Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish



Yüklə 308,92 Kb.
səhifə1/19
tarix03.06.2023
ölçüsü308,92 Kb.
#115258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mavzu-11


11-MAVZU: “KORXONALARDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH”


Reja:
1. Moliyaviy risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi
2. Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari
3. Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari
4. Moliyaviy risklarni miqdoriy baholash ko‘rsatkichlari
5. Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti


Tayanch soʻz va iboralar: risk, risklarni boshqarish, limitlash, ikki tomonlama netting, fyuchers shartnomalari, xedjerlash, risk xaritasi, ierarxiya, risk ustuvorligi, ehtimollik, variatsiya koeffitsienti, dispersiya, investitsion risk, inflyatsion risk, foiz riski.


1. Moliyaviy risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi
Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga yerishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas.
Korxonalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi. Risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishini quyidagi jadvalda keltiramiz (1-jadval).
1-jadval
Korxonalarda moliyaviy risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishi



Tasniflanish belgisi

Tasniflanishi


Tavsiflanadigan obyekti boʻyicha

1.1. Alohida moliyaviy operatsiyalar riski

1.2. Moliyaviy faoliyatning turli koʻrinishlari boʻyicha risklar

1.3. Yaxlit korxona moliyaviy risklari


Tadqiq qilinadigan instrumentlar majmui boʻyicha

2.1. Individual moliyaviy risklar

2.2. Portfel moliyaviy risklar


Oʻzaro uygʻunligi boʻyicha

3.1. Oddiy moliyaviy risklar

3.2. Murakkab moliyaviy risklar


Yuzaga kelish manbalari boʻyicha

4.1. Tashqi yoki tizimli risklar

4.2. Ichki yoki tizimsiz risklar


Moliyaviy oqibatlari boʻyicha

5.1. Faqat iqtisodiy zarar yetkazuvchi risklar

5.2. Foydaning kamayishiga ta’sir etuvchi risklar

5.3. Iqtisodiy yoʻqotishlarga sabab boʻluvchi yoki qoʻshimcha daromadlilik risklari


Vaqt jihatdan paydo boʻlish tavsifiga koʻra

6.1. Doimiy moliyaviy risklar

6.2. Vaqtinchalik moliyaviy risklar


Yuzaga kelish ehtimoli darajasi boʻyicha

7.1. Yuzaga kelish ehtimoli past darajada boʻlgan moliyaviy risklar

7.2. Yuzaga kelish ehtimoli oʻrtacha darajada boʻlgan moliyaviy risklar

7.3. Yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada boʻlgan moliyaviy risklar

7.4. Yuzaga kelish ehtimolini aniqlash mumkin boʻlmagan moliyaviy risklar


Moliyaviy yoʻqotishlar darajasi boʻyicha

8.1. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan (ta’siri kam) moliyaviy risklar

8.2. Keskin moliyaviy risklar

8.3. Halokatli moliyaviy risklar


Oldindan koʻra bilish imkoniyati boʻyicha

9.1. Prognozlashtiriladigan moliyaviy risklar

9.2. Prognozlashtirilmaydigan moliyaviy risklar


Sugʻurtalash imkoniyati boʻyicha

10.1. Sugʻurtalanadigan moliyaviy risklar

10.2. Sugʻurtalanmaydigan moliyaviy risklar

Bunday belgilar boʻyicha tasniflash risklarni boshqarish jarayonidagi tabaqalanishning asosiy parametrlarida koʻzga tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning turlari boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi.


Korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarning asosiy turlari quyidagilar (1-rasm).


Yüklə 308,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə