Mundarija: Kirish “Garant bank” bankning tashkil etilishi va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə6/10
tarix26.10.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#132123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Garant bank

To'lo'v qobilyatini aniqlash
Banklarda to`lovga layoqatlilik va likvidlilik muammosini muvaffaqiyatli hal etilishi. Aktiv va passiv operatsiyalarning bir paytda samarali boshqarilishiga bog`liq. Banklar aktiv operatsiyalarni o`tkazish uchun pul resurslariga ehtiyoj sezadilar. Ularni passiv operatsiyalarni amalga oshirish orqali jalb etish mumkin va shundan so`ng bank belgilangan muddatlarda o`zining qarz majburiyatlarini qoplab borishi lozim. Qarz majburiyatlarini qoplash uchun banklar foyda olib faoliyat yuritishlari va bunda to`lovga layoqatlilikning maqbul darajasini saqlashlari hamda likvidlilikni ta`minlashlari kerak. Aktiv va passiv operatsiyalarni, shuningdek, likvidlikni kompleks va o`zaro bog`lab boshqarish zarurati shunday izohlanadi. Yuqorida qayd etilganidek, banklar likvid mablag`larga bo`lgan zaruratni qondirish uchun kerakli miqdorda omonatlar va depozitlarni safarbar etadilar. Bunda banklar depozitlar miqdorining o`sishini kredit portfelining o`sishi bilan taqqoslaydilar hamda depozit bazasining barqarorligini avvalo muddatli jamg`arma depozitlari va talab qilib olinuvchi depozitlar hisobidan ta`minlash lozim.
Tijorat banklarining to`lovga layoqatliligini mustahkamlash, majburiyatlari bajarilishi uzluksizligini ta`minlash maqsadida boshqa kredit institutlaridan kredit olinadi. Kredit berish to`g`risidagi qaror tijorat banki moliyaviy tahlili asosida chiqariladi. Bunda bankning o`z mablag`larining shakllanishi, bank tomonidan korxona va tashkilotlarning hisob-kitob, joriy, depozit va boshqa schyotlarga jalb qilingan mablag`lari hisobga olinadi. Tijorat banklari boshqa kredit institutlaridan kreditni shartnoma asosida unda belgilangan muddat va shartlarda oladi. Likvidlilik muammosi yuzaga kelganda banklar tezkor choralar ko`rishadi. Buning uchun ular likvid mablag`larini ko`paytirish uchun kreditlar berishni vaqtincha to`xtatishi mumkin.

5. Bank amalyoti risklarini organish.


Bozor iqtisodiyoti davrida banklar Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanar ekan, ular faoliyatini tartibga solish, muvofi qlashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Chunki, banklar iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini bajarar ekan, barcha iqtisodiy subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank tizimining barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog‘liq bo‘lib qoladi. Banklar ish yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularni doimiy ravishda kredit mablag‘lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan tashqari barcha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi va samaradorligini bank faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish mumkin emas. Banklar barqaror va samarali faoliyat yuritmasa uning mijozlari o‘z faoliyatini uzliksizligini ta’minlashning iloji bo‘lmay qoladi. Mijozlar faoli-yati ko‘p jihatdan banklarning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va samarali faoli-yat yuritishiga bog‘liqdir.



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə