Mundarija: Kirish “Garant bank” bankning tashkil etilishi va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə1/10
tarix26.10.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#132123
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Garant bank


Mundarija:


Kirish………………………………………………………………………………3
1. “Garant bank” bankning tashkil etilishi va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………….5
2. Bank bo'limlarini o'rganish……………………………………………………6
3. Bankning boshqa operatsiyalarining mavjudligi va imkoniyatlarini o'rganish…………………………………………………………….……………...9
4. Tijorat banklarining likvidligi va to'lo'v qobilyatini aniqlash…...…………14
5. Bank amalyoti risklarini o'rganish……………………………………………16
Xulosa va takliflar………………………………………………………………...21
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………...28

Kirish


Respublika moliya bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yaqin sheriklar asosida ishlash, barcha ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash, eng muhimi bank mijozlarining ishonchini qozonish “Garant bank” ATB ning yaqin kelajakdagi ustuvor maqsadlari etib belgilangan.
“Garant bank” o‘z faoliyati mazmun–mohiyatini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida faol ishtirok etish, mulkchilikning turli shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlarning zamonaviy, sifatli va tezkor bank mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini jahon andozalari darajasida samarali qondirish hamda xalqimizning turmush farovonligini oshirish yo‘lida tinmay xizmat qilishda, deb biladi.
Bankning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni xizmat ko‘rsatish saviyasini oshirib, etakchi o‘ringa chiqish, boshqaruv va operatsion jarayonlarni samarali tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi namunaviy bank darajasiga chiqish, bank xizmatlari doirasini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘yilayotgan talablarga javob beradigan Informatsion texnologiyalar tizimini yaratish, namunaviy korporativ madaniyatni yaratish, mehnat samaradorligini oshirish, bankning yuqori bahoga ega brendini shakllantirish va mijozlarning bankka nisbatan yuqori xayrihohlik darajasiga erishish.
Rivojlantirish stretegiyasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan quyidagi yo‘nalishlardagi ishlarni faollashtirish ko‘zda tutilmoqda: sug‘urta va lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi shu’ba korxonalar tashkil etish; mijozlarga xizmat ko‘rsatishda har tomonlanma qulay va muvofiq tuzilmani tashkil etish; malakasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan xodimlardan tarkib topgan jamoani shakllantirish, xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini oshirish; bank–moliya sohasidagi yangi zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lgan xolda, bankning kundalik ish faoliyatini takomillashtiruvchi texnologiyalarni muntazam ravishda amaliyotga joriy qilish; bank xatarlarini har tomonlama tahlil qilish orqali ularni boshqarish tizimini yaratish; bank faoliyatini adekvat o‘sish tizimini yaratish; respublikaning aholisi gavjum markazlarida bank infratuzulmalarini ochish va chakana xizmat kursatishni kengaytirish; yuridik va jismoniy shaxslardan tarkib topgan mijozlar sonini kupaytirish; zamonaviy biznes ko‘lamliligi va sharoitiga hamda xalqaro standartlarga mos keladigan boshqaruv tizimini tashkil etish; raqobatchilar faoliyatini atroflicha tahlil qilgan holda, muntazam o‘zgaruvchan foiz va tarif siyosatlarini amaliyotga joriy qilish; chakana xizmatlar faoliyatini kengaytirish: amaldagi jismoniy shaxslarni kreditlash va omonatlarni jalb qilish dasturlarini mukammallashtirish; plastik kartochkalar dasturini ommalashtirish (debet kredit kartochkalar, overdraft) va terminallar sonini oshirish, bankomatlar o‘rnatish; bank xizmatlari hajmini oshirish, moliya bozorida o‘sib borayotgan raqobatchilik sharoitida ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va mukammallashtirish; xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, chet el kredit liniyalarini jalb qilish; jahonning nufuzli banklari bilan vakillik munosabatlari o‘rnatish; bank-moliya bozorida marketing izlanishlarini kengaytirish orqali yangi xizmat turlarini amaliyotga tadbiq qilish; filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular faoliyatida zamonaviy informatsion texnologiyalarni tadbiq etish, tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish orqali filiallar faoliyatini optimallashtirish; ichki audit tizimi faoliyatini kuchaytirish. Bunda, bank aktivlari, kredit va investitsiya portfeli hamda boshqa ko‘rsatkichlarni baholashning zamonaviy usullaridan foydalangan holda bank faoliyati samaradorligiga baho berish tizimini yanada takomillashtirish; bank filiallariga yuqori malakali, bankning investitsion faoliyatini yanada faollashtirish va xizmat ko‘rsatish saviyasini yanada ko‘tarishga qodir bo‘lgan, tashabbuskor yosh xodimlarni jalb qilishni rag‘batlantirish; xodimlarni xalqaro standartlar asosida bilimini oshirish, o‘qishi uchun sharoit yaratish.
Bankning strategik maqsadidan kelib chiqib, 2016-2022 yillarda bank likvidligi darajasini yanada mustahkamlash, kapitallashuv darajasini oshirish, kreditor va aksiyadorlar mablag‘larini saqlash va ko‘paytirish, bank faoliyati bo‘yicha yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish masalalari rivojlanish Strategiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
1. Bankning tashkil etilishi va faoliyatinig o'ziga xos xususiyatlari.
Garant bank ATBning amaldagi tashkiliy tuzilishi 2020-yil 10-sentyabrdagi yagona aksiyador qarori bilan tasdiqlangan.Bank boshqaruvi huzuridagi qo`mitaning va Bank Kengashi huzuridagi boshqarmalarning tashkil etilishi bank faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari, xususan, Bankning amaldagi moliya-xo`jalik faoliyatiga kiruvchi ayrim masalalarni kollegial tarzda o`rganib chiqish zaruriyati bilan bog`liq.
Bank tashkiliy tuzilishida aksiyadorlar bilan korporativ munosabat boshqarmasi yo`qligi ushbu boshqarma vazifalarini bajaruvchi G`aznachilik boshqarmasining Qimmatli qog`ozlar bilan ishlash bo`limi mavjudligi bilan bog`liq.Ichki audit xizmati vazifalari Bank Kengashi huzuridagi Ichki audit boshqarmasiga yuklatilgan.Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 30 ta tuman (shahar) filiali, 100 ga yaqin bank xizmatlari markazi, 250 ta bank kassalari , 210 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 170 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 1,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Garant bank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi. Garant bank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikro-moliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Garant bank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.
Garant bankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining tashkil etilishi - bu davr talabidir. Hozirgi yangi sharoitda bank tizimi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini bog’lashi va ularni rivojlanishiga xizmat qilishi bilan tobora katta ahamiyatni kasb etmoqda. Aynan banklar xalq xo’jaligining barqarorligini, rivojlanish odimlarini va yo’nalishini belgilayidi, har bir fuqoroning farovon yashashiga asos yaratadi»


2. Bank bo'limlarini o'rganish.


Garant bank amaliyoti ko'plab turdagi banklarni topish mumkin. Umuman olganda, taxminiy tuzilish tijorat banki (bajarilgan operatsiyalar hajmi bo'yicha o'rtacha) quyidagicha ifodalanishi mumkin:



  • Bank maslahati

  • Bank kengashi

  • Kredit qo'mitasi

  • Taftish qo'mitasi

Rejalashtirish va rivojlantirish bo'limi bank operatsiyalari, Tashkilot bo'limi tijorat faoliyati bank va bank likvidligini boshqarish, Iqtisodiy tahlil va mijozlarning kreditga layoqatliligini o'rganish bo'limi, Bankning tijorat faoliyati asoslari va rejalarini ishlab chiqish bo'limi, Marketing va mijozlar bilan aloqalar bo'limi.

  • Depozit operatsiyalari boshqarmasi

  • Depozit operatsiyalari boshqarmasi

  • Qimmatli qog'ozlar bo'limi

  • Kredit operatsiyalari bo'limi

  • Mijozlarga qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit berish bo'limi

  • Uy -joy kreditlash bo'limi

  • Kreditlash bilan bog'liq noan'anaviy bank operatsiyalari bo'limi

  • Vositachilik idorasi va boshqa operatsiyalar

  • Kafolat va ishonchnomalar bilan ishlash bo'limi.



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə