Mashina detallari uchun zagotovka turlari va


Vaqtinchalik texnologik jarayon



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
MARUZA - 9

Vaqtinchalik texnologik jarayon
- bu korxonada kerakli jihozlarning yo‘qligi 
tufayli yoki avariya bo‘lganligi sababli zamonaviyrog‘iga almashtirguncha, 
cheklangan vaqt oralig‘ida qo‘llaniluvchi texnologik jarayonga tushuniladi. 
Standart texnologik jarayon
- bu standart bilan o‘rnatilgan texnologik jarayon. 
Standart texnologik jarayon deb, standart (
UST

КST
) bilan rasmiylashtirilgan ishchi 
texnologik va konstruktorlik hujjatlar bo‘yicha bajariluvchi va konkret jihozlarga
ishlov berish rejimlariga hamda texnologik asbob-uskunalarga tegishli bo‘lgan 
texnologik jarayonga aytiladi. 
Кompleks ravishdagi texnologik jarayon 
- bu shunday texnologik jarayonki
uning tarkibiga nafaqat texnologik amallar kiritilgan, balki texnologik jarayon 
yo‘nalishi bo‘yicha ishlanuvchi tanavorlarning ko‘chishi, nazorat qilinishi va tozalash 
amallari ham kiritilgan. Кompleks ravishdagi texnologik jarayonlar, avtomatik 


liniyalarni va moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini 
yaratishda loyihalanadi. 
 
3.2.7-§. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish 
Ishlab chiqilgan texnologik jarayonlar tegishli texnologik hujjatlar bilan 
rasmiylashtiriladi, uning batafsillik darajasi ishlab chiqarish turi va xarakteriga va 
shuningdek ishlanuvchi buyumning murakkabligi va aniqligiga bog‘liq holda 
o‘rnatiladi. GOST 3.1109-82 ga binoan texnologik hujjatlarda quyida keltirilgan 
texnologik jarayonlar bayoni qabul qilinishi mumkin. 
Texnologik jarayonning marshrutli
bayoni, unda marshrutli xaritada 
o‘tuvlarini va texnologik rejimlarini ko‘rsatmasdan, ularning hamma texnologik 
amallarini ketma-ket bajarilishining qisqartirilgan bayoni beriladi. Texnologik 
jarayonning marshrutli bayoni odatdagidek yakka, mayda seriyali va tajribaviy ishlab 
chiqarishlarda qo‘llaniladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə