30
yilda Eltuzarxonning topshirig‘i bilan "Firdas ul-iqbol" "Jannat bog‘i" asarini yoza
boshladi. Lekin bu asar ayrim sabablarga ko‘ra tugallanmay qolgan.
Muxammad Rizo Erniyozbek Ogaxiy xam asli xorazmlik bo‘lib, Munisning
jiyani edi va tog‘asining tarbiyasini olgan edi. Munis vafotidan so‘ng u saroyni tark
etib, ota kasbi miroblik bilan kun kechirgan. Ogaxiy iste’dodli shoir, tarixnavis va
tarjimon sifatida mashxurdir. U tog‘asi boshlagan "Firdas ul-iqbol"ni nixoyasiga
etkazdi. Undan tashqari Ogaxiy "Riyoz ud-davla" ("Davlat bog‘i"), '"Zubdat ut-
tavorix" ("Tarixlar sarasi"), "Jome ul-voqeoti sultoniy", "Gulshan ul-davla" kabi
asarlar yozgan. Ogaxiy 19 ta asarni fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
"Ravzat us-safo", SHarofuddinning "Zafarnomasi», Vosifiyning «Badoe ul-voqoe»
asarlari shular jumlasidandir.
«Firdavs» ul-iqbol" Xorazmning qadim zamonlardan to 1825 yilgacha
bo‘lgan tarixini o‘z ichiga oladi. Asar muqaddima va besh bobdan iborat. Munis va
Ogaxiylarning mazkur asarining axamiyati shundaki, unda Xorazmning qariib 300
yillik tarixi (1511-1825) yaxlit, xronologik tarzda bayon etilgan Asar turli
mazmundagi faktik materiallarga nixoyatda boy.
XIX asrda tarixnavislik maktabi Qo‘qonda xam vujudga keldi. O‘zbek tilida
yozilib, Qo‘qon xonligining XIX asrning o‘rtalaridagi siyosiy axvolini o‘zida aks
ettirgan asarlardan biri "Ansob us-salotin va tazorix ul-xavokin" kitobidir. Mazkur
asarning muallifi Mirza Mushrif Toshkandiyning biografiyasiga doir ma’lumotlar
ko‘p emas. Lekin uning nisbasidan xon saroyida xizmat qilganligini taxmin qilish
mumkin. Asarda Farg‘onaning XV- XIX asrlar tarixi yoritilsada, ammo 1842-1875
yillar voqealari bayoni original axamiyatga ega.
SHunday qilib, XVI-XIX asrlar tarixi o‘zbek tilida bitilgan qator tarixiy
asarlarda o‘zining aksini topgan. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarixiy asarlarning
ko‘pchiligi ilmiy jixatdan o‘rganib chiqilib, nashr etilgan.
Dostları ilə paylaş: