Mavzu: 22-sonli bhms va uni amaliyotga qo'llash muammolari Reja: Kirish


Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar hisobining mohiyati



Yüklə 77,62 Kb.
səhifə2/5
tarix14.05.2023
ölçüsü77,62 Kb.
#110207
1   2   3   4   5
kurs ishi № 32 tosh

Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar hisobining mohiyati.

Chet el valyutasi deganda O‘zbekiston milliy valyutasi - so‘mdan farq qiladigan har qanday valyuta tushuniladi. Korxonalarga bir bankda - muayyan chet el valyutasida faqat bitta valyuta hisobvarag’ni ochishga ruxsat berilgan.O‘zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag’arining naqdligi va harakati to‘g ‘risidagi axborotlami umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”;
5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”;
5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablag’arining kelib tushishi, kreditida esa pul mablag’arining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o ‘tkazilgan summalar 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli hamda hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Valyuta kursi — chet el valyutalarining O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki belgilagan so‘mga doir narxi. Valyuta mablag‘larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag’larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt:
a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlami) chet el valyutasida xarid qiladigan yoki sotadigan;
b) to’lanadigan yoki olinadigan summalari chet el valyutasida belgilanadigan kredit yoki qarz oladigan yoxud taqdim etadigan;
d) zimmasiga chet el valyutasida majburiyat oladigan yoki uni so‘ndiradigan hollarda chet el valyutasida sodir etiladigan bitimlar hisoblanadi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar bo‘yicha operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘m ekvivalentida aks ettiriladi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, akkreditivlardagi valyuta mablag’ari, valyutadagi ssuda qarzlari;
b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar;
d) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlami bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;
e) chet el valyutasida bojxona to‘lovlarini amalga oshirish;
f) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
h) chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansining valyuta moddalarini har oyi hisobot oyining oxirgi sanasi va xo‘jalik operatsiyalami amalga oshirish sanasida Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi. Baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:
a)kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablag’ari, shu jumladan akkreditivlar;
b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
d) chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar;
e) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar va pul qarzlari.
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘matiladigan uskunalari,kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
b) ustav kapitali miqdori va xo‘jalik yurituvchi subyektning,shuningdek chet el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalaming ta’sischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbatlari.
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlarini to‘g‘ri olib borish usuli qo‘llanilganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotining kredeti bo‘yicha;
b) salbiy kurs farqi — 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debeti bo‘yicha.
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari jam g‘arish usuli qo‘llanilganda ular vujudga kelgan vaqtda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti bo‘yicha — ulaming joriy qismi va (yoki) 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti bo‘yicha — ulaming uzoq muddatli qismi;
b) salbiy kurs farqi — 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti bo‘yicha — ulaming joriy qismi va (yoki) 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti bo‘yicha — ulaming uzoq muddatli qismi.
Hosil bo‘lgan kurs farqi xo‘jalik yurituvchi subyektlaming xohishistagiga ko‘ra bevosita kiritish yo‘li bilan yoki jam g‘arish yo‘li bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi. Jamg‘arish usulini qo‘llash natijasida jam g‘arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo'jalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha -ulaming to‘lanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) bo‘yicha;
b) boshqa hollarda — balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha.
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotib olish quyidagitartibda aks ettiriladi:
a) valyuta bozoridagi bitim kursi bo‘yicha hisob-kitob schyotidan so‘m mablag’arini o‘tkazish (ko‘chirish):
“Debet 5530”-“Boshqa maxsus schyotlar”
“Kredit 5110”-“Hisob-kitob schyoti”
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda xarid qilinganda:
“ Debet 5210”-“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”
“Debet 9620”-“Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
“Kredit 5530”-“Boshqa maxsus schyotlar”
d) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda xarid qilinganda:
“Debet 5210”-“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”
“Kredit 5530”-“Boshqa maxsus schyotlar”
“Kredit 9540”-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) chet el valyutasini Markaziy bank kursi bo‘yicha valyuta schyotidan o ‘tkazilishi (ko‘chirilishi):
“Debet 5530”-“Boshqa maxsus schyotlar”
“Kredit 5210”-“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalentini hisobkitob schyotiga kirim qilinishi:
“Debet 5110” -“Hisob-kitob schyoti”
“Kredit 5530”-“Boshqa maxsus schyotlar”
“Kredit 9540”- “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
d) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalentini hisobkitob schyotiga kirim qilinishi:
“Debet 5110” -“hisob-kitob schyoti”
“Debet 9620”-“ValyutaIar kurslari farqidan zararlar”
“Kredit 5530”-“Boshqa maxsus schyotlar”
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari (bundan konsignatsiya shartnomalari bo‘yicha tovarlar mustasno) va boshqa aktivlarni baholash, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob xujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) ko‘rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta hisoblab, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1.1.12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) «Asosiy vositalar» (ro‘yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) va O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar»ga (ro‘yxat raqami 1595, 2006 yil 17 iyul) muvofiq shakllanadigan, xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xo‘jalik operatsiyalarini sodir etish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi.Mazkur BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
a) kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘lari;
b) to‘lanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar, pul ekvivalentlari va boshqa aktivlar va majburiyatlar.
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) chet el valyutasida xarid qilingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
b) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalining miqdorlari va ta’sischilari (ishtirokchilari) ulushlarining nisbati;
v) ustav kapitaliga va aksiyalarga investitsiyalar.
Yuzaga kelgan kurs farqi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xohishiga ko‘ra moliyaviy natijalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda ― to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usuli) yoki jamg‘arish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arish usuli) hisobdan chiqariladi.
Sug‘urta tashkilotlarida kurs farqlarini hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.To‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usulida kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga paydo bo‘lishiga qarab olib boriladi.
19. 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamg‘arish usuli qo‘llanilmaydi. 2019 yil 1 yanvargacha jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga quyidagicha olib borilishi mumkin:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ― ularning to‘lanishiga (yoki hisobdan chiqarilishiga) qarab;
b) qolgan hollarda ― balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarining sodir etilishiga qarab.
Jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga chet el valyutasining bir birligiga to‘g‘ri keladigan kurs farqlarining o‘rtacha miqdori bo‘yicha olib borilishi mumkin.
Kurs farqini olib borishda qo‘llanayotgan usullar majburiy ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Balansning turli xildagi valyuta moddalariga kurs farqini olib borishning turli usullari qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi.Kurs farqlarini olib borishning jamg‘arish usulidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usuliga o‘tishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldingi jamg‘arilgan kurs farqlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har oyda (bir me’yorda) hisobdan chiqariladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga olib borilgan ijobiy (salbiy) kurs farqi moliyaviy faoliyatning daromadlari (xarajatlari) tarkibida hisobga olinadi.Buxgalteriya hisobida ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushini chet el valyutasida kiritishi, ulushni kiritish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida belgilangan va ustav kapitaliga ulushlar kiritish legitim so‘mlarda amalga oshirilgan hollarda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi va ustav kapitaliga mablag‘larni haqiqatda kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o‘rtasidagi vujudga keladigan kurs farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital sifatida aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar va majburiyatlar hisobi .Moliyaviy hisobotni tuzish uchun, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymati so‘mlarda qayta hisoblanishi lozim.Chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymatini so‘mlarda qayta hisoblash, ushbu chet el valyutasining so‘mga nisbatan Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Mazkur BHMSning 15-bandida keltirilgan va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalanadigan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni so‘mda qayta hisoblash hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lgan sanadagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishi uchun foydalaniladigan chet el valyutasida ifodalangan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari qiymatini so‘mda qayta hisoblash, ushbu aktivlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari qiymatini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish joyi — xorijiy davlatning qonun hujjatlari yoki qoidalariga muvofiq qayta baholangan qiymatini qayta hisoblash, ushbu qayta baholash o‘tkazilgan sanadagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishning moliyaviy natijalarini shakllantiradigan, chet el valyutasida ifodalangan daromadlar va xarajatlarni so‘mda qayta hisoblash, hisobot davridagi Markaziy bankning kurslari va ular amal qilish kunlari hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga bo‘lish natijasida hisoblab chiqilgan kurslarning o‘rtacha miqdoridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishi uchun foydalaniladigan aktivlari va majburiyatlarining chet el valyutasida ifodalangan qiymatini so‘mlarda qayta hisoblash natijasida yuzaga kelgan kurs farqi buxgalteriya hisobida mazkur BHMSning 17-bandida ko‘rsatilgan usullardan birini qo‘llagan holda aks ettiriladi.Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun sho‘ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning moliyaviy hisobotini qayta hisoblash
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan sho‘ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning moliyaviy hisobotlarini bosh jamiyat tomonidan tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun qayta hisoblashda bosh jamiyat quyidagi tartib-taomillarni bajarishi kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, sho‘ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning aktivlari va majburiyatlari hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi lozim;
b) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan sho‘ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning xususiy kapitali moddalari, bundan joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) mustasno, hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak;
v) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shu’ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning daromadlari va xarajatlari moddalari, shuningdek taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobot davridagi Markaziy bankning kurslari va ular amal qilish kunlari hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga bo‘lish natijasida hisoblab chiqarilgan kurslarning o‘rtacha miqdoridan foydalangan holda qayta hisoblanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyatning tasnifi o‘zgargan hollarda, o‘zgargan tasnifga nisbatan qo‘llanadigan qayta hisoblash tartib-taomillari ushbu o‘zgarish sanasidan boshlab foydalanilishi lozim.
Moliyaviy hisobot va unga tushuntirishlarda quyidagilar yoritib berilishi kerak:
a) xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari miqdori;
b) qo‘shilgan kapital sifatida tasniflanadigan kurs farqlari summasi;
v) buxgalteriya hisobining boshqa schotlariga olib borilgan kurs farqlari miqdori;
g) hisobot sanasidan keyin yuz bergan valyuta kurslari o‘zgarishlarining oqibati, agar ular juda muhim bo‘lsa va ularni yoritib bermaslik moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ri baholashga va qarorlar qabul qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatsa;
d) kurs farqini xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga hisobdan chiqarish usuli;
ye) moliyaviy hisobot tuzishning hisobot sanasidagi Markaziy bank kursi.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga



Yüklə 77,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə