2-mavzu / 2 soat / * juftlik
Mediasavodxonlik va kompyuter
fanlari amaliyotda
Mashg`ulot maqsadi
:
Talabalarga
kompyuter, kompyuterni tashkil etuvchi texnik vositalar,
kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari,
tizimli blok, tizimli blokni tashkil
etuvchi qismlar va ularning rivojlanib borish bosqichlari haqida tushuncha berish.
Mavzuni o’rganish natijasida talaba:
Kompyuter, monitor, klaviatura,
sichqoncha, tizimli blok, ona plata,
operativ
xotira, doimiy xotira va boshqalar haqida ularning vazifalari va turlari haqida
tushunchaga ega bo’ladi va kompyuterdan samarali foydalanishni o’rganadi.
Тayanch iboralar:
Kompyuter, monitor, klaviatura,
tizinli blok, ona plata,
operativ xotira, doimiy xotira, mikroprotsessorlar va boshqalar.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
1.
“Kompyuter bilan muloqotni o‘rganamiz” Sh.Narimov, M.Najmiddinov.
Toshkent “Moliya” – 2002 y.
2.
”Informatika fanidan amaliy mashqlar to‘plami” A.Mahmudov Farg‘ona 2003 y.
Reja:
1.
Media savodxonligini texnologiya kareralarida qo‘llash
2.
Kompyuter vositasida mediasavodxonlik to‘plamini yaratish
3.
Komyuter qurilmalari va tashkiliy tuzilishi
4. Texnik vositalar
Zamonaviy komp'yuterlarning turlari.
Komp'yuter tizimi
– ma'lumotlarga
ishlov berish, kiritish va chiqarish hamda
xotira tizimidir.
Axborot tizimi
– komp'yuter, komp'yuter tarmoqlari,
foydalanuvchilar, axborot
va dasturiy ta'minot majmuasidir.
Komp'yuter (ingl. computer – hisoblagich)
– elektron shaklga ega turli
ma'lumotlarni qabul qilish, yig‘ish, saqlash,
ularga ishlov berish, axborot uzatish,
hisoblash kabi imkoniyatlarga ega bo‘lgan qurilma.