Мавзу: АҚли заиф ўсмирларда оилавий ҳаёт ҳАҚидаги тасаввурларнинг хусусиятлари


Aqli zaif o’smirlarga oila - nikohning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi tushunchalarni o’rgatish



Yüklə 259,21 Kb.
səhifə2/4
tarix04.11.2017
ölçüsü259,21 Kb.
#8150
1   2   3   4

1.3. Aqli zaif o’smirlarga oila - nikohning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi tushunchalarni o’rgatish

Oila va shaxsga aynan individum psixo – nevrologik sog’lig’iga bag’ishlangan adabiyotlar tahlili shuni tasdiqlaydiki bolalikdagi konfliktli oilalardagi o’rni ularni qoniktirmaydi, bu holat yetakchi psixologik faktor bo’lib qoladi va ayollarda nevrozni paydo bo’lishiga imkoniyat yaratadi. (N.G.Polyanskaya, 1981).

A.I. Zaxarova va S.V. Lebedevalarning ta’limotlariga ko’ra 84-86% holatlar nevroz kasalligi konflikt munosabatdagi oilalarga bog’liqligi aniqlangan ( Myager V.K., 1981 yil sitatasi).

Shu bilan birga yosh oiladagi er –xotin munosabatlari va RRS bolalar uchun maxsus maktab o’quvchilarga bilan muloqot madaniyati va ularni oilaviy hayotga va to’liq oilada sog’liq psixologik klimat (holat) tashkil qilish tekshirishlari aktualdir.

A.I. Ushakovaning tadqiqotlariga ko’ra oilaviy janjallar bolani irodaviy rivojlanishiga ta’sirini o’rganganida konfliktogen faktorlarga ko’ra er – xotinning past darajadagi ijtimoiy yo’nalishi ularning muvofiqsizligidir.

Umumiy va defektalogiya oid adabiyotlarda muamoning axvolini tahlil qilish aqli zaif bolalarning tayyorlash muammosi bir tomondan, oilaviy tarbiyaga bog’liq bo’lib kolmokda. Lekin A.A Smirnovnaning, biz tenglashtirib bo’lmaydigan katta ijobiy natijalarga agar boladagi nuksonni aniqlagan ondayok to’g’ri amalga oshirilgan va oilaviy tarbiya jarayonida tushuntirib turilsagina erishgan bo’lardik, deb xisoblangan fikrga iqror bo’lmaslik emas.1

Mexribonlik uylarida maktab internetlarda oilaviy tarbiya maktabidan o’tmagan tarbiyalanuvchi bolalarni tarbiyalash muammosi oilaviy munosabatlarni aniqlagach, ularni oilaviy hayotga tayyorlashda salbiy tasir qiladi. (I.Yevgrafova tadqiqotlari).

Bu g’oyalar ritvojlanishida muammolari bo’lgan bolalarga ham joriy qilinadi. Boshqa tomondan, aqli zaif bolalar bor bo’lgan ahvoli og’ir oilalarda bu muammoni hal qilish ham qiyinchillika olib keladi. I.I Govar, D.A Gordiyenko, A.N Smirnova, A.I Raku kabi mualiflar bu muammoning xal qilishi anomal bolalarning ijtimoiy va mehnatga ko’niko’vchi maktab, oila va jamoachilarning birgalikdagi ishlari quriladi. Tarbiya va samarali bo’lishi uchun ota-onalar tegishlik defektologik tayyorgarlikka ega bo’lishlari, anomal bolalarning bilimlariga, ruxiy jismoniy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlariga asoslangan maxsus metodikani egallashlari, ularning rivojlanishning senzitiv davrini o’ziga xos xususiyatini bilishlari kerak. Oila o’z bolasini defektologning bevosita rivojlanishda tarbiyalashi kerak. Ota-onalarga maslaxatlarni ruxiy xizmatlar orqali bolalar maslaxatxonasida amalga oshirish kerak. (N.L Belopolskaya). O’z tarbiyalanuvchilarning oilasi, ayniqsa noxush ahvoldagi oilalar bilan aniq maqsadiga qaratilgan va muntazam ishlar yordamchi maktablar vazifasiga kiradi. Mualiflar oilaviy vaziyatni soglomlashtirish ota-onalarning o’z bolalariga normal munosabatga bo’lishini alohida diqqat bilan ta’kidlaydi. Aqli zaif bolalarning oilaviy hayotga tayyorlashdagi asosiy vazifalar maktab orqali amalga oshiriladi.

V.Yu Karvyalis nuqsonli rivojlanishning har bir ayrim turida oilaviy va talim-tarbiyaning maxsus tashkil qilishi hududiy sharoitlarni hisobga olib, moslashtirishning o’ziga xos xususiyatini belgilaydi, bitiruvchilarning ijtimoiy-maishiy moslashtirish jarayonda boshidan kechiradigan qiyinchiliklarni tushuntirib beradi. Tadqiqotlar oid malumotlarda aqli zaif bolalrning 80% 25 yoshgacha oila ko’radilar. Mualif xatto yengil doirasidagi aqli zaiflik ham oila ko’rish uchun jiddiy tusiqlik ekologiyaning qayd qiladi. Yordamchi maktabning sobik tarbiyanuvchilarning 73,2 % topishlari paytida ham oila qurmaganliklari malum bo’ladi. Keyinrok maktab tarbiyalanuvchilarning mustaqil ravishda yashaydiganlarning foizi boshqa toifadagi nogiron shaxslarga nisbatan kam ko’rsatgichni beradi. Oila va maktab ularni oilaviy hayotga yetarli ravishda tayyorlamaganlar. Ye.U Chimgening tadqiqotlari aqli zaif o’quvchilarning oilaviy hayotga tayyorlamaganliklari haqidagi V.Yu Karvyalisning malumotini tasdiqlaydi. Ularda bo’lim va malaka shaxsiy gigiyenaga oid ko’nikmalar axlox-odob, yurish-turish madaniyati uy xo’jaligini yuritishga oid soxalar shakllantirilgan. Bularni hammasi oilaviy hayotga tayyorlashning zarur tarkibiy kismlar hisoblanadi.

A.I Ivaniskiy o’zining tadqiqotlarida aqli zaiflarning oila qurish foizi pastligi qo’ydi-chiqdilar, yolg’iz onalar sonining tarbiya ko’payganligini keltiradi. Muallif aqliy jihatidan yetuk bo’lmagan bolalarning o’rgatish 7-8 yil kechikishi va yordamchi maktab bitruvchilari mustaqil hayotga juda ega (15-16 yoshda) qadam qo’yishni qayd qilinadilar. Bu tarbiyaviy ishlari faqat maktabda emas, balki bolalarni maktabni bitirgandan keyin ham ularni oilaviy hayotga tayyorlash zarurligidan dalolat beradi.

Ye.A Marщinina, G.B Shoumarovlar ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar va maxsus maktab bitruvchilarining oilaviy tasavvurlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni beradilar.. Mualiflar RRS bitruvchilarni nikohga kelishi, kelin-kuyovning yoshi shaxsning shakllanishida ota-onalar oilasidagi vaziyatni tasirini ta’kid etadilar. Biologik balog’atga yetish va fuqaro bo’lib shakllanish davrining o’zaro nomuvofiqligi maxsus maktab bitiruvchilarning nikoxga oid fiziologik va ruxiy jihatidan tayyorligi normal rivojlanayotgan yosh insonlarga nisbatan og’ir holga ega. Buning oqibati barvakt nikox xisoblanadi. Ayniqsa bunday nikohlar axloqi yurish-turishi devinat qizlarda namoyon bo’ladi. Tadqiqodchilar buni shaklanishning voyaga yetmaganligi sabablari bilan bog’liqligi haqida taxminiy fikr bildiradilar. Shu bilan birga jinslararo aloka munosabatning muhimligi keskin ahamiyatga ega. Buning ustiga maxsus maktab o’quvchilari jinsiy hayotni boshlab, jins va jinsiy hayotning fiziologiya va ruxshunoslikka oid muayyan bilimlarga ega emaslar. O’zining yoshiga qarab oilaviy maktablarning yuqori sinf darajasida bo’lgan PRS sakkizinchi sinf bolalari uchun mualiflar, oilaviy hayot «Etikasi va psixologiyasi» fanini kiritishi tavsiya qiladilar.

Mualiflar o’z tadqiqotlarida oila muammosi ilmiy jihatidan o’rganishni faollashtirishga oid shartlari takomillashtirish, maktab va jamoachilik diqqatini noxush og’ir axvoldagi omillarga qaratish kuchayish zarurligi haqidagi xulosaga keladilar.

L.Nurmuhammedova “Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari” mavzusida tadqiqot ishi olib borib, oilalarda ota-ona va nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik holatlarini o’rganish va pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish jarayonini tadqiq etgan.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar tahlili aqli zaif bolalar rivojlanishining ba’zi bir tomonlarini yoritib beradi, ammo ular aqli zaif nogiron bolani oilaviy hayotga tayyorlash yo’llari va usullarini to’liq yoritib bermagan.

Bu xulosalar, bizningcha aqli zaif bolalarning oilaviy hayotga tayyorlashning asosiy mazmuni bo’lib hisoblanadi. Oilaviy hayotga tayyorlashda axloq-odob doirasida bo’lgan etalonlari juda muhim omil bo’lib xisoblanadi. Adabiyotlarda jinsiy shakllanish jarayonida axlok odob doirasida bo’lgan etolonlar bajarilishi qayd qilinadi. Odob-axloq doirasidagi etalonlarga ta’kid qilish yo’li bilan erishiladi. Bu jarayonga yo’naltirilib, shaxsning fazilatlari maqsadga muvofiq tasir qilishi mumkin. Xaqiqiy defektlarning (Brolin D.) ijtimoiy moslashtirish jarayoni ular carer uducation ish karyeraga tayyorlanish deb atagan (oilaviy hayotga tayyorgarlik) jarayoni ijtimoiy moslashtrish odob axlok doirasi sifatida o’quvchilar taqlid qilish mashqlari bilan o’zlashtirib oladigan 265 ta aniq odob-axloq turini tavsiya qiladi. Bu nazariya bir tomonlikka ega. Oligofren-bolalar uchun ayniqsa ularning manaviy va ahloqiy normalarning yetarli ravishda anglolmasliklari xos xususiyatdir. Bu ularning fikrlash jarayonining rivojlanmaganligiga, tasirchan irodaviy shartining o’ziga xos xususiyatlariga sabab bo’ladi. Manaviy qoida va normalarning yuzaki ravishda og’zaki tarzdagi vaziyatlarning rasmiy ravishda (yuzaki) qanday bo’lsa shunday aytib berishga yoki idrok qilishga shuningdek ularni kundalik hayotdagi amaliy munosabatlarning juda muhimligini bila olmaslikka olib keladi. L.M Saraliyskaning tadqiqotlari odob-axlok doirasidagi bo’lgan etik normalar o’lchovi (etika)ni tamilashda tasavurlar va his odatlari birlikda shaklantirishda asosiy qonun-qoidalarga kompleks yondoshishni ko’zda tutilishga asoslanganlikni ko’rsatadi. Bu nuqtai nazarda N.P Pavlovning ishi katta ahamiyat kasb etadi.

Odob-axloq doirasida bo’lgan yetuk normalar o’lchov (etaloni)ni yurish-turish muomala munosabatning muayyan namunalarini o’rganishda rollarni ijro etishda bu rolni bajarilishni o’rganishni tavsiya qiladi. Ijtimoiy maishiy yo’naltirishning mashg’ulotlarida xaqiqatdan mavjud amaliy vaziyatning modelini tayyorlash metolarida foydalanadi. Inson muxitiga faqat sust moslashtirish balki unga tasir ham qiladi. O’quvchilarning kollejdagi oilaviy hayotga tayyorlash masalalari shaxsni faol ravishda moslashtirish talab qiladi. Moslashtirish xatarli ravishda bilim va malaka uchun faqat maktab sharoitiga qamrab olmaydi. Bitiruvchilarning faolligi va mustahkamligi hayot muhitiga tarqalishi kerak. Tadqiqotchi V.Yu Karvyalis, L.G Krasovskaya sobiq tarbiyalanuvchilarning hayoti bilan qiziqib ularni oilaviy hayotga qay darajada tayyorgarlik darajasini o’rganadi. Ularni hayotga umumiy maishiy moslashganligi qayd qilinadi.

G.A Chimgeyening tadqiqot ishida yuzaki tartibsiz xususiyatga ega bo’lgan talablarga mos kelmaydigan bo’lishlariga axoli ijtimoiy maishiy yunaltirish fani bo’yicha ko’rsatiladi. O’quvchilar bu bo’limlardan amaliy mustaqil hayotda foydalana olmaydilar. Ularda oilaviy hayotga zarur amaliy malakalar yo’q. O’z-o’ziga xizmat qilishni ovqat tayyorlashni xonalarni yig’ishtirishni maxsulotlar sotib olishni uddalay olmaydilar. Bu tadqiqotlarga bog’liq ravishda bizning yordamchi maktab o’quvchilarining kelgusida oilaviy hayotga tayyorlanishlari uchun ijtimoiy maishiy yo’naltirishga oid bo’lgan dasturning o’zlashtirilishida qanday imkoniyatlar mavjudligi masalasi qiziktiradi. Dasturning tahlili unda bevosita bizning muomalaga, o’z organizmini parvarish qilishga, ovkatlantirishga qaratilgan bo’limlarining saqlanganligini ko’rsatadi. Oila bo’limi 6-sinfda berilgan (2 soat) bo’lib, unga oilaning tarkibiy azolari orasida xo’jalik maishiy vaziyatlarning bajarilishi taksimlanishi mavzulari kiritilgan. Bu bo’limga sinfda 4 soat ajratilgan kichiklarga qarash oilaviy mablag’ning daromad manbalari (oylik ish xaki, nafaka) boshqarishning uddasidan chikish va boshqalar. Oila bo’limiga jami 22 soat ajratilgan. Bu kursning jami (238 soat) 0,8 foizini tashkil qiladi. Dasturdagi material konsentrik tarzda joylashtirilgan bo’lib hammasini asta-sekilik bilan murakkablashtirish va kengaytirish amaliy ishlar ko’zda tutilgan. Soatlar mikdorini (nikoxning ahamiyati va maqsadi, er-xotinlik burchlari onalik va otalikning moxiyati, ota-onalarning va oila azolari orasidagi o’zaro munosabati hamda burchlari oilaning axlokiy kadriyatlaring) ham muhim mavzular o’quvchilari hayotga tayyorlash o’z ifodasini topadi. Jinsiy tarbiya masalalari esa yetarlicha ifodalangan.

Bizning yordamchi maktablarning xar bir o’quv fanning o’quvchilari kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorlash shakllanishning imkoniyatlari ham qiziktiradi. Yordamchi maktablarning 5-dan 9-sinfgacha umumtalim fanlarning o’quv dasturlarning tahlili (ona-tili va adabiyot tabiyatshunoslik geografiya tarix, mehnat talimi) bu nuqtai nazardan muhim imkoniyatlar ko’zda tutganligini ko’rsatadi. Mehnat darslari mehnat ko’nikma va malakalarining shaklantirib yuzaga keltiradi, biologiya darslari sanitariya-gigiyena, erkak va ayol organizmining fiziologiyasi kun tartibi ovkatlanish moslamalariga oid bilimlarni qamrab oladi, sigaret chekishning spirtli ichimlikning zarari bilan tanishtiradi. Ona-tili va adabiyot ayrim axlokiy tushunchalari yosh yigit va qizlarning orasidagi o’zaro munosabatlarning madaniyatligini qamrab oladi. Davlat va xuquq asoslari fani oila haqidagi (jamiyatga oila va nikox ularning manaviy asoslari nikoxni rasmilashtirish xuquq va burchlar) bilimlarni qamrab oladi.

Tarix darslari o’quvchilarga turli iqtisodiy formasislar erkak va ayolning burchlari xaqida tarixiy voqyealar misolida bilim-ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

Tadqiqot muammosiga oid umumiy va defektologiyaga oid adabiyotlar tahlili bizga quyidagi xulosalarga kelishga imkon beradi.

Ijtimoiy-maishiy mehnatga moslashtirilish oilaviy jinsiy tarbiyaga tegishli adabiyotlarda biz tadqiq qilayotgan muammoimiz aqli zaif bolalarning kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorlashning quyganini ko’rmadik. Aqli zaif o’quvchilarning jinsiy tarbiyasi o’zoq va murakkab jarayon. Maxsus maktablarda jinsiy tarbiyaning mohiyati va metodikasi moslamasi shakilangan holda koladi hamda batafsil o’rganishni talab qiladi. Bu tadqiqotlar keltirilgan ijtimoiy maishiy zarurligi g’oyasi ko’p hollarda bizga tadqiqotimiz tashkil qilishi bo’lgan bog’liq masalalarda yondoshishning aniqlab tushinib olishimizga yordam beradi. Kuzatishlar natijasida biz malumotlarga ega bo’ldik:

1. Yordamchi maktab o’quvchilarida jinsiy madaniyatning shakllantirishga oid ilmiy tadqiqotlar nihoyat yetarli darajada o’rganilgan emas ekan.

2. Yordamchi maktab o’quvchilarning kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorlashga jinsiy tarbiyaga oid asoslangan, metodik tavsiyalar yo’q hisobida.

3. Aqli zaiflarning oilaviy hayotga tayyorlash hozirgi kunda to’liq o’rganilmagan.

4. Aqli zaif bolalar bor ko’pchiligi ijtimoiy noxush og’ir axvoldagi oilalarni nazarda tutib, birinchi navbatda bu kontigentning tayyorlash vazifasini yordamchi maktab oila va jamoachilik bilan yaqin hamjihatlikda xal qilishi zarurdir.

5. Ayniqsa noxush og’ir axvoldagi oilalarning oilaviy tarbiyasiga maktab va jamoachilikning diqqati e’tiborida bo’lishi zarur.

6. Yordamchi maktabning umumtalim fanlari dasturi aqli zaif bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun anchagina imkoniyatlarga ega, lekin hozirgi kun talabi darajasiga mos holda takomilashtirishni talab etadi.
II -BOB. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik omillari.

2.1. Oilada sog’lom ruhiy iqlim barqarorligini vujudga keltirish, aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning muhim omili.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining oilada ota-onalarni bola tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari, muhim masala bo’lib hisoblangan va ular tomonidan ma’naviy boy, bebaho asarlarida keng o’rin berilgan va hozirgi davrda ham o’z qiymatini yo’qotmagan.

Sog’lom bolalar bilan bir vaqtda bosh miyaning organik jaroxatlanishi natijasida bilish faoliyatining turg’un bo’zilgan aqli zaif bolalarni ham o’z tengdoshlari qatorida yetuk shaxs bo’lib rivojlantirishda oilada ota-ona tarbiyasi hozirgi zamon maxsus pedagogikasining asosiy vazifalaridan biridir. Aqli zaif o’quvchilarni oilaga tayyorlashda atroflicha yondoshish obyektiv holda aqliy, g’oyaviy, ma’naviy-axloqiy, mehnat, estetik, ekologik, huquqiy, jismoniy tarbiya birligi, tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlaydigan. Aqli zaif bolani oilaga tayyorlaydigan maxsus pedagogik shart-sharoitlarni metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki madaniyatli, vatanparvar, imonli, e’tiqodli, ishbilarmon, mehnatsevar insonni tarbiyalash zamon taqazosidir. Bu aytib o’tilganlar esa oila tarbiyasidan boshlanib, ta’lim jarayonida kishi munosabatlari tizimi sifatida tarbiya asosida tarkib topib boradi.

Aqli zaif o’smirlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini xususiyatlarini o’rganish zamirida yordamga muhtoj bolalardagi nuqsonlarni bartaraf etish, korreksiyalash va rivojlantirish ishlari samaradorligini oshirish, ota-onalar bilan maktab hmkorlikda yagona maqsadni amalga oshirish, muhim ahamiyat kasb etadi. Bola nosog’lom bo’lsa uni tarbiyalash kamolga yetkazish va ota-ona va o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. Shunday ekan, ota-onalar va o’qituvchilar bu vazifani sifatli va sitqidildan bajarishlari uchun maxsus pedagogik bilimlarga muhtojdirlar. Ta’kidlab o’tilgan talablarga tayangan holda aqli zaif o’smirlarni tarbiyalash va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash, moslashtirish maxsus bilim, tayyorgarlik va aqli zaif o’quvchilarni xususiyatlarini bilgan holda yondoshishni talab etadi. Aqli zaif bolani tarbiyalash, oilaga tayyorlash ularni jamiyatimizning sog’lom kishilari qatorida faol ishtirok etuvchi shaxs sifatida tayyorlash asosiy vazifalardan biri bo’lib, ammo mazkur muammo deyarli ilmiy tomonidan hali yetarlikcha tadqiq qilinmaganligi muammo dolzarbligini ko’rsatgan.

Shuningdek, tadqiqotning umumiy va maxsus pedagogikaning metodologik asoslarini, umumiy va maxsus pedagogikada ustivor bo’lgan nazariy metodologik g’oyalar, aqli zaif o’smirlarning rivojlanishida o’ziga hoslikni, qonuniyatlarni va xususiyatlarni aniqlashni taqazo etadi.

Bizning olib borgan ko’zatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, yordamchi maktabda aqli zaif bolani oilaga tayyorlash maxsus tarbiyaviy ta’sir muammosi pedagog-defektolog, maxsus psixolog, metodistlarning e’tiborini yetarli darajada tortgan emas. Aynan shu boidan ham bu muammoni hal etish shu kunning muhim pedagogik muammosi bo’libgina qolmay, balki, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy muammo hamdir.

Aqli zaif bolalari bor ko’pchilik oilalardagi ijtimoiy ahvolning og’irligi sababli, kelgusida aqli zaif bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid vazifalarni hal qilish maktabning vazifasidir.

Biz tadqiqotimizni mehnat ta’limi maktabi o’quvchilarini amalda oilaviy hayotga tayyorlashning ahvolini o’rganishga qaratdik. Bizning tadqiqotimizning maxsus maktablar amaliyotidagi ahvolini aniqlash bizga ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirishga amaliyotdagi salbiy tomonlarga maqsadga muvofiq mos xulosalar chiqarishga, aqli zaif o’quvchilarni kelgusida oilaviy hayotga tayyorlashni yaxshilashga oid zarur tavsiya va takliflar berishga yordam beradi.

Qo’yilgan vazifalarni hal qilishda quyidagi metodlardan foydalanildi:

- 5 va 9-sinf o’qituvchilarining kalendar bilan belgilanadigan tematik o’quv va tarbiyaviy ish rejalarini muommomiz nuqtai-nazaridan tahlil qilindi;

- “Oilaviy hayotga tayyorlash” dasturini tahlil qildik;

- bizni qiziqtirgan mavzular bo’yicha qatnashgan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlar, sinfdan tashqari tadbirlar tahlili. Tahlil jarayonida biz pedagogik muvaffaqiyatlarni, metodik jihatdan juda mos tomonlarni, tavsiyalarni, jinsiy va oilaviy tarbiyaga oid ishlarning o’zaro bog’liqligini ta’minlashni belgiladik, bolalarni tarbiyalashda maktab va oilaning o’zaro birgalikdagi ishi nimada namoyon bo’lishini ham aniqladik.

Yordamchi maktabning 9-sinf o’quvchilari uchun 2002 yil. G.B.Shoumarov va G.U.Solixovlar tomonidan to’zilgan “Oilaviy hayotga tayyorlash dastur”ni tahlil qilganimizda mazkur dastur “5-sinf uchun sog’lom avlod asoslari” dasturining davomi ekanligi va aynan 9-sinf o’quvchilarining balog’at yoshining o’ziga xosligini inobatga olgan holda tuzilganini shohidi bo’ldik.

Dasturning asosiy maqsadi sog’lom turmush tarzini shakllantirishga oid bilimlar berish nazarda tutilgan. Yordamchi maktabda o’g’il bolalar va qiz bolalarni bo’lajak oilaviy hayotga tayyorlash, otalik maqomiga, onalik maqomiga urg’u berish oila psixologiyasi erkaklar va ayollar gigiyenasiga oid bilim ko’nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Dasturning asosiy maqsadi aqli zaif o’quvchilarda oila etikasi, oilada er-xotin munosabatlari, farzand ko’rish ma’suliyati, oila muqaddasligi hamda oilada otalik burch, onalik burchi, farzandlik burchi kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. Dasturda nazariy bilimlar bilan birga olgan bilimlarini aqli zaif o’quvchilar amaliyotga qo’llay bilish hayotga tadbiq etishga o’rgatish muhim o’rin egallaydi. Eng asosiysi oilada muomila madaniyati, murosayu-madora, sabr-toqat, sharm-hayo, mehr-shavqatlilik, insoflilik, e’tiborlilik kabi xislatlarning muhimligi aqli zaif o’quvchilar ongiga singdirish dars jarayonlari, amaliy mashg’ulotlarda, o’yin faoliyatlari orqali amalga oshirib borish ko’zda tutiladi. Buning uchun albatta maxusus tayyorgarlikdan o’tgan defektologlar tomonidan amalga oshirish mumkin bo’ladi.

Mehnat ta’limi maktabi o’qituvchi va tarbiyachilari asosiy diqqatni mehnat, jismoniy, estetik, axloqiy tarbiya, bolaning kun tartibi, o’smirlarning qonuniy huquqni buzishlarini oldini olish masalalariga qaratadilar.

Tarbiyaviy ish rejalari ana shu yo’nalishda qayd qilingan.

Haqiqatan ham, «Ota-onalar bilan ishlash» bo’limidagi ota-onalar majlisi kun tartibiga mehnat ta’limi masalalariga oid suhbatlar, ma’ro’zalar, o’quv rejalarini bajarishga, kun tartibini tashkil qilish masalalariga oida maslahat va tavsiyalar kiritilgan. Oilaviy hayotga tayyorlashga bevosita tegishli masalalarni biz bu rejalarda payqamadik. O’qituvchilar jinsiy tarbiya masalalariga hadiksirab yondoshadilar. Asosan ular oila va nikoh, yigit va qizlar o’rtasidagi jinsiy munosabatlar masalasida, gap yuritishga uyaladilar. Agar o’quvchilarda savollar yuzaga kelsa, unda o’qituvchilar undan qochib qutiladilar: «Senga bunday masalalar bilan qiziqishga hali erta, yaxshisi o’qi, katta bo’lsang - bilasan». O’quvchilar esa «Nima uchun qizlar yubkada, bolalar esa shimda yuradilar?, Nima uchun bolalarning jinsiy organi boshqacha to’zilishda?, Nima uchun ularda hayz ko’rish yo’q?, Bolalar qanday tug’iladi?», «Nima uchun qizlarda ko’kraklari bor?» kabi savollarga javob olishga intiladilar.

O’qituvchilar esa o’zlarining rejalarida sanitariya-gigiyenik malakalarni, kun tartibini tashkil qilishga odatlantirishni rejalashtiradilar. Jinsiy tarbiya haqidagi suhbatlarga «Insonning go’zalligi nimada?», «Yigit va qizlarning axloqi, yurish-turish madaniyati», «Ayollik nazokati va erkakcha botirlik» kabi mavzular kiritiladi.

32-mehnat ta’limi maktabi tajribali o’qituvchilarining tarbiyaviy ish rejalariga «OITS va uning oldini olish», «Sevgi nima?», «Chekish va ichqilikbozlikning zarari» kabi muhim mavzular kiritilgan.

O’qituvchilar bilan suhbatda ular o’g’il bolalar va qizlarning kelgusida bo’lajak ota va ona bo’lishlariga alohida diqqat qilishlari ma’lum bo’ldi. Lekin ular bu mashg’ulotlarni o’tkazishda uning mazmuni va metodlarini ochib, tushuntirib beruvchi materiallarni bizga taqdim qila olmadilar.

87-mehnat ta’limi maktabining huquqiy tarbiyaga va og’ir ahvoldagi oilalar bilan uni bartaraf qilish uchun oldindan olib boriladigan ishlari tajribasi juda qiziqarli. Bitiruvchilar bilan patronaj xizmati tajribasini, o’quvchi-oligofrenlar o’rtasida giyohvandlik va ichqilikbozlikning oldini olishga oid tadbirkorlar majmuini yordamga olish lozim.

Mehnat ta’limi maktabining boshlang’ich (quyi) sinflarida jinsiy ma’lumot berilmaydi yoki ayrim hollarda, kezi kelganda, goho-goho beriladi.

Tarbiyaviy ishlar rejasi asosan rasmiyat nuqtai nazaridan to’zilgan, aqli zaif bolalarning texnologik, rivojlanishidagi o’ziga xos alohida xususiyatlari e’tiborga olinmagan, rejalar mavhum, oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog’langan. Ba’zi o’qituvchilar bu masalalar bilan ota-onalar shug’ullanishi kerak, deb hisoblaydilar. Sinf soatlari ham rasmiyat nuqtai nazaridan o’tkaziladi. Yakka, alohida suhbatlar ham o’smirlar qiyin vaziyatga tushib qolgandan keyingina o’tkaziladi.

Bizning tadqiqotimizning nazariy materiallarini tahlil qilish mehnat ta’limi maktabining o’quv fanlari va dasrliklari o’quvchilarni kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorlashni amalga oshirish uchun ayrim imkoniyatlarga egaligini ko’rsatdi. Biz matematika, biologiyadan qiziqarli darslarni ko’zatdik. Demak, hayvonlar va o’simliklarni ko’zatishga asoslanib, o’qituvchi ulardagi inson hayotiga o’xshashligini: urug’ni yerda, homilaning ona qornida rivojlanishini aniqladi.

Biz ijtimoiy maishiy yo’naltirish darslariga katta umid bog’ladik. Darslarga qatnashishda asosan o’qituvchilarning diqqati o’ziga xizmat qilishni, xonani jihozlashni, shirin ovqat tayyorlashni bilishga qaratiladi.

Jinsiy tarbiya masalalari og’izga olinmaydi. Ijtimoiy maishiy yo’naltirish darslari ta’lim va tarbiyaning boshqa faol metodlarini jalb qilmasdan og’zaki ravishda eng oz ko’rgazmalardan (ishga aloqador o’yinlar, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, pedagogik vazifalarni hal qilish, programmalashtirilgan vazifalar, suhbatlar ta’limning texnika vositalari) foydalanib o’tkaziladi.


Yüklə 259,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə