Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi


Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasining zamonaviyligi



Yüklə 200,26 Kb.
səhifə8/14
tarix20.05.2022
ölçüsü200,26 Kb.
#87407
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi.

2.2. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasining zamonaviyligi.
Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta’lim katta ahamiyatga egadir. Muammoli ta’lim — bu didaktik tizim bo‘lib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli xarakterdagi savollarni yechishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta’limning asosini tashkil qiladi, muammoni yechish uchun sharoit yaratadi. Vaziyat— bu ilmiy bahs-munozara orqali tushunchalarni tartibga solish uchun zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir.
Muammoli jarayon — o‘zining yechilishi uchun izlanishni talab qiladigan anglangan qiyinchilikdir. Berilgan savol qiyinchilik yaratsa va javob berishda pedagog (tarbiyachi)dan yangi bilim va fikriy faollik talab qilinsa, o‘shanda muammoli vaziyat yaratiladi. Muammoli vaziyatda pedagog (tarbiyachi)lar e’tibori savollarning yechilishiga to‘liq yo‘naltiriladi, pedagog (tarbiyachi)larning fikrlashi moyil qilinadi (to‘g‘rilanadi). Muammoni yechishda ushbu moyillik aniq maqsadga aylanadi. Bola tomonidan asosiy bilim, tushuncha, og‘zaki, masala yechish uslublari chuqur va mustahkam o‘zlashtirilgandagina, muammoli ta’lim foydali bo‘lishi mumkin.
Ta’lim olish jarayonidagi muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, bolalar yerda “izlanuvchi” va birinchi kashfiyotchidek bo‘lishadi. Bunda muammoli vaziyat bu avval yaratiladi va tahlil qilinadi, muammoni yechish uchun qulay usul aniqlanadi, muammo yechiladi va xulosa o‘rganiladi. Muammoli ta’limdan foydalanish jarayonida mavzuni muammoli bayon qilish, evristik suhbat va izlanish uslublari to‘plamidan foydalanish mumkin.
Muammoli bayonning mohiyati shundaki, pedagog (tarbiyachi) o‘zi masalani beradi va og‘zaki yechish yo‘llarini ko‘rsatadi. Evristik uslubning mohiyati esa pedagog (tarbiyachi) tomonidan bolalarni aniq izlanishlarga yo‘naltiruvchi savollar tizimi avvaldan o‘ylab qo‘yilishida ifodalanadi. Izlanish uslubi bolalarda atrofdagi olamga katta qiziqishni uyg‘otadi, u o‘ylashga, mulohaza qilishga harakat qiladi, atrofdagi voqealarni o‘rganadi, o‘zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda va masalani yechishda foydalanadi. Izlanish uslubida pedagog (tarbiyachi) muammoni qo‘yishi mumkin, farazlar keltiradi, asosiy g‘oyani aniqlaydi, kuzatishlar o‘tkazadi, taqqoslaydi va umumiylashtiradi, tahlil qiladi, butunni tarkibiy qismlarga bo‘ladi va xulosa chiqaradi.
L. S. Vigotskiy xayol qilish (faraz qilish) bilan reallik orasidagi to‘rtta bog‘lanish shaklini aniqladi. Bu bog‘lanish shakllari bolada matematik tushunchalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir.
Birinchi bog‘lanish shakli. Ushbu shaklda bolalarning faraz qilish faoliyati ifodalanadi. Bu shaklning mohiyati haqiqatan ham olingan matematik tushunchalar asosida xayol qilishda ifodalanadi. Faraz qilishning ijodiy faoliyati bolaning avvalgi tajribasining boyligi va xilma-xilligiga bog‘liqdir. Chunki fantaziya tajriba bergan material asosida tuziladi. Qanchalik tajriba boy bo‘lsa, shuncha faraz qilish uchun ko‘p material bo‘ladi.
Ikkinchi bog‘lanish shakli. Faraz qilishning reallik bilan ikkinchi bog‘lanish shakli tajribaning faraz qilishiga tayanadi. (Fantaziyaning tayyor mahsuloti va haqiqiy voqealari o‘zgalarning tajribasiga asosan bog‘lanadi), chunki farazlar ushbu holatda erksiz bo‘lib xizmat qiladi, ammo o‘zgalar tajribasi orqali yo‘naltiriladi, o‘zgalarning ko‘rsatmasi bilan harakatlangandek, faqat shunga asoslanib haqiqiy reallik bilan mos kelish natijasiga erishish mumkin.
Uchinchi bog‘lanish shakli. Farazning emotsional (his-hayajonli) haqiqat qonunidir. Qonunning mohiyati shundaki, fantaziyaning har qanday tuzilishi bizning his-hayajonlarimizga teskari ta’sir qiladi, agar fantaziyaning ushbu tuzilishi haqiqatga mos kelmasa, unda chaqirilgan his-hayajon haqiqat, amaliy haqiqatda boshdan kechiriladigan, bolani qiziqtiradigan tuyg‘u bo‘ladi. Ijodiy faraz faoliyatida his-hayajonli (emotsional) o‘zlashtirishning ahamiyati, shubhasiz, kattadir. Shuning uchun sezgi xuddi fikrdek insondagi ijodni harakatga soladi. Bu faraz faoliyati va haqiqat o‘rtasidagi to‘rtinchi qonunidir.
L.S.Vigotskiy shakllagan qonunlarga pedagogik xulosa chiqarganda quyidagini aytish mumkin: bolada bilish tajribasini har tomonlama kengaytirish lozim; bola qancha ko‘p bilsa, u shuncha ko‘p o‘zlashtiradi, ko‘radi, eshitadi va uning faraz qilish faoliyati natijali bo‘ladi.
Masalani yechish jarayoni bolada tajribani kengaytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki bola bevosita tajribasida bo‘lmagan narsani faraz qiladi va ko‘z oldiga keltira oladi.
Masalani yechish jarayonini batafsil ko‘rib chiqamiz. “Masalani yechish” atamasi — psixologik-pedagogik adabiyotda turli ma’nolarda qo‘llaniladi.

Yüklə 200,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə