Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va ratsionni taxlil qilish mundarija


§ Qо‘ychilikda seleksiya-naslchilik ishlari



Yüklə 4,93 Mb.
səhifə2/11
tarix22.04.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#106666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1

1§ Qо‘ychilikda seleksiya-naslchilik ishlari.

    1. .“Aqchasoy” tipiga mansub naslli qо‘chqor va qoylar ratsion tuzish

Seleksiya ishi bu tanlash demakdir, agarda birlamchi zootexniya hisobotlari yuritib, har yili qо‘chqor va sovliqlarning xо‘jalik foydali (seleksiya) belgilari bо‘yicha nasllilik qiymatlarini aniqlab, majmua belgilari bо‘yicha baholab, klasslarga ajratib, tanlash ishlarini olib borish va takomillashtirish hamda mazkur qо‘ylarning yangi tip va zotlarini yaratish naslchilik ishining asosiy vazifalaridan biridir.

1-rasm. “Aqchasoy” tipiga mansub naslli qо‘chqor
Bonitirovka tadbirlarida suruvdagi har bir bosh qо‘chqor, ona qо‘y yoki tо‘qlilar kelib chiqishi, mahsuldorlik kо‘rsatkichlari va avlodlarining sifati bо‘yicha baholanadi, olgan ballariga kо‘ra, klasslarga ajratiladi, talabga javob bermaydiganlari brak qilib suruvdan chiqariladi. Bonitirovka tadbirlarida asosan seleksiya-naslchilik ishlarining ushbu asosiy jihatlariga e’tibor berish muhimdir: Urg‘ochi va erkak qо‘zilarni podani tо‘ldirish uchun tanlash jarayonlarida onalarining (egiz yoki kо‘p egiz tug‘ishi) pushtdorligini hisobga olish muhimdir;
naslli qо‘zi olish uchun sovliqlarni tanlayotganda tanlanayotgan sovliqlarning onasi kо‘pincha ekiz tuqqan qо‘ylardan bо‘lishiga e’tibor berish; naslli qо‘zi olish uchun qо‘chqorlarni tanlayotganda kо‘pincha ekiz tuqqan sovliqlardan tug‘ilgan qо‘chqorchalarga e’tibor berish lozim.
.Yirik naslli qо‘zilarni tanlash paytida onalari gavdasining uzunligi va tanasining yirikligiga hamda qо‘zilar sutdan ajratilgan paytda, erkak va urg‘ochi qо‘zilar tirik vaznining yuqoriligiga e’tibor berish kerak .Qо‘ylarning sut berish xususiyatlariga qarab tanlashda, yelin hajmiga va yirikliligiga hamda sut miqdori yuqori bо‘lgan sovliqlarga e’tibor berish kerak. Qо‘ylarni jun berish qobiliyati bо‘yicha tanlash ishlari olib borilganda, ularni qirqimdagi jun og‘irligiga e’tibor berish tavsiya etiladi. Qо‘ylarda tanlash ishlarini olib borishda ularning tez yetiluvchanligiga, о‘sish va rivojlanishiga, tashqi muhit (iqlim) sharoitlariga va yaylov (tog‘, tog‘oldi, chо‘l va yarim chо‘l-yaylov) sharoitlariga chidamliligiga e’tibor berish kerak..Tanlashda qо‘ylarning mahsuldorligi (tirik vazni,

2-rasm. Yarimmayin jun beruvchi gо‘shtdor-serjun qо‘ylar

sut sog‘imi va jun miqdori) bilan tashqi tuzilishi ya’ni eks teryer, konstitusiyasi va tana tuzilish shakliga ham e’tibor berish kerak.


Sut beruvchi qо‘y zotlari odatda uzun oyoqli, tanasi yirik va uzun, suyagi mustahkam, yelin tuzilishi bezsimon va keng yelin oynasiga ega bо‘ladi. Gо‘sht uchun boqiladigan qо‘y zotlari esa gavdasi yirik, sag‘risi keng, sog‘in qо‘ylarga nisbatan suyagi yirik, mustahkam va oyoqlari biroz kalta bо‘ladi. Pushtdorligida (homilasi tushgan, urug‘lanmay qisir qolgan, jinsiy a’zolarida kamchiligi yoki kasalligi bо‘lgan) muammolar bо‘lgan hamda qari (7-8 yoshdan katta) qо‘ylar suruvdan ajratib olinadi.
Sovliqni qochirish davrida juftlash rejasi ishlab chiqiladi va shunga kо‘ra qochirish ishlari olib boriladi. Boshqa xо‘jaliklardan yoki о‘zida yetishtirilgan qо‘chqorlar tanlanadi. Nasl uchun tanlangan qо‘chqorlar 1,5 yoshdan 3,5 yoshgacha bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bu yoshlarda qо‘chqorning urug‘i xarakatchan bо‘ladi. Mavsumda har 1 bosh naslli qо‘chqorga 35-40 bosh ona qо‘y tо‘g‘ri kelishi tavsiya etiladi, shundagina qochirish uchun tanlangan qо‘chqor ozib ketmaydi, charchamaydi.
Qо‘ychilikda tabiiy (erkin va qо‘lda) urug‘lantirish hamda sun’iy urug‘lantirish usuli qо‘llaniladi.
Erkin qochirish tashkiliy jihatdan juda oddiydir. Bunda qо‘chqorlarni (har 25-30 sovliqqa bitta qо‘chqor) 2 oygacha sovliqlar bilan birga qо‘shib asraladi. Sovliqlar kuyuka boshlagan sari qо‘chqorlar ularni qochira boshlaydi. Ammo qochirishning bu usuli bir qator kamchilik larga ega, avvalo xо‘jalikda kо‘p miqdorda qо‘chqor asrashga tо‘g‘ri keladi, mashhur qо‘chqorlardan keng foydalanish imkoniyatlari cheklangan bо‘ladi, hisob-kitob va naslchilik ishlarini yuritib bо‘lmaydi. Ustiga-ustak jinsiy a’zolarning yuqumli kasalliklari hayvondan hayvonga yuqishi mumkin. Shu bilan bir qatorda ba’zan bitta qо‘chqor ba’zi sovliqlarni doimiy tarzda qochirishi kuzatiladi, oqibat qо‘ylarning bir qismi urug‘lanmay qolishi mumkin.
Qо‘lda qochirish. Qochirish davrida sovliqlar otariga har kuni sinovchi (fartuk boylab) qо‘chqorlar qо‘yib yuboriladi, sо‘ngra ular suruvdagi kuyga kelgan sovliqlarni izlab topadi, suruv ichidan kuyga kelgan sovliqlar ajratib olinadi va maxsus og‘ilxonalarda naslli qо‘chqorlar bilan qochiriladi. Bunda har 80-100 bosh sovliqqa bitta qо‘chqor ajratiladi, bitta naslli qо‘chqor bir kunda kо‘pi bilan 2-4 ta sovliqni qochirishi mumkin. Qо‘lda qochirishni nazorat qilib turiladi, bunda individual saralash, naslchilik hisobini yuritish mumkin. Ammo qochirishning bunday usulida bitta naslli qо‘chqor 100 boshdan ortiq sovliqni qochira olmaydi.
Sun’iy urug‘lantirish. Hozirgi zamon seleksiyasi talablariga javob beradigan eng zamonaviy usuldir. Qо‘ychilikda bu usulni qо‘llab har bir naslli qо‘chqordan tabiiy qochirishdagiga nisbatan 10-20 barobar kо‘p nasl olish mumkin. Brusellyoz, trixomonoz kabi kasalliklar tarqalishiga barham beradi, sovliqlarning qisir qolishi kamayadi.
Keyingi yillarda sovliqlarni sun’iy urug‘lantirishning ikkita usuli, ya’ni naslli qо‘chqorlarning urug‘i olinib, shu yerning о‘zida kuyga kelgan sovliqlarni sun’iy urug‘lantirish hamda naslli qо‘chqorlarning muzlatilgan urug‘lari bilan sun’iy


Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə