Mundarija: Kirish “Garant bank” bankning tashkil etilishi va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə8/10
tarix26.10.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#132123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Garant bank

Tashqi risklar:

  1. siyosiy

  2. ijtimoiy

  3. tabiiy

Qamrab olish darajasi bo‘yicha

  • makro darajadagi risklar

  • mikro darajadagi risklar

  • mego darajadagi risklar

  • mezo darajadagi risklar

Passiv operatsiyalar bo‘yicha

  • diversifikatsiya riski

  • depozitlar riski

  • inflatsiya riski

  • foiz stavkalarining o‘zgarishri

  • jamg‘armalar riski

Aktiv operatsiyalar bo‘yicha

  • faktoring riski

  • hisob-kitob risklari

  • investitsiya riski

  • kassa riski

  • bank portfeli riski

  • bozor riski

  • valyuta riski

  • lizing operatsiyalari riski

  • bank portfeli riski

  • barter riski

  • kliring riski

  • bankrotlik riski

  • kredit riski;

Asosiy risklar

  • foyda olmaslik riski;

  • foiz riski

  • likvidlik riski

  • to‘lay olmaslik riski;

Bank uchun ikkinchi darajada bo‘lgan risklar tarkibiga P.Rouz siyosiy, suiiste’mol va valuta risklarini kiritadi. Shunday qilib, bank faoliyati turli tuman risklarga bog‘liq bo‘lib, ular «Bank tomonidan berilgan kredit o‘z vaqtida qaytib keladimi?, «Keyingi oyda depozitlar salmog‘i oshadimi?, «Bank aksiyasining bahosi va bank foydasi oshadimi?, «Keyingi oyda (kvartalda) foiz stavkalari qanday bo‘ladi, ular bank foydasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?» kabi ehtimollik, tavakkalchilik bilan bog‘liq holda faoliyat olib boradilar. Shu holatlarning tahliliga asoslangan holda bank mablag‘larni investitsiya qiladi, ijobiy natijaga erishishni maqsad qilib qo‘yadi.
Tizimli risklar umumiy iqtisodiy sharoitlar va makroiqtisodiy siyosat xossalaridan kelib chiqadi. Bank tizimining turg‘un rivojlanishi umuman iqtisodiyotning qanday holatda ekanligiga bog‘liq. Shuning uchun makroiqtisodiy, avvalambor, monetar siyosat va bank risklarini samarali boshqarish tizimli risklarni kamaytirish va oldini olish imkonini beradi
Balanslashmagan likvidlik riski bank boshqaruvi va xodimlar malakasining sayozligi, bank faoliyati nazoratining sust tashkil qilinishi, risklarni tartibga solishda qo‘llaniladigan usullarning takomillashma-ganligi, ayrim olingan bank operatsiyalari yoki ularning guruhlari bo‘yicha risklar koeffitsiyenti shkalalarini o‘rnatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar natijasida yuzaga keladi. Risk darajalari bank faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va yo‘qotishlarga sabab bo‘luvchi jarayonlarning ehtimolligiga bog‘liq bo‘-ladi. Ular koeffitsiyentlar yoki foizlarda ifodalanishi mumkin. Chet el tijorat banklari risklarni besh toifaga ajratadi. Bular:
A toifa – past darajadagi risk;
B toifa – o‘rtacha darajadagi (oddiy) risk;
V toifa – o‘rtachadan yuqori (oshgan) risk;
G toifa – yuqori darajadagi risk;
D toifa nomaqbul risk.



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə