Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayon xarakteriga ta’sir etuvchi asosiy omillar



Yüklə 18,39 Kb.
səhifə1/2
tarix09.10.2023
ölçüsü18,39 Kb.
#126466
  1   2
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayon xa-fayllar.org


Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayon xarakteriga ta’sir etuvchi asosiy omillar

Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayon xarakteriga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
Reja:
1.Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar.
2.Texnologik jarayon xarakteri.
3.Xulosa.
Mexanika sexlarini loyihalashda hal qilinishi kerak bo'lgan asosiy masaialdrning eng tnurakkabi mahsulot detallarini tayyorlash uchun texnologik jarayonni loyihalash va bu jarayonlarni bajarilishini tashkil qilish shaklini ishlab chiqishdir. Texnologik jarayon deganda materialni yoki yarimfabrikdtni ketma-ket shakli, o'lchami va material xususiyatining detal yoki mahsulot olish maqsadida o'zgarishi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda material va yarimtabrikatlardan tayyor mashina olish uchun bajariladigan barcha jarayonlar yig'indisi tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina detal olish va mashina yig'ish uchun asosiy jarayonlar kiribgina qolmay, balki asosiy jarayonlarning bajarilishini ta'minlovchi yordamchi jarayonlar ham kiradi (masalan, material va detallarni tashish, nazorat qilish, moslama va asboblar tayyorlash, asboblarni charxlash).
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo'linadi:
  1. Detallar zagotovkasini tayyorlash, quyish. bolg'alash, shtampovkalash yoki prokat materiallarga dastlabki ishlov berish.


  2. Kerakli o'lchamli va shakldagi tayyor detal olish uchun zagotovkalarga metall kesish dastgohlarida mexanik ishlov berish.


  3. Uzellar va agregatlarni yig'ish, ya'ni alohida detallarni uzellarga, uzellarni agregatlarga biriktirish, yakka tartibli ishlab chiqarish sharoitida chilangarlik ishlov berish va detallarni yig'ish joyiga tashish ishlari bajariladi, ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida qo'llanilmaydi. Ushbu ishlab chiqarishlarda metall kesish dastgohlarida detallarga ishlov beriganda chegaraviy kalibrlar qo'llanilib, detallarni o'zaro almashuvchanligiga erishiladi.


  4. Yaxlit mashinani umumiy yig'ish.


  5. Mashinani sozkash va sinash.


  6. Mashinani bo'yash, Bo'yash ishlari bir nechta jarayondan iborat bo'lib, texnologik jarayonning turli bosqichlarida bajariladi, masalan, shpaklyovka, gruntovka, birlamchi bo'yash, ishlov berilgan detallarni bo'yash va yaxlit mashinani yakunlovchi bo'yash ishlari.


Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashda, jihozlarni joytashtirish rejasini ishlab chiqishda va ish joylarini tashkil qilishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va texnik estetika asoslariga amal qilish zarurdir va ular ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga hamda ishchilarga qulay ish joyi yaratishga olib keladi. Mehnatni tashkil qilishda dastgohning doimo to'xtovsiz ishlashini ta'mirlash uchun ish joylarini ratsional ravishda tashkil qilish kerak. Buning uchun ishlov berish joyiga detalni, zagotovkani, kesuvchi asbobni va moslamalarni o'z vaqtida uzatilmasligini, materiallar va asboblarning noqulay joylashishini hamda bevaqt ta'mirlashni, ortiqcha harakatlarni, yurishlarni bartaraf etish kerak.


Ish joylarini tashkil qilish va xizmat ko'rsatish quyidagicha bajarilishi kerak:
1 . Materiallar, zagotovkalar, asboblar, moslamalar ish joyiga ish boshlanishiga qadar uzatilishi kerak.
  1. Dastgohni sozlash yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ish boshlanguniga qadar bajariladi. Sozlashni maxsus sozlovchilar tomonidan bajariladi. Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda esa dastgohchi tomonidan bajariladi.


  2. Ishlash davomida asboblarni ish joyiga yetkazish, asboblarni almashtirish va charxlash, ishni to'xtatmaslik maqsadida, alohida ishchilar tomonidan bajariladi.


  3. Instruktaj ishchilar uchun ish boshlagunga qadar o'tkazish.


  4. Ishlov berilgan detallar dastgohga xalaqit bermasligi uchun doimiy ravishda, o'z vaqtida olib ketilishi kerak.


  5. Detal o'lchamlarini nazorat qilish ishchini ishdan qoldirmay, alohida amalga oshirilishi kerak.


  6. Dastgohlarning ko'rikdan o’tkazish, tekshirish va ta'mirlash oldindan ko'rsatilgan vaqt ichida amalga oshiriladi.


Ish joyini ratsional rejalashtirish, ya'ni ishchi, dastgoh, material, asboblar, zagotovka va moslamalarni o'zaro joylashtirish ishning mazmuni va ishni tashkil qilish shakliga bog'liq, u quyidagi shartlarni qoniqtirishi kerak:


  1. Ish jarayonida ishchi ortiqcha harakatlanmasligi kerak.


  2. Ish joyi tarkibiga kiruvchi barcha elementlarning o'zaro noratsional joylashuvi oqibatida ishchj charchamasligi va vaqtni behuda yo'qotmasligi kerak.


  3. Ishlash vaqtida turli harakatldrni bajarishda ishchi noqulayliklarga duch kelmasligi kerak.


  4. Ishchini ishdan qoldirmaslik uchun asboblar, chizmalar va instruktaj kartasi ishchi qo'li ostida bo'lishi kerak.


  5. Barcha asboblar guruhlarga ajratilgan bo'lishi kerak, har bir asbobga alohida joy bo'lishi kerak.


  6. Detallarni dastgohdan dastgohga partiya bilan uzatishni tashkil etishda dastgoh oldida detallarning vaqtinchalik turishi uchun yetarli maydon bo'lishi kerak.


  7. Ish joyining barcha elementlarining o'zaro joyiashuvi tegishli qurilmalar yordamida ishchini ishlash davrida xavfsizligini ta'minlanishi kerak.


  8. Ko'p dastgohli xizmat ko'rsatishda bir vaqtning o'zida xizmat ko'rsatiluvchi dastgohlar shunday joylashtirilishi kerakki, bunda bir dastgohdan ikkinchi dastgohga o'tish uchun oz vaqt sananishini ta'minlash zarur.


  9. Rang, havo, issiqlik, tozalikka nisbatan qulay sanitartexnik sharoit ta'minlanishi kerak; ish joyidagi havo harorati 20 C bo'lishi, yoritilganlik yetarli miqdorda bo'lishi, devorlar och moviy yoki och zangori rangda, jihozlar esa och zangori yoki zangori rangda bo'lishi kerak. Barcha ranglar sanitariya me'yorlari asosida tanlanishi kerak.


Ish joyini ratsional tashkil qilish mehnat unumdorligi va mahsulot sifatining ortishiga olib keladi. Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda bu masalda nisbatan oson yechiladi, chunki sexlar predmetli maxsuslashtiriladi (dvigatellar, shassilar ishlab chiqaruvchi sexlar) va bo'limlar ham (maxovik bilan tirsakli vailarni tayyorlash va yig'ish bo'limi, moy nasosini detallariga ishlov berish va yig’ish) 0'rta va mayda seriyali ishlab chiqarish uchun strukturalash masalasini yechish murakkabroqdir, chunki detal va mahsulotlarning nomenklaturasi juda ko'p bo'ladi va ularning tayyorlash bitta ish o'rnida ketma-ket bajariladi. Birinchi qarashda bo'limni texnologik maxsuslashtirish kerakday tuyuladi, lekin ishlab chiqarishni tashkil qilishning zamonaviy nazariyasida, aksariyat hollarda, bu tarkibni yoqlamaydi, ko'p hollarda esa ushbu tarkibni rad etadi. Hozirgi davr loyihalash ishlarida tizimli yondashish asosiy ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibini sintez va tahlil qilish usuli hisoblanadi. Tizimli yondashish qo’llanilganda har bir ishkab chiqarish tizimi va uning qismlarini tahlili uchun funksional elementar va tashkiliy tizim ostilarga bo'linadi, ularni bo'laklarga ajratib bo'lmaydi, chunki ular bir butun narsaning 3 ta tomoni ko’rinishi kabi bo'ladi. Ishlab chiqarish tizimi (sexni) va uning tizim osti (bo'lim, liniya) ni funksiyalanish tomoni uning texnologik vazifasi bilan aniqlanadi.


Elementar tomoni esa bo'limlarning tarkibi va texnologik vazifalarning bajrilishini Ildaminlash uchun jihozlar bilan aniqlanadi. Tashkiliy tomoni tizimning tarkibini belgilaydi. Har bir qismining aniq maqsadini aniqlab funksional vazifasiga mos ravishda bajarilishini ta'minlaydi.
Tarkib qismining maqsadi qay darajada yaxlit tizimning maqsadiga mos tushishiga qarab ishlab chiqarish tizimining samaradorligi belgilanadi.
Sex ishini tashkil qilish va tarkibini aniqlashda ananaviy yondashilgan bo'lsa, asosiy e'tibor ishning barcha hajmini detallarni tayyorlash yoki qismlarni yig'ish operatsiyalariga bo'lishga undaydi. Ko'rsatilgan operatsiyalar, ayniqsa, seriyali ishlab chiqarishda, mos keluvchi bo'limlarda konsentratsiyalashgan bo'ladi. Ular texnologik, Ya’ni funksional belgilariga ko'ra tuziladi. Bunda struktura haqida tavsiya tahlil asosida ko’riladi va operatsiyalarning o'zaro ta'siri masalasi yaxlit tizim deb qaralmaydi. Ishlab chiqarish jarayoni tarkib sxemasi va o'zaro bog'liqliklar.
Sxemada shartli ravishda uchta bo'lim ko'rsatilgan, ulardan har biri bir xil texnologik ishga mo'ljallab shakllantirilgan. Ko'rsatilgan dastgohlar bitta guruhga yoki turli o'lchamli guruhlarga tegishli bo'lishi mumkin. Bunday tarkibda to'g'ri va teskari tashqi aloqalar kelib chiqadi. Ularning ko'pchiligi detallarni tayyorlash uchun texnologik maxsuslashgan bolimlar o'rtasida bo'ladi.
Tizimli yondoshishda ham alohida bo'limlarning, ham yaxlit sexning o'zaro bog'liqligi, ularning yaxlitligi va ishlash samaradorliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Tarkibni tanlash dlohida qismlarni sintez va tahlili natijalariga ko'ra amalga oshiriladi va yangi sifat ko’rsatgichlarga ega bo'ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayoni tarkibiga tizimli yondoshish detalli yoki predmetli maxsuslashgan bo'limlar va sexlardan maqsadli foydalanishga asoslanadi.

Bo'limlarni, sexlarni tashkil etish shakli detallar va buyumlar bo'yicha amalga oshirilsa tashkil qilish yuqori darajada ta 'minlanadi, chunki bu shaklda ishlab chiqarish jarayoni to'xtovsiz, to’g'ri va aniq ishlaydi, brigada va bo'lim jamoalari mehnatining oxirgi natijasiga ta'siri katta bo'ladi.


Tashkil qilishning bu shaklida xo’jalik hisobini qo'llash uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayonini dasturli maqsadli tashkil qilish juda samarali usul bo'lib hisoblanadi, Shuningdek, seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar bo'yicha maxsuslashtirilgan mexanika sexlari, bo'limlar, ko'p nomenklaturali detallarga ishlov beriladigan guruhli liniyalar yaratilmoqda. Ushbu tashkiliy shakl MIChTlari uchun samaraliroqdir.
Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarish sharoitida asosiy tashkil qilish shakli sifatida predmetlar bo'yicha maxsuslashtirilgan oqim bo'yicha liniyalar qo'llaniladi. Yakka tartibli ishlab chiqarish sharoitida katta bo'lmagan mexanik sexlar uchun texnologik tamoyil bo'yicha bo'limlar tashkil qilinadi.
MAK o'zida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan MASlardan iborat bo'ladi. MIChT strukturasi o'z ichigd ikkita asosiy kompleksni oladi: ishlab chiqarish va boshqaruvchi hisoblash kompleksi (BXK)larni va ularning alohida qismlarini qurishda tizimli yondashuv qo'llaniladi: har bir tarkibiy qism xuddi, avtomatlashgan texnologik vositalar va qo'l mehnatini mexanizatsiyalash, harakatni belgilangan tartibda boshqarish funksiyasi tizimlari ko'rinishida ko'ritadi. O'z navbatida, ishlab chiqarish kompleksi o'zida ishlab chiqarish tizimi va ishlab chiqarishning funksiyalanishini taminlash tizimi (FIT) namoyon bo'ladi.
FIT tarkibiga quyidagilar kiradi:
-avtomatlashtirilgan transport yoki ombor transport tizim (ATOT),
-asboblar bilan ta'minlashning avtomatlashtirilgan tizimi (ATAT):
  • avtomatlashtirilgdll nazorat tizimi (ANT);


-chiqindilarni chiqarib tashlashning avtomatlashtirilgan tizimi (ChChTAT);


-jihozlarni ta'mirlash va buzilishini oldini olishni ta'minldsh tizimi (JTT);
-texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (TJBAT);
  • avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT);


-ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimi (IChTTAT);


— avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ABT) va boshqalar.
Mexanik ishlov berish bo'limlari mos ravishda ikkita ixtisoslashtirilgan shaklda bo'ladi: texnologik va predmetli.
MIChT ikkita yo'nalishda bo'ladi. Birinchi yo'nalish alohida texnologik operatsiyalarni avtomatlashtirish va operatsiyali MIChT yaratishni (tokarlik, frezerlik, jilvirlash) o'z ichiga oladi. Ikkinchi yo'nalish esa ma'lum sinfdagi detallarga ishlov berishda texnologik jarayonlarni to'liq avtomatlashtirishi bilan xarakterlanadi, bu esa tezda sozlanishi evaziga operatsiyali MIChT ga nisbatan samarasi yuqori bo'lishini ta'minlaydi. MIChT tashkil qilishda asos qilib guruhli texnologiya olinadi. Chunki, sex va bo'limlarni detallar bo'yicha ixtisoslashda oson sozlanishi dastgohlarning turib qolishini minimal darajada bo'lishini ta'minlaydi.
Bu holatda bo'hmda texnologik bir jinsli operatsiyalari bir yoki bir nechta mahsulotning turli detdllariga ishlov berish uchun bajdriladi. Yig'uv sexi yoki yig'uv bo'limi asosiy jihozlarini tanlashda yillik ishlab chiqarish xarajatlarining eng kam bo'lishligiga erishish kerak.
Asosiy yig'ish jihozlariga yig'ish texnologik jarayonini bajaruvchi jihozlar kiradi: yig’ish stendlari, yig'ish uchun verstaklar, yig'ish stoli, qo’shimcha ishlov berish yoki yig'ish uchun metall kesish dastgohiga sovituvchi va qizdiruvchi qurilmalar, yuvish mashinalari, sinash va nazorat qilish stendlari, yig'ish konveyerlari, avtomatlashgan yig'ish qurilmalari va liniyalari. Sex ichidagi transport tizimi zagotovkalarni, yarimfabrikatlarni, tayyor detallarni, materiallar va boshqa yuklarni ombordan talab qilingan ishlab chiqarish bo'limiga yoki bo'limlardan omborga o'z vaqtida yetkazib berish uchun, shuningdek, bo'limlar orasida yuk tashish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Ishlab chiqarish bo'limining ehtiyoji asosida mahsulotni ishlab chiqarishning berilgan dasturini ta'minlash uchun har bir ombordan yuborilgan yuklar yuk oqimini aniqlaydi va sexning yuklar tashish aloqalari sxemasida ko'rsatiladi.
Bundan tashqari, umumiy yuk oqimini aniqlash uchun tashilishi zarur bo'lgan barcha yuklarning massasini hisobga olish kerak bo'ladi. Yuk tashish usullarini o'zida mujassamlashtirgan, yuk tashish texnologik jarayonidan kelib chiqib, texnologik jihoz va omborlarni rejalashda, sexni komponovkalashda yuk tashish tizimining hisobi bajariladi. Ishlab chiqarish bo'limiga yuk tashish jarayoni omborning qabul qilish-topshirish seksiyasidan, tashish uchun tayyor holdagi yukni qabul qilish bilan boshlanib, ishlab chiqarish bo'limini qabul qilish topshirish bo'limiga yukni uzatish bilan tugaydi.
Transport tizimining turini, yuk ko’taruvchanligini va sonini tanlashda transport vositalarini asosiy va yordamchilarga bo'linishini hisobga olish zurur. Asosiy transport vositasi markazlashgan loyihalanadi va seriyali ishlab chiqiladi, yordamchi vositalar esa joyida tayyorlanadi, chunki ularning o'lchami va turlari turli xil bo'ladi. Asosiy transport vositalariga konveyerlar, transport robotlari, pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari va boshqalar kiradi. Yordamchi transport vositalariga mo'ljallovchi, turtuvchi, irg'ituvchi, ko'taruvchi stollar, buraluvchi koordinatali stollar, ko'targich va ishlab chiqarish turlari kiradi.
Transport vositalari turini tanlash quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi: tayyorlanadigan mahsulot tavsifi, uning og'irligi va o'lchamlari; ishlab chiqarish turi va ishni tashkil etish shakli; harakatdagi yuklar soni; transport vazifasit transport tomonidan xizmat ko'rsatiluvchi bino turi va o'lchamlari.
Yig'ishning texnologik jarayonlarini belgilovchi asosiy omillar qatoriga yig'ish operatsiyalarini bajarish uchun talab qiladigan vaqt kiradi, Yig'ish operatsiyalari uchun vaqt me'yorining tuzilishi dastgohda bajariladigan ishlarning vaqt me'yorining tuzilishiga o'xshash bo'ladi.
Yig'ish operatsiyasi uchun donabay vaqt me'yori:
  1. asosiy (texnologik) vaqt;


  2. yordamchi vaqt;


  3. ish joyiga xizmat ko'rsatish uchun sarflanadigan vaqt;


  4. jismoniy ehtiyoj va dam olish uchun tanaffus vaqtlaridan iborat.


Asosiy va yordamchi vaqtlar yig'indisi operativ vaqtni tashkil qiladi. Bundan tashqari, tayyorlash-tugallash vaqti ham ko’zda tutiladi, u qism yoki, mahsulot partiyasining barchasi uchun belgilanadi va partiyadagi detallar soniga bog' liq bo'lmaydi.


Donabay va tayyorlash-tugallash vaqtlarining yig'indisi bitta mahsulot uchun donabay - kalkulatsyali vaqtni tashkil qiladi. Ommaviy ishlab chiqarishda, agar bitta joyda bitta va o'sha operatsiya takrorlansa va ishchi hech qanday tayyorlov ishlarini bajarmasa, tayyorlash-tugallash vaqti ishchi vaqt me'yoriga kirmaydi.
Asosiy yordamchi va tayyorlash-tugallash vaqtlari ilg'or korxonalarning tajriba uchun o'tkazilgan xronometraj materiallarini tahlil qilish va o'rganish asosida ishlab chiqilgan me'yoriy ko'rsatkichlar bo'yicha aniqlanadi. Ish joyiga xizmat ko'rsatish va jismoniy ehtiyoji uchun tanaffuslar vaqti operativ vaqtga nisbatan foizlar nisbatida qabul qilinadi.
Yig'ish ishlarida ish joyiga xizmat ko'rsatish vaqti operativ vaqtga nisbatan, taxminan 2—3 %ni tashkil qiladi . Jismoniy ehtiyojlar uchun tanaffuslar vaqti operativ vaqtning 2 %ga teng bo'ladi.
Dastgohda bajariladigan ishldtning vaqt me'yoriga o'xshab yig'ish ishlari uchun vaqt me'yori quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
Minutiga qism yoki mahsulotni yig'ishda bitta operatsiyani bajarish uchun donabay vaqt minutiga qism yoki mahsulotni yig'ishda bitta operatsiyani bajarishda operativ vaqt Ish joyiga xizmat ko'rsatish va jismoniy ehtiyojlar uchun sarflangan vaqtni operativ vaqtga bog'liqligini hisobga olib, formuluni quyidagicha yozish mumkin:
dono + Y / 1 00 ,
+ 1 00

Yüklə 18,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə