Markaziy Osiyo davlatlarining O'zbekiston bilan ta’lim
sohasidagi hamkorliklari
Jalol Ilash o‘g‘li Abduxamidov
Begzod To'raqulovich To‘raqulov
Samarqand davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining O‘zbekiston bilan
ta’lim sohasidagi hamkorliklari va ushbu hamkorlikning O‘zbekiston ta’lim sohasidagi
samaradorligi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Ta’lim, hamkorlik, samaradorlik, ilm, imkoniyat.
Educational cooperation between Central Asian countries
Jalal Ilash o’g’li Abdukhamidov
Begzod Turakulovich Torakulov
Samarkand State University
Abstract:
This article discusses the cooperation of Central Asian countries with
Uzbekistan in the field of education and the effectiveness of this cooperation in the
field of education in Uzbekistan.
Keywords:
Education, collaboration, efficiency, science, opportunity.
Asosiy qism.
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida qadimdan fan va ta’lim sohasida hamkorlik
aloqalari juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Uzoq yillar davomida bu mintaqada yashagan
xalqlar bir-birining yurtiga borib ta’lim olishi, fan sohasidagi yutuqlar bilan
o’rtoqlashish imkoniyatlaridan foydalanishgan kelishgan. Mintaqa bag'rida joylashgan
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Turkiston, Toshkent va boshqa shahrlar uzoq yillar
davomida fan va ta’limning markazlari bo’lib kelgan. Bu shaharlardagi madrassalarda
mintaqada yashagan barcha xalqlar vakillarini uchratishimiz mumkin bo’lgan. Bu kabi
jihatlar XX asr boshlarigacha davom etgan. Keyinchalik suniy omillar sabab bu jihat
anchagina to'xtab qoldi.
Markaziy Osiyo Respublikalari Sobiq Ittifoq parchalanib mustaqil bo’lgach,
boshqa sohalarda bo’lgani kabi, fan va ta’limda ham hamkorlik aloqalarini yo’lga
qo’yishga harakat qildi. Davlatlar o’rtasida imzolangan diplomatik shartnomalar
bandlarida ta’lim va fanga doir bo'limlari borligini ko’rish mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
521
Markaziy Osiyoning o’rtasida joylashgan O’zbekiston mustaqillikning ilk
kunlaridan fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga aloxida etibor qaratdi. Bu sohani
yakka holda rivojlantirib bo’lmasligini to’g’ri tushungan davlat rahbari qo’shni
respublikalar bilan keng hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga harakat qildi
Qozog'iston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta’lim sohasida O'zbekiston
bilan hamkorlik aloqalari urnatilishiga kirishdi mustaqilligmizning ilk kunlariga borib
taqaladi. 1992-yilda ular o’rtasida imzolangan do’stlik va hamkorlik shartnomasining
17-bandida bevosita ta’lim sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish ko’zda tutilgan edi.
Bu shartnomaning amaliy ifodasi sifatida o’sha yilning kuzida bir guruh o’zbek
olimlari Qozog’istonda bo’lib o’zaro tajriba almashinib qaytishdi. Bu safar davomida
ikki davlat olimlari o’rtasida kelajakda ilmiy izlanishlar sohasida birgalikda amalga
oshiradigan ishlar belgilab olindi.
1
1993-yilda bir guruh qozog’istonlik ilm-fan vakillari O’zbekistonda bo’lishdi.
Qozoq olimlari O’zbekistonning qishloq xo’jaligi sohasida erishgan yutuqlarini
o’rganib, o’z yurtida ham sinab ko’rishini aytishdi. Bu hamkorlik aloqalari ayniqsa
1994-yilda ikki davlat o’rtasida madaniyat kunlarining o’tkazilishi bo’yicha 11
moddadan iborat chiqarilgan qaror bilan yanada mustahkamlandi
2
. Bu qarorning 8
moddadasida ikki davlat o’rtasida hamkorlik qilishning asosiy yo’nalishlari bo'yicha
o'zaro faoliyatining aniq turlari va shakllari madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohasidagi
hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish belgilab qo’yilgan edi. Qozog'iston bilan
O'zbekiston o’rtasida fan sohasidagi hamkorlik aloqalari XXI asrg kelganda ham
rivojlanib bordi. Ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarning rivojlanishida 2018-yilda
O’zbekistonda Qozog’iston oliy ta’lim muassasalarining taqdimotli ko’rgazmasi bo’lib
o’tdi. Xususan, bu tadbirlar Samarqand davlat universitetida ham bo’lib, unda
Qozog’istonning o’ndan ortiq universitetlari hodimlari ishtirok etishgan.
3
Shu bilan bir
qatorda Qozoq talabalari O'zbekistonning bir qator oliy talim muassasalarida tahsil
olishayotganligini ham kurishimiz mumkin. Bular Toshkent Arxitektura qurilish
instutitda Akromov Abdug'ani Zhamalitdinov, Shohrux Zhamalitdinov, Shahzod
bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’limda tahsil olmoqda Qozoq yoshlarini yana
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika institutida kunduzgi va sirtqi
ta’limda ko’plab yoshlarni ko'rishimiz mumkin. Kunduzgi ta’limda Koldasheva Zarina
(tarixni o’qitish metodikasi), Otagganava Manzura (boshlang'ich ta’lim), Balieva
Gulnara (boshlang'ich ta’lim), Xudayarova Nazokat Abdurazoqovna (boshlang'ich
ta’lim), Axmetov Usmon (boslang'ich ta’lim), Babayev Rustam (maktabgacha ta’lim)
Zarnigor Baxodir qizi (jismoniy madaniyat), Dadayeva Nargiza Abduraxmanovna
(texnologiya ta’limida). Sirtqi ta’limda esa Boliyeva Zamira (maktabgacha ta’lim),
1
https://uzbekistan.lv/uz/ozbekiston-qozogiston-yaqin-qoshnichilik-va-ozaro-ishonchga-asoslangan-hamkorlik/
2
https://lex.uz/ru/docs/-2565040
3
https://daryo.uz.ozbekistonda-qozogiston-talim-kunlari-otkaziladi/
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
522
Sulaymonova Mamlakat Komolavna (boshlang’ich ta’lim), Ermakhonavo Gulmira
Ilmerovna (Maktabgacha ta’lim) Tojiyeva Gulchehra Mirzakulovna (rus-tili-
adabiyoti), Togayeva Ra’no Bureyivna, (boshlang'ich ta’lim) Azimova Lola
(maktabgacha ta’lim ) yo’nalishlarida ta’lim olmoqda. Guliston Davlat unversitetitda
4-kurs talabasi Anarmetova Xilola (Texnologiya ta’limi) yo’nalishida o'qiydi. Bizning
ham yoshlar Qozog'istonda Turkiston xalqlar do'stligi Universitetida, Silkway, Abay,
Muxtor Avezov nomli nufuzli Universitetlarida tahsil olishadi.
O’zbekiston Qirg’iziston bilan ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik aloqalarining
o’rnatilishi ham mustaqilikning ilk kunlariga to'g'ri keladi. Ikki davlat o’rtasida
diplomatik aloqalarning yo’lga qo’yilishi o’z navabatida ta’lim va fan sohasidagi aloqa
munosabatlar yanada jonlanishiga turtki bo’lgan. O’tgan o’ttiz yil davomida ikki davlat
o’rtasida fan va ta’lim sohasida o’nga yaqin kelishuvlarga erishilgan. Birgina 1998-
yilda bir guruh qirg’iz olimlari ilmiy safar bilan Toshkent, Navoiy va Samarqand
viloyatlarida bo’ldilar. Safar davomida qirg’iz olimlari Navoiy kon metallurgiya
kombinatida ham bo’lib, bu yerda o’z malakalarini ham oshirdi. Qirg'iziston va
O'zbekiston olimlari o’rtasida uchrashuvlar XXI asrda ham bo’lib turdi. Xususan 2002-
yilda O’zbekistonning bir qancha arxeologlari Qirg’izistonning O’sh va Jalolobod
viloyatlarida ilmiy safarda bo’lib qaytishgan. Bu safardan ko’zlangan maqsad mazkur
hududlarda qadimgi odam qoldiqlarini topish bo’lgan. O’zbek olimlarining bu ilmiy
izlanishlariga qirg’izistonlik tadqiqotchilar ham o’z xissalarini qo’shishgan.
Bundat tashqari o’zbek yoshlarining Qirg’iziston universitetlarida, o’z navbatida
ko’plab qirg’iz yoshlarining O’zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi ikki
o’rtadagi aloqalarning rivojlanishiga katta turtki bo’lmoqda. Birgina 1994-yilda ikki
davlat hukumatlari o'rtasida tashkil etilgan Qirgizistoning O'sh shahridagi Qirg'iz-
O'zbek Universiteti to'g'risidagi shartnoma bunga misol bo'la oladi. Shu yillardan
boshlab yoshlarimiz qo'shni davlatdagi oliy o'quv yurtlariga kira boshladi. Bugungi
kunda esa bu ko’rsatkich kundan-kunga kengayib bormoqda. 2021-yilning o'zida
O'shdagi O'sh-O'zbek Universititida 4225 nafar o'zbek yoshlari ta’lim olishmoqda.
Shulardan 1836 nafari kunduzgi ta’limda, 2389 nafari esa sirtqi ta’limda tahsil olib
kelmoqda. Bu ko'rsatkich 2017-yilda 58 nafarni tashkil etar edi. O'z navbatida
Qirg'iziston yoshlari ham O'zbekistonda o'qishmoqda. Toshkent davlat arxitektura
instutida Sobirov Abdulvosit Islamov, Abdumalik Arxitektura yo’nalishida tahsil
olmoqda. Jizzax davlat pedagogika instutida Nurtajiyeva Osiyoxon Xabibullayevna
(boshlang'ich ta’limida) o'qimoqda.
Tojikiston bilan O'zbekistoning fan sohasidagi hamkorlik aloqalari uzoq yillarga
borib taqaladi. Lekin, bu aloqalarning davlat miqyosida rivojlanishi mustaqillikdan
keyingi yillariga to’g’ri keladi. Ikki davlat olimlarining o’zaro tajriba almashinishi
ayniqsa, 1998-yildan keyin samarali bo’lgan. Shu yilning o’zida 50 ga yaqin tojik
olimlarining O’zbekistonga kelishi va bu yerdagi qishloq xojaligi, konchilik,
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
523
qorako’lchilk va boshqa sohadagi yutuqlar bilan tanishib ketishi fan sohasidagi
hamkorlikni yangi pog’onaga ko’tardi. O’zbekistonga kelgan tojik olimlariga javob
tariqasida bir guruh o’zbekistonlik fan ijodkorlari 1998-yilning 18-20-dekabr kunlari
Tojikistonda bo’lib qaytishgan. Bu ilmiy safar davomida o’zbek va tojik olimlari
o’zaro tajriba almashishgan
4
.
Ikki davlat o’rtasidagi ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik 2017-yildan keyin
yanada rivojlangan. Bunga ikki davlat rahbarlarining o’zaro tashriflari turtki bergan.
Ikki davlat o’rtasida o’tkazilgan madaniyat kunlari fan va ta’lim sohasidagi aloqalarni
rivojlanishiga yo’l ochib bergan. Bugungi kunda ikki davlat ta’lim sohasida katta
yangliklar bo'lib o'tmoqda. Misol sifatida 2017-2018-yili 44 nafar O'zbek talabalari
tashkil etgan bo'lsa 2019-yilgi ma’lumotlarga ko’ra yuzdan ortiq o’zbekistonlik
talabalar Tojikiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.
5
Shu bilan bir qatorda
qo'shni xalq yoshlari ham O'zbekistonda tahsil olib kelishmoqda. Toshkent davlat
arxitektura institutida Mirzayeva Shoira Saidovna arxetiktura yo’nalishda bilim oladi ,
Samarqand davlat universitetida Vofoev Shokirjon filologiya fakultetining (rus-tili va
Adabiyoti) yo’nalishida o'qib kelmoqda, Guluston davlat universitetida Islomqulova
Shaxlo (jismoniy madaniyat) yo’nalishda 3-kurs talabasi hisoblanadi. Karimova
Xurshida (maktabgacha ta’lim), 2-kurs talabasi Mamazakirova Sobira (maktabgacha
ta’lim) 1-kurs talabasi hisoblanishadi.
Turkmaniston va O'zbekiston o’rtasidagi ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik
aloqalari ham mustaqillikning ilk yillariga borib taqaladi. 1996-yil 16-yanvarda
Chorjoyda Turkmaniston va O'zbekiston o’rtasida “Ta’lim sohasida hamkorlik
to’g’risida” bitim imzolandi. Bu bitimning ikkinchi moddasida ahdlashuvchi
tomonlarning har biri ikkinchi tomonning fuqarolariga ta’lim olishda o‘z fuqarolari
bilan teng huquqni va uning erkinligini kafolatlaydi, ona tilida ta’lim olish uchun shart-
sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi degan jumlalar keltirilgan.
6
1996-yildan keyingi davrda ikki davlat o’rtasida fan sohasida ham hamkorlik
jadal suratlar bilan taraqqiy qildi. Xususan, 2000-yilda bir guruh o’zbekistonlik
tarixchi olimlar Turkmanistonga borib ma’lum muddat o’sha yerda o’z tadqiqotlarini
olib bordi. 2001-yilda esa M.Turkamov boshchiligidagi bir guruh Turkman
tadqiqotchilar O’zbekistonga tashrif buyuradilar.
Fan bilan birgalikda ta’lim sohasida ham aloqalar ancha rivojlandi. Fikrimiz isboti
sifatida hozirgi kunda Respubilkamizga o'qish uchun tashrif buyurayotgan xorijlik
talabalarning katta qismi Turkmanistonlik yoshlari hisoblanadi. Ular asosan
O'zbekistonning Qoraqalpoq hududiga Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlarida
o'qishadi. Buxora davlat universitetida ham 32 nafar, Buxora tibbiyot instutida 18 nafar
4
https://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=16442
5
https://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=16442
6
https://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=25370
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
524
Turkman yoshlari o'qishmoqda. Shulardan biri Gulyalek Annasayidova hisoblanadi, u
bilan suhbat davomida u tibbiyot sohasini mukkamal egallab o'zi tug’ilib o'sgan Lebap
viloyatiga borib shifokor bo’lishini va ikki qardosh davlat o'rtasidagi ta’lim sohasidagi
islohotlardan mamnun ekanligni aytgan edi. Bundan tashqari Nukus davlat
Universitetida ham ko'plab Turkman yoshlarini ko'rishimiz mumkin. Ahmedova Guli
Sultanbayevna, Holmedov Atham Seripbayevich, Yokubova Selbi Rahmon qizi,
Seripov Atahan Rimboyevich, Meridov Merit Yogsijgldiyevich, Jumamuradov Serdar,
Allajonava Nurshat Garevina, Boltabayeva Gulmira Rajapbayeva, Allamova Nasiba
Ikramovna, Dusheiva Jennetguli, Saporava Jemile, Turkman tili va Adabiyoti
fakultetida. Garriev Nurgeldi Garrievich, Abdirimova shohida Mexsetovna,
Allambergenova Malika Ismoilovna, Jumaniyozavo Tursinoy Norimbetovna,
boshlang'ich ta’lim yo’nalishda, Reymboyeva Muqaddas Abdullayevna, Askarova
Dilnoza Yuldosh qizi, (kimyo fakultetlarida) tahsil olmoqda. Samarqand davlat
universitetida ham Sharipova Aydana (Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha) 3-
kurs talabasi, Qadyrov Deryoguly (Jismoniy madaniyati) fakultetida 2-kurs talabalari
va Guliston davlat unversitetida ham Atajanovna Shaxlo (jismoniy madaniyat)
fakultetida 3-kurs talabalari ta’lim bilan shug'ullanib kelishmoqda. Hozirgi kunda
O'zbekiston mintaqa davlatlari bilan fan va ta’lim sohasidagi ishlari kundan-kunga
yaxshi rivojlanib bormiqda. Xullas, o'tgan 30 yil davomida Markaziy Osiyo
davlatlarining fan va ta’lim sohasidagi aloqalari anchagina ijobiy ahamiyat kasb etgan.
Dostları ilə paylaş: |