Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


-rasm. Moliyaviy risklar asosiy turlari



Yüklə 308,92 Kb.
səhifə2/19
tarix03.06.2023
ölçüsü308,92 Kb.
#115258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mavzu-11

1-rasm. Moliyaviy risklar asosiy turlari


Korxona moliyaviy barqarorligi pasayish riski (moliyaviy rivojlanish muvozanati buzilish riski). Bu risk kapital tarkibi mukammal emasligi (foydalaniladigan qarz mablagʻlari ulushi haddan tashqari oshib ketishi), pul oqimlari kirimi va chiqib ketishining miqdor jihatdan oʻzaro balanslashmaganligi natijasida yuzaga keladi. Bu riskning tabiati va yuzaga kelish shakllari moliyaviy leverij amal qilish mexanizmida koʻrib chiqiladi. Moliyaviy risklar tarkibida xavflilik darajasi (korxona bankrotligini tezlashtirishi) boʻyicha bu risk turi yetakchi rol oʻynaydi.
Korxona toʻlovga layoqatsizlik riski (yoki balanslashmagan likvidlik prinsipi. Bu risk korxonada pul oqimlari sinxronligi buzilishi natijasida aylanma aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy oqibati boʻyicha bu risk turi eng xavfli risklar qatoriga kiradi.
Investitsion risk. U korxonaning investitsion faoliyatni amalga oshirishi jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi mumkinligini izohlaydi. Bu faoliyat turi bilan mos ravishda investitsion risklar real investitsiyalash risklariga va moliyaviy investitsiyalash risklariga ajratiladi. Barcha koʻrib chiqilayotgan moliyaviy risklar turlari investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlib “murakkab risklar” deb nomlanuvchi oʻz navbatida kichik turlarga ajraluvchi risklar qatoriga kiradi. Misol uchun, real investitsiyalash risklari tarkibiga investitsion loyihalarning oʻz vaqtida tayyor boʻlmasligi riski, loyiha-konstruktorlik ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, investitsion loyiha boʻyicha moliyalashtirishning oʻz vaqtida ochilmasligi riski, loyiha samaradorligi pasayishi bilan bogʻliq loyiha investitsion jalb qiluvchanligi yoʻqolishi riski va shu kabilar kiritilishi mumkin. Investitsion risklar tarkibiga kiruvchi barcha moliyaviy risklar kichik turlari korxona kapitali boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻqotishlar bilan bogʻlangan. Ular ham eng xavfli moliyaviy risklar guruhiga kiritiladi.
Inflyatsion risk. Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi moliyaviy risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi. Inflyatsion risk kapitalning real qiymati, shuningdek inflyatsiya sharoitida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan kutilgan daromadlar qadrsizlanishi mumkinligi bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, risklarning bu turi hozirgi sharoitda doimiy e’tiborni talab qiladi va korxonaning barcha moliyaviy operatsiyalariga yoʻldosh boʻladi va korporativ moliyani boshqarishda doimiy diqqat e’tibor qaratilishini talab etadi.
Foiz riski. Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy risk turi paydo boʻlish sabablari (agarda inflyatsion risk ta’siri boʻlmasa) sifatida davlatning tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yukturasi oʻzgarishi, boʻsh pul mablagʻlariga taklifning oʻsishi yoki pasayishi va boshqa omillar koʻrsatib oʻtiladi. Bu risk turining salbiy moliyaviy oqibatlari korxona emission faoliyatida (aksiya va obligatsiyalar emissiyasi boʻyicha), uning dividend siyosatida, qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalarida va ba’zi boshqa moliyaviy operatsiyalarida koʻzga tashlanadi.
Valyuta riski. Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos boʻlgan korxonalarda (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar import qiluvchi hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda) kuzatiladi. Valyuta riski korxona tashqi iqtisodiy operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta ayirboshlash kursining oʻzgarishi bevosita ta’siri natijasida kutilgan daromadlarning va bu operatsiyalardan kutilgan pul oqimlarining toʻliq olinmasligida koʻrinadi. Bunda xom ashyo va materiallar importi boʻyicha mos xorijiy valyuta ayirboshlash kursining milliy valyutaga nisbatan oshishidan korxona yutqazadi. Bu kursning pasayishi tayyor mahsulot eksporti boʻyicha korxona moliyaviy yoʻqotishiga sabab boʻladi.
Depozit riski. Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi. Depozit riskining yuzaga kelish holatlari rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kamdan-kam holatlarda uchraydi.
Kredit riski korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.
Soliq riski. Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli; amaldagi soliqlar va majburiy ajratmalar stavkalarining oshish ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart-sharoitlari oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar. Korxonalar uchun bunday risklarni oldindan baholash imkoniyati mavjud boʻlmaganligi sababli ular moliyaviy faoliyat natijalariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi.



Yüklə 308,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə