Mavzu: fe'l haqida ma’lumot. Darsning maqsadi



Yüklə 39 Kb.
səhifə2/2
tarix01.05.2023
ölçüsü39 Kb.
#107857
1   2
FE\'L HAQIDA MA’LUMOT

3. Husnixat mashqlari.
Husnixat qoidalari eslatilgach, o’quvchilar quyidagi she'rni ko’chirib yozadilar:
So’zlaringiz, Siz quvonchim,
Joyiab dilga, Hayajonim,
Otlanaman Mehribonim
Porloq yo’lga! Ayajonim!
(Umarali Qurbonov)
o’quvchilar ishni tugatgach, she'r o’qitiladi va savollar be-riladi.
— Siz ham onangizni yaxshi ko’rasizmi?
— Ularni qanday hurmat qilasiz?
— Maktabga ketayotganingizda onangiz nimalarni tayinlaydilar? 4. Darslik bilan ishlash.
282- mashqdagi matn o’qiladi. Matn yuzasidan savollar beriladi
Ajratib ko’rsatilgan so’zlarga so’roq bering.
Inson ajoyib texnika yaratdi. Qudratli texnika uni koinotga ko’tardi. Odam texnika tufayli dengiz tubiga ham tushdi. Texnika kishilar yumushini yengillashtirdi.
— Texnika deganda nimalarni tushunasiz?
— Siz hayotingizda qanday texnik asboblardan foydalanasiz?
— Texnikaviy mo’jizalami bilasizmi? (Internet, uyali aloqa vositasi.)
Doskaga samolyot, paroxod, kir yuvish mashinasi, dazmol kabilarning rasmlari osib qo’yiladi, bulardan qachon va qaysi vaqtlarda foydalanish haqida suhbat uyushtiriladi:
— Bu asboblardan insonlar qachon foydalanadilar?
— Bu narsalar inson hayotida qanday xizmat qiladi?
Samolyot uzoqlarga uchdi. Samolyot nima qildi? (Uchdi.)
Uchdi so’zi samolyotning nimasini bildiryapti? (Harakatini.)
— Demak, bu narsalar inson hayotida kundalik ro’zg’orda hamisha ishlatiladigan narsalar ekan.
Matnda ajratib ko’rsatilgan so’zlarga so’roq beriladi. Shaxs va narsaning harakatini bildirayotgan so’zlar aniqlanadi. o’quvchilar matnni kitobdan ko’chirib yozadilar, yozganlarini tekshiradilar, fe'llarning tagiga ikki chiziq chiziladi.


5. Darsni yakunlash.
— Harakatni bildirgan so’zlarga qanday so’roqlar beriladi?
Allalaydi so’ziga so’roq bering. (Nima qiladi?)
Qayg’uradi so’ziga so’roq bering. (Nima qiladi?)
Erkalaydi so’ziga so’roq bering. (Nima qiladi?)
Allalaydi, qayg’uradi, erkalaydi so’zlari kimga xos? (Onaga.)
— Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so"zlar nima deyiladi? (Fe'l deyiladi.)


6. Uyga vazifa:
283- mashq. „Qurilishda" mavzusida matn o’qilib, mazmuni yoritiladi. Mashqni bajarish uchun namuna ko’rsatiladi:
Hozir quruvchilar uylarni tez va soz qurishyapti.
Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə