Maktabgacha talimni rejalashtirish va moliyaviy taminlash


II 2 Maktabgacha ta'limni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari



Yüklə 108,12 Kb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü108,12 Kb.
#140215
1   2   3   4   5   6
5 va 27 Mak tal rejalashtirish va moliyaviy taminlash

II 2 Maktabgacha ta'limni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari
Taiim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
Ilova Yilik reja

  1. Hisobot.

  2. MTMning yildagi asosiy o'quv vazifalari.

  3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbirlari (tarbiyachilarning ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish, tarbiyachilarni metod birlashmalarga olib borish).

  4. Nazariy-amaliy seminarda qatnashish.

  5. MTM pedagogik jamoasi ro'yxati.

  6. Pedagoglarning siyosiy ongini oshirish (Prezident farmonlari, gazeta, Konstitutsiya).

  7. Malakka oshirish rejasi (Tarbiyachining F.I.Sh., yili).

  8. Pedagogik kengash (yillik rejani muhokamasi, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik haqida tarbiyachi hisoboti, pedagogik kadrlarni guruhlarga taqsimlash, ochiq mashg'ulotlar tahlili).

  9. Amaliy, nazariy seminar (bolalarda uchraydigan kasalliklar, aqliy rivojlanish).

  10. Tarbiyachilar uchun maslahatlar.

  11. Yosh mutaxassislar bilan ishlash (F.I.Sh.).

  12. Tashkiliy ishlar (ko'rik tanlovlarda qatnashish: «Yil tarbiyachisi», «Chaqqon ona», «Sog'lomjon, polvonjon»).

  1. . yilda o'tgan tadbirlar.

  1. Pedagogik jarayonni jamoa bilan kuzatish (katta guruhlarda ekologik tarbiya).

  2. MTM va maktab hamkorligi (maktabning yangi o'quv yilining boshlanishidagi marosimida qatnashish, tayyorlov guruhlari bolalarini maktab binosi bilan tanishtirish, o'qituvchisi bilan bolalarni o'zlashtirishi haqida suhbat, «Alifbe» bayramida qatnashish, «Xayr bog'cha, salom maktab»).

  3. Kam ta’minlangan oila bolalari bilan ishlash.

  4. Umumiy ota-onalar yig'ini (ota-onalar komitetini saylash, yillik ish reja bilan tanishtirish, to'garaklar haqida).

  5. Har bir yosh guruhda ota-onalar yig'ilishi.

  6. Yozgi sog'lomlashtirish va tibbiy ishlar rejasi.

  7. Ilg'or tajribalarni o'rganish (tarbiyachi F.I.Sh.ni

ommalashtirish, masalan, ota-onalar bilan ishlash uslublarini o'rganish).

  1. To'garaklar ish rejasi.

  2. Xo'jalik-maishiy ishlar (idishlar, o'yinchoqlar, jihozlar bilan ta’minlanganligi).

  3. Sog'lom avlod dasturini amalga oshirish.

  4. Ochiq eshiklar kuni: sentyabr, dekabr, aprel, iyun.

Kundalik rejaning tuzilishi

a
a
«
t/>

1.

Ertalabki soat

  1. Suhbat (mavzu).

  2. O'yinlar (mavzu).

  3. Mustaqil faoliyat.

  4. Mehnat.

  5. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash.




2.

Mashg'ulotlar

  1. Mashg'ulot yo'nalishi, mavzu va maqsadi.

  2. Zaruriy jihoz va ko'rgazmali qurollar.

  3. Mashg'ulotning borishi (tarkibiy qismlari).




3.

Sayr

  1. Kuzatish.

  2. Harakatli o'yin.

  3. Ixtiyoriy o'yinlar.

  4. Mehnat.

  5. Tinch o'yin.

(Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o'zgarishi mumkin)




4.

Running
2-yarmi

  1. Yakka tartibda ishlash.

  2. Ifodali o'qish va suhbat.

  3. O'yinlar (ta'limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahnalashtirilgan).

  4. Ko'ngilochar soatlar (har oyda 1-2 marta).




5.

Kechki sayr

  1. Ixtiyoriy kuzatish.

  2. Ixtiyoriy o'yinlar.

  3. Ota-onalar bilan ishlash.



Maktabgacha taiim muassasasida taiim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik- fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan taiim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda taiim-tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o'ylab olish, maqsadni aniqroq ko'rish imkonini beradi. Reja bo'lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qoilanmalardan foydalanishni biladi,
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida, avvalo, haftalik mashg'ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o'n besh kunga mo'ljallangan badantarbiya mashqlari, ota- onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Kundalik faoliyatda ertalabki soat, mashg'ulot, sayr, kunning 2-yarmida belgilangan vazifalar toiiq yoritiladi.
Davomat daftari.
Davomat daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan boiishi kerak. Kundalik davomat tarbiyachi tomonidan bolalarning soni yozilgandan so'ng tasdiqlanadi, imzolanadi. Davomat har oyda yopiladi.
Filtr daftari.
Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, imzolangan boiishi kerak.

Bolaning
ismi,
familiyasi

Haro-
rati

Terisi

Og‘iz
bo‘shlig‘i

Pedi-
kulyoz

Ota-
onalar
bilan
suhbat

Ilova













































Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, imzolangan bo'lishi kerak.



Bola­
ning
ismi,
famili­
yasi

MTMga
oxirgi
kelgan
kuni

Patronaj

Tashxisi

MTMga
keigan
kuni

Imzo

I

Saba­
bi

II

III

3 kunda

7 kunda (sababi)

14 kunda (sababi)






























































O'z ustida ishlash daftari.
O'z ustida ishlash daftari uch yo'nalishda olib boriladi:

  1. Siyosiy o'qish.

  1. Yangi metodik qo'llanmlar bilan tanishib borish.

V) Ilg'or ish tajribani o'rganish.


II.3 Smeta - davlat moliyaviy hujjat sifatida

Smeta maktabgacha ta’lim tashkilotsining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me’yoriy hujjatdir.
Maktabgacha taiim tashkilotsida yozgi hordiq va sogiomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda tashkilotdagi guruhlar, bolalar soni, ularning tashkilotda qancha vaqt bo'lishi, tashkilot xodimlarining necha soat ishlashi va ishning turiga ham alohida e'tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo'yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar»,«Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajat- lari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».
Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida taomnoma tuzish:
«Ovqatlantirish xarajatlari» moddasiga bolalarni ovqatlantirishga mo'ljallangan mablag'lar kiritiladi. Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul me'yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotsining turi, ish vaqti e’tiborga olinadi. Ovqatlantirish me'yori Sog'liqni saqlash, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag' miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha jami bola soniga ko'pay tiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotsi smetasiga barcha xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag' ajratish ham ko'zda tutiladi. Bu maktabgacha ta’lim va moliya bo'limlari tomonidan alohida ro'yxat bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar haq to'lash hisobiga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va tashkilot qaysi byudjet hisobidan mablag' bilan ta’minlanishi qayd etiladi.
Yozgi dam olish va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish sarf-xarajatlari maktabgacha ta’lim tashkilotsi xarajat smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o'tkaziladigan hollarda ularni amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar bog'chalarida ota-onalar mablag'lari hisobga olingan alohida smeta ham tuziladi.
Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida tuziladi. Smetada tashkilotningkelasiyil uchun hisoblab chiqilgan jami hamda har bir modda bo'yicha xarajatlar miqdori joriy yilga tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon tuzilayotgani va o'tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e'tiborga olingan holda kiritilgan o'zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi.
Ko'rsatilgan ma’lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish jarayonida undan chetga chiqish hollarining yuz bergani va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar miqdorini to'g'ri belgilash talab etiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari smeta tuzish vaqtida kelgusi yilgi ish ko'rsatkichlarini (guruhlar va tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning tashkilotda bo'lish vaqti va hokazo) belgilashda o'zi bo'ysungan yuqori tashkilotning me’yoriy hujjatlari, buyruq va ko'rsatmalariga amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo'lishi shart.
Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta'lim tashkilotsi egallab turgan bino haqida umumiy ma’lumotlar [uning hajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmog'ining mavjudligi), shuningdek, tashkilotning ko'lamiga oid ko'rsatkichlar [guruhlar hamda bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan tashqari, smetaga maktabgacha ta’lim tashkilotsida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enagalar, hamshiralar va boshqa xodimlarning ikki nusxada tuzilgan tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinishi shart.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatda yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada taqsim etiladi.
Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim tashkilotsining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to'g'ri tuzilganini aniqlab, uning to'liq to'ldirilgani, alohida moddalar bo'yicha xarajat summalari aniq hisob-kitob qilingani, binoning hajmi va maydoni to'g'ri ko'rsatilgani, shuningdek, xodimlarning tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinganini tekshiradi.
Barcha hisob-kitoblar ko'rib chiqilgach, har bir modda bo'yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan aj- ratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgi­langan summaga tenglashtiriladi. So'ng maktabgacha ta'lim tashkilotsining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida modda bo'yicha va umumiy summa), shuningdek, byudjet hamda ota-onalar mablag'lari hisobiga ajratiladigan xarajatlar kvartallar bo'yicha tasdiqlangan taqsimotga binoan yozib qo'yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomonidan qabul qilingach, maktabgacha taiim tashkilotsi boshqa xarajatlar va ota- onalardan tushadigan mablag'larni har bir kvartal bo'yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib qo'yadi.
Xarajatlarni taqsimlashda ba'zilarining mavsumiy xarakterda boiishi (yoqilg'i tayyorlash, sabzavot jamg'arish, ta'mirlash ishlari va hokazolar) hisobga olinishi lozim. Agarda joriy yilda bolalar sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, bu bilan bogiiq sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan qo'shimcha mablagiar va h.k.) tegishli kvartallar xarajatlari ko'rsatkichlarida aks ettirilishi kerak. Smetaning bir nusxasi tashkilotda qoladi, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalteriyaga, qishloq kengashiga, moliya boiimi va boshqalarga taqdim etiladi.
Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning jami miqdori, xodimlar ish haqi jamg'armasi, smeta tasdiqdangan sana qayd etiladi. So'ngra smetani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig'i imzo chekadi va uning imzosiga idora muhri bosiladi. Ta’kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot unga o'zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o'zgartishlar yuqori tashkilotning maktabgacha ta'lim tashkilotsiga yuborgan yozma xati bilan rasmiylashtiriladi.

  1. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xarajatlar hajmi asosan undagi guruhlar va bolalar soniga, har bir bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotsida qancha vaqt bo'lishiga bog'liq. Bunda bolalarning umumiy soni va ularning har biri tashkilotda qancha vaqt bo'lishiga oid ko'satkichlar (9-10.5, 12 va 24 soat) maktabgacha ta’lim va yasli guruhlari bo'yicha alohida qayd etiladi. Tashkilotda sog'lomlashtirish guruhlari mavjud bo'lsa, ulardagi bolalar soni ham alohida ko'rsatilishi lozim. Bu bo'limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil oxiridagi hamda o'rtacha yillik soni ko'rsatiladi. Rejalashtirilayotgan yil boshida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida smeta tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va bolalarning ro'yxatdagi soni keltiriladi. Bu ro'yxatda yuqori tashkilot yo'llanmasi bilan tashkilotga qabul qilingan barcha bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil smetasida maktabgacha ta’lim tashkilotsini kengaytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, u holda «Yil boshida» grafasida guruhlar miqdori va bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar aks ettiriladi. O'zgarishlar bo'lmasa, «Yil oxirida» grafasiga yil boshida keltirilgan ma’lumot yozib qo'yiladi. Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotsida bo'lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma’lumotlar, shuningdek, o'tgan yillar rejasining ijrosini tahlil qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan tashkilotda qancha vaqt bo'lganiga qarab aniqlanadi.


Yüklə 108,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə