Mundarija: Kirish “Garant bank” bankning tashkil etilishi va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari


Bank risklari va ularning turlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə7/10
tarix26.10.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#132123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Garant bank

Bank risklari va ularning turlari
Inson o‘z hayot faoliyatining turli nuqtalarida beixtiyor tavakkal qilish hollariga duch keladi. Tavakkalchilik tushunchasi fanning turli sohalarida ma’lum bir ma’noni aks ettiradi. Rus tili lug‘atida tavakkalchilik so‘zi «risk» deb atalib, qadimiy grek so‘zidan olingan. U kemalarni halokatga olib boruvchi va odamlarning o‘limiga, mol-mulklarning cho‘kib ketishiga sababchi qoyani bildirib, «qoyalar orasidan shamol va boshqa to‘siqlarga chap berib suzib o‘tmoq» ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda bu so‘z «xavf ostida qolmoq» degan yangi ma’noda qo‘llanilyapti. Mazkur tushuncha Rossiyada XIX asrning boshlarida tarqalgan. O‘zbekistonda ham sobiq Ittifoq davrida qo‘llanilib kelingan va «tavakkalchilik» so‘zi ma’nosi bilan bir qatorda «xavf ostida qolmoq» ma’nosini ham bildiradi. Shu o‘rinda turli lingvist (tilshunos) olimlar bu so‘zning ma’nosini izohlashda deyarli bir xil fikr bildirsalar-da, biroq ularning qarashlarida ayrim tafovutlar borligini aytib o‘tish joiz. Xususan, V.Dal «риск» so‘zini tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, «рисковать» tushunchasini esa tavakkal qilish, biror ishni to‘g‘ri mo‘ljallab ko‘rmay qilish, dadillik, qat’iyat bilan ish tutmoq, ma’lum xatarga o‘zini urmoq deb izohlaydi. S.Ojegov «риск» so‘zini sodir etilishi mumkin bo‘lgan tahlika yoki muvaffaqiyatli natija umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq, xavfli ishga qo‘l urmoq, «рисковать» so‘zini esa xavf-xatardan qo‘rqmay ish qilmoq kabi tasavvur qiladi. S.Ushakov «риск» so‘zini biror zarar yetkazish xavfi bo‘lgan tahlika yoki har qanday zarar yetkazish ehtimolini tushunadi. «Bank risklari va ularni kreditlash»1 mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan va monografiya chop etgan prof. Sh.Abdullayeva ham «риск» so‘zini tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq deb, «рисковать» atamasini esa xavf ostida qoldirishga jur’at etmoq deb talqin qiladi.
Risk turlari
Ichki risklar:

  1. vujudga kelish sohasi bo’yicha

  2. mijozlar tarkibi bo‘yicha

  3. bank operatsiyalari turi bo‘yicha

  4. balansdan tashqari operatsiyalar, moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha.


Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə