kerak? (Qushlarga don sepib turish kerak.)
3. 281- mashqdagi gaplar yozilgan plakat doskaga osiladi o’qituvchi gaplarga so’roq berib o’qitadi:
- Shifokor bemorni nima qildi? (Davoladi.)
Davoladi so’zi nimani bildiradi? (Harakatni )
— Kim davoladi? (Shifokor.)
Shifokor so’zi nimani bildiradi? (Shaxsni )
— Qor tinmay nima qilyapti? (Yog’yapti.)
Yog’yapti so’zi nimani bildiryapti? (Harakatni.)
— Nima yog’yapti? (Qor.)
Qor so’zi nimani anglatyapti ? (Narsani.)
Keyingi gap ham shu tarzda tahlil qilinadi.
- Davolaydi, yog’yapti, izlaydi so’zlari nimani bildiradi? (Harakatni.)
— Nimaning harakatini? (Shaxs va narsalarning.)
- Javoblar umumlashtirilib, narsa-shaxs harakatini bildirgan so’zlar fe'l turkumiga oid so’zlar ekanini tushuntiradi.
„Fe'l" haqida tushuncha berish fe'l turkumiga oid so’zlarning muhim belgilarini aniqlash bilan bog’liqdir. Aniq shaxs-narsaning harakatini bildirish fe'lning grammatik ma'nosi bo’lishi bilan birga, shu turkumdagi so’zlarning leksik ma'nosi ham hisoblanadi (yurmoq, suzmoq, uchmoq, ekmoq...). Fe'lning leksik ma'nosi bu bilan chegaralanmaydi; shaxs-narsa holati (sevinmoq, charchamoq, yetmoq...) shaxs-narsalararo munosabat (sevmoq, salomlashmoq, hurmatlamoq...) kabi ma'nolarni ham anglab kela oladi. Fe’llarning leksik-semantik ma'nosi xilma-xil bo’lsa ham, grammatik ma'nosi shaxs-narsa harakatini bildirishdir. Shaxs-narsa harakatini bildirgan so’zlar nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi?, nima qilmoqchi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
Harakatning shaxs, son, zamon, mayl va daraja shakllari holida ifodalanishi fe'lning o’ziga xos belgisidir. 3- sinfda fe’lning zamon. shaxsga ko’ra o’zgarishi haqida ma'lumot berilmaydi. Lekin mashqlar orqali fe'lning tuslanishi bilan bog’liq tushunchalar singdirib boriladi. Masalan, fe'llarni so’roqlar yordamida aniqlashda zamon shakliga ishora qilinadi (nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi?...), biroq asosiy termin ishlatilmaydi.
o’quvchilar 281- mashqda berilgan gaplarni ko’chirib yozadilar. Fellarning tagiga chizadilar.
281-mashq
Shifokor bemorni (nima qildi?) davoladi.
Qor tinmay (nima qilyapti?) yog'yapti.
Qushlar don (nima qiladi?) izlaydi.

Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə