Ma’ruza-12: Suyakli baliqlarning sistematikasi, ekologiyasi va evolyutsiyasi. Reja



Yüklə 51,26 Kb.
səhifə4/4
tarix30.01.2023
ölçüsü51,26 Kb.
#99693
1   2   3   4
Ma’ruza-12 Suyakli baliqlarning sistematikasi, ekologiyasi va e

Baliqlarning ko’payishi. Ko’pchilik baliqlar ayrim jinsli lekin ayrim turlarida chetga chiqishlarini kuzatish mumkin. Suyakli baliqlar dengiz okuni, deradlarda kuzatish mumkin.
Baliqlarning o’sishi va yoshi. Baliqlar hayotining uzunligi har xil. Bichoklar, anchouslar bir yildan ortiqroq yashaydi. Belugalar esa 100 yildan ko’proq yashaydi. Biroq ovlash intensivligiga bog’liq holda baliqlarning real yoshi, bir necha o’n yillardan iborat bo’ladi. Ba’zi kambalalar 50-60 yil yashaydi. Ba’zi holatlarda potenstial umr uzunligi nazarda tutiladi. Muntazam baliq ovi ta’sirida baliqlar umri ancha qisqa bo’ladi. Baliqlarda voyaga yetgandan keyin o’sish to’xtamasdan to qariguncha davom etadi.
Kambala, Amudaryo va Sirdaryoda yashaydigan laqqa baliqlar 50-60 yil yashaydi. Umuman olganda baliqlar 1-2 yildan ( buqacha baliqlar-Gobiidae) 100 yil va undan ortiq yashaydi.1
Baliqlarning evolyutsiyasi, kelib chiqishi
Baliqlarning tangacha ko’rinishdagi qoldiqlari faqat ustki silur qatlamlaridan topilgan. Ostki devon davridagi har-xil guruhga kiradigan baliqlar paydo bo’lgan. Lekin baliqlarning qazilma qoldiqlari yetarli darajada bo’lmaganligi va yaxshi saqlanmaganligi uchun ayrim guruhlarning kelib chiqishini tushuntirishga imkon bo’lmaydi. Shunday bo’lsada paleontolagik materiallarning o’rni nazariy mulohazalar bilan to’ldirilib, to’garak og’izlilar bilan baliqlar bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan degan fikrlar bor. Ayrim olimlar Berg, Roner, Grov, Uotson, baliqlar birinchi marta dengizda emas, balki chuchuk suvlarda paydo bo’lgan va dengizlarda yashaydigan baliqlar asta-sekinlik bilan chuchuk chuvlarga o’tgan degan fikrlar ilgari surilgan.
Bu fikrni tasdiqlash uchun quyidagi jadval keltiriladi.



Davrlar

Chuchuk chuv baliqlari%; hisobida

Dengiz baliqlari % hisobida

Silur

100

0

Pastki devon

77

23

O’rta devon

13

87

Ustki devon

29

71

Tahlillarga ko’ra, baliqlar silur davrining boshlarida chuchuk suvlarda yashagan pterospidomorflarga mansub bo’lgan har-xil qalqondorlardan ajralib chiqgan. Hali fanga noma’lum bo’lgan birlamchi jag’og’izlilardan 2 tarmoq paydo bo’lgan pantserlilar va jag’jabralilar, eng qadimgi baliqlar panserli baliqlar bo’lgan.


Pantserli baliqlar (Placodormi) sinfi mayda va yirik (bo’yi 6 metr) baliqlarni o’z ichiga olgan. Ularning boshi va tanasining oldingi qismi suyak plastinkalaridan tashkil topgan murakkab pantser qoplangan.
Devon davrining o’rtalariga kelib bu sinfning vakillari dengizlarda tarqala boshlagan. Taxminlarga ko’ra perm davrining o’rtalariga kelib bu baliqlar qirilib ketgan va primitiv akontodiyalardan devon davrining boshlarida tog’ayli baliqlar paydo bo’lgan. Shuningdek primitiv akontodiyalardan devon davrining boshlarida suyakli baliqlar ajralib chiqgan.
Haqiqiy tog’ayli baliqlar vakillari devon davridan paydo bo’lgan va bir necha kenja sinflarga bo’lingan.
Devon davrining o’rtalarida suyaklar baliqlarning 2 shoxchasi ajralib chiqgan. Bularning biri shul’aqanotli baliqlar va ikkinchi shoxchasi xoana bilan nafas oluvchilar. Shul’a qanotlilar chuchuk suvlarda paydo bo’lib, keyinchalik chuchuk suvlarda va barcha dengizlar tarqalgan. Xoana bilan nafas oluvchilar (panjaqanotli va ikki hil nafas oluvchilar) ham birlamchi chuchuk suvda paydo bo’lgan.
Haqiqiy suyakli baliqlar mezozoy erasining trias davrida paydo bo’lgan.
Protocrania jag’lilardan Crathostomata – (Ectobranchiata) tashkil topgan. Bulardan baliqlar va takomillashgan boshqa umurtqalilar paydo bo’lgan. Devon davrida esa juda xilma – xil guruhlarning vakillari topilgan. Pantserli baliqlar ham chuchuk, ham uncha sho’r bo’lmagan suvlarda yashagan. Ular toshko’mir davrigacha yashagan. Haqiqiy tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes) devon davridan ma’lum bo’lib, bir necha kenja sinflardan tashkil topgan. Bulardan bir-biriga yondosh joylashgan suyak plastinkalar bilan qoplangan mayda Acanthodii ni ko’rsatish mumkin. Dastlabki akulalar (Proselachii) kenja sinfini eslatib, ulardan yaxshi ma’lum bo’lgani keyingi devon vakili – Cladoselacheni ko’rsatamiz.
Plastinka jabralilar (Elasmobranchii) toshko’mir davrida topilgan. Ular akulasimon baliqlardan iborat bo’lgan. Skatlar faqat mezozoyda (yurada) paydo bo’lgan. Bir oz oldinroq triasda yaxlit boshlilar (Holocephali) ajralib chiqqan bo’lib, ular hech qachon ko’p sonli bo’lmagan.
Suyakli baliqlarning ancha erta devon davridayoq bir necha guruhi paydo bo’lgan. Mezozoy boshlarida haqiqiy suyakli baliqlar kelib chiqqan. Hozirda ular hukumron baliqlar hisoblanadi.


Nazorat savollari:
1. Suyakli baliqlarning hozirgi sistematik xolati.
2. Suyakli ganoidlar, ko’p shu’la qanotillar, suyakli baliqlar katta turkumlariga tavsif.
3. Suyakli baliqlar kislorodga bo’lgan talabiga qarab qanday guruhlarga
bo’linadi.
4. Baliqlarda qanday migratsiya turlari mavjud.
5. Suvdagi tuzning baliqlarga ta’siri.
6. Haroratning baliqlarga ta’siri.

1 Hickman C.P., Roberts L.S., Keen S.L., Larson A., Ianson H., Eisenhour D.J., Zoology, 14 edition, 2008. USA. p. 124



Yüklə 51,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə