2 soat mavzu: kassadagi pul mablag‘larining hisobi



Yüklə 39,47 Kb.
səhifə1/4
tarix17.06.2023
ölçüsü39,47 Kb.
#117614
  1   2   3   4
Amaliy mashg\'ulot №8 (1)


Mavzu 2. PUL MABLAG‘LARI VA HISOB KITOBLAR HISOBI
( 2 soat)


MAVZU: KASSADAGI PUL MABLAG‘LARINING HISOBI


Amaliy mashg‘ulotni maqsadi: talabalarga kassadagi pul mablag‘larining hisobini o‘rgatish
Amaliy mashg‘ulotda muhokama qilinadigan savollar:

1.Kassa operatsiyalarining mohiyati va ularni hujjatlashtirish tartibi


2.Kassa hisobotini tuzish va unga ishlov berish tartibi
3.Kassadagi pul mablag‘larini inventarizatsiya qilish va rasmiylashtirish tartibi
4. Kassa operatsiyalarining hisobi


21-Topshiriq
Korxonaning kassasi alohida xonada joylashgan, Kassir – Sh.N.Soatova.
Kirim va chiqim kassa orderlarini tuzish, ularni «Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish kitobi»ga yozish bosh hisobchi tomonidan amalga oshiriladi.
Kassa kitobi kassir tomonidan har oyda bir marta tuziladi. Kassa hisoboti buxgalteriyaga keyingi oyning birinchi sanasida topshiriladi.
200_ yil 1 dekabr holatiga oxirgi kirim kassa orderining tartib raqami - №30, oxirgi chiqim kassa orderining tartib raqami - №40.
Kassa bo‘yicha o‘rnatilgan naqd pul limiti – 300 so‘m.


200_ yil dekabr oyida «SamCity» MChJ da quyidagi kassa operatsiyalari yuz bergan:



  1. 3 dekabr kuni 261230 chek asosida bankdan kassaga quyidagi maqsadlarda naqd pul olindi:

a) Ish haqi tarqatish uchun – 1 910 000 so‘m;
b) Safar xarajatlari uchun – 50 000 so‘m;
v) Xo‘jalik ehtiyojlari uchun – 15 000 so‘m.
Pul mablag‘larining kassaga kirim qilinishiga 31-son kirim kassa orderi tuzildi.

  1. 4 dekabr kuni 11-son to‘lov qaydnomasi asosida xodimlarga 1809800 so‘mlik ish haqi tarqatildi.

  2. 5 dekabrda 42 – son chiqim kassa orderi bilan direktor Karimov A.B. ga Toshkent shaxriga safari uchun 50 000 so‘m bo‘nak berildi.

  3. 5 dekabr kuni 43-son chiqim kassa orderi bilan bosh hisobchi N.A.Shodiyevga konstovarlar sotib olish uchun 15 000 so‘m bo‘nak berildi.

  4. 6 dekabr kuni tarqatilmay qolgan ish haqidan 100 000 so‘mi bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirildi va unga 44-son chiqim kassa orderi tuzildi.

  5. 10 dekabr kuni 32-son kirim kassa orderi asosida xususiy tadbirkor «Botir Abdullayev» dan sotilgan ip kalava uchun 5 000 000 so‘mlik tushum kassaga naqd kirim qilindi.

  6. 10 dekabr kuni 45-son chiqim kassa orderi asosida sotilgan ip kalava uchun kirim qilingan 5 000 000 so‘mlik tushum bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirildi.

  7. 12 dekabr kuni direktor Karimov A.B. dan 33-son kirim kassa orderi asosida berilgan bo‘nakdan ishlatilmay qolgan 12 000 so‘m kirim qilindi.

  8. 12 dekabr kuni 46-son chiqim kassa orderi asosida kassaga kirim qilingan ishlatilmay qolgan 12 000 so‘mlik bo‘nak bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirildi.

  9. 20 dekabr kuni 34-son kirim kassa orderi asosida xususiy tadbirkor «Xayrulla Esanov» dan sotilgan ip kalava uchun 6 000 000 so‘mlik tushum kassaga naqd kirim qilindi.

  10. 20 dekabr kuni 47-son chiqim kassa orderi asosida sotilgan ip kalava uchun kirim qilingan 6 000 000 so‘mlik tushum bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirildi.

  11. 31 dekabr kuni ombor mudiri inventarizatsiyada aniqlangan 6 500 so‘mlik ip kalava kamomadini kassaga 35-son kirim kassa orderi asosida naqd to‘ladi.

  12. 31 dekabr kuni 48-son chiqim kassa orderi asosida kamomad uchun kassaga kirim qilingan 6 500 so‘mlik kamomad bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirildi.

  13. 31 dekabrda ish kuni yakuniga kassa inventarizatsiya qilindi kassada 72 so‘m naqd pul borligi, shuningdek 140 so‘m kamomad borligi aniqlandi.


Yüklə 39,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə