Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

 
 
 
 


JUFT BO„LIB YUGURJSH
 
O‗ynovchilar guruhi juft-juft bo‗lib, chiziq orqasida qator turadilar. 
Maydonchaning ikkinchi tomoniga, bolalar soniga qarab to‗plar qo‗yiladi, 
O‗qituvchi signali bo‗yicha qatordagi 
birinchi juft qo‗l ushlashib, oldinda turgan to‗plar oldigacha yugurib boradi va 
uni aylanib o‗tib, o‗z qatori oxiriga borib turadi, Keyingi signal bo‗yicha ikkinchi 
juft yugurib chiqadi, So‗ngra uchinchisi va hokazo. Ko‗proq marta birinchi 
bo‗lib kelgan va qo‗llarini yonga tushirib turgan jufitlar o‗yinda g‗olib 
hisoblanadi. 
TO„PNI HALQAGA TUSHLRISH 
O‗yin qatnashchilari basketbol taxtasiga yaqin joyda turadilar (ustunchaga 
chambarak o‗matilgan bo‗ladi). Bolalar to‗pni yuqoriga irg‗itib, bosh bilan urib, 
uni halqaga tushiradilar. 
QATOR OXIRIDAGI BOLAGA TEKKIZ 
Ikkita komanda o‗yinchilari teng to‗rtta guruhga bo‗linib, ikkita doira hosil qilib 
turadilar. Birinchi guruh o‗yinchilari doira ichida, ikkinchi guruh o‗yinchilari esa 
doira tashqarisida turadilar. Doira ichida turgan bolalar saf tortib, bir-birlarining 
bellaridan ikki qo‗llab ushlab turadilar. 
Otuvchilar yoki merganlar doira atrofida turadilar. O‗qituvchi signalidan keyin 
merganlar qator oxirida turgan o‗yinchiga to‗p otib, tekkizishga harakat qiladilar. 
Lekin qatordagi bolalar harakat yo‗nalishlarini o‗zgartirib, o‗z o‗rtoqlarini 
himoya qiladilar. Qator boshida turgan birinchi o‗yinchi to‗pni ikki qo‗llab ilib 
olishi mumkin. Qator oxiridagi to‗p tekkan bola o‗yindan chiqadi. Doira ichida 
ko‗proq vaqt turib, kam o‗yinchi yo‗qotgan komanda g‗olib chiqadi. 
Chambarak ichiga tez turib ol Maydonchaga bir nechta chambarak qo‗yib 
qo‗yiladi (gimnastika chambaragi, arg‗amchi yoki bo‗r bilan oddiy doira chizish 
mumkin). Chambaraklar o‗yinchilar soniga qaraganda 1 - 2 ta kamroq bo‗lishi 
kerak. O‗ynovchilaming hammasi zal yoki maydon bo‗ylab yugurib yurishi 
mumkin. O‗qituvchi signalidan keyin yugurib yurgan o‗yinchilar duch kelgan 
chambarak o‗rtasiga turib olishga harakat qiladilar. Kechikib qolganlar 
maydoncha chekkasiga, to‗planishadi. So‗ngra o‗qituvchi natijani e‘lon qiladi, 
Chambarakka tezroq kelib turganlar o‗yinda g‗olib chiqada. 
DOIRAGA TORT 
O‗yinchilar ikkita teng komandaga bo‗linadi, birinchi komanda aylananing tashqi 
tomonida, ikkinchi komanda ichki tomonida bir-biriga qarab turadilar. Doira 
ichida turgan o‗yinchilar doira tashqarisida turganlami, doira tashqarisida 
turganlar. Doira ichida turganlami tortadilar. O‗yin 1- 2 minut davom etadi. 
Doiraning ichiga yoki tashqarisiga tortilganlar o‗yindan chiqadilar. Raqibning 
qo‗lidan yoki belidan ushlab tortiladi. 4-6 marta olishuvdan keyin o‗yinchisi 
ko‗proq qolgan komanda g‗olib bo‗ladi. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə