Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va ratsionni taxlil qilish mundarija



Yüklə 4,93 Mb.
səhifə3/11
tarix22.04.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#106666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1

Ko`shirish usuli

Yosh (!,0 -1,5yoshgacha Qozi qoshqorlar

Etuk (2 yoshdan kata )
Yoshdagi qoshqorlar

Erkin ko`shirish

15

25-30

Qolda ko`shirish

40

80-100

Suniy ko`shirish

150

400-500

Muslatilgan urug`lar bilan suniy ko`shirish

500-1000

1500-3000

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron bо‘limi olimlari tomonidan ilk bor xorij (Rossiya Federatsiyasi)dan Shimoliy Kavkaz gо‘shtdor-serjun zotli naslli qо‘chqorlarining muzlatilgan urug‘lari olib kelinib, mahalliy sharoitda О‘zbekistonning yarim mayin junli gо‘shtdor-serjun qо‘ylarida sun’iy urug‘lantirish amaliyoti о‘tkazildi va ulardan naslli qо‘zilar olindi. Ilgari respublikamizga xorijdan zotdor qо‘chqorlarning muzlatilgan urug‘i keltirilib, sovliqlar sun’iy urug‘lantirilmagan edi. Bu har tomonlama qulay, naslli qо‘chqorni olib kelishdan kо‘ra ming chandon samaralidir. Naslli qо‘chqorni sovliqlarga qо‘shish uchun tayyorgarlik
Qochirishning dastlabki 4-5 kunlarida suruvga hamma qо‘chqorlarni qо‘yib yuborish yaramaydi, masalan, 600 boshli otarlarga 15 bosh naslli qо‘chqor talab etilsa, dastlab shularning 5 boshini qо‘yib, suruvdagi qо‘ylarning jinsiy maylini uyg‘otish, 4-5 kundan keyin esa hammasini qochirishga qо‘yish, kechasi qо‘chqorlarni ajratib, alohida (quchli ozuqalar va tovuq tuxumi bilan) oziqlantirish tavsiya etiladi. Bu qisir qolish miqdorini kamaytiradi, egiz qо‘zilar tug‘ishlar soni ortadi, ona qо‘ylar qisqa muddatlarda natijali urug‘lanadi va qо‘chqorlarning otalantirish darajasi yuqori bо‘lib, qisir qolishning oldi olinadi.
Qо‘chqorlarni oziqlantirishdan tashqari, qochirish salqinda amalga oshirilishi zarur, chunki qochirish paytida yuksak harorat (issiqlik) qо‘ylar va qо‘chqorlarga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun yozda qо‘ylarni tunda о‘tlatish va qochirishni salqinda tashkillashtirish samaralidir. Qо‘chqorlarning erkak jinsiy a’zolaridagi junlarini qirqish ularni urug‘ samaradorligini orttiradi.
Berilgan ozuqa aralashmasida yetarli miqdorda almashinuv energiyasi - 13, MDj/kg QM mavjud. Lizin/energiya nisbati (9,5 gl13,4 MDj AB=0,71g) talab yetilgan hajmdajavob beradi. Xom kletchatka konsentratsiyasi 5,6% bo'lib, yuqori yo'lga qo'yilgan hududda va ozuqa komponentlarini yig'ish: arpaning yetarli darajada katta hissasi va raps shrotidan foydalanish aniqlanadi. Aralashrna xom proteinining hazm bo'luvchanligi 77% ni tashkil qilishi ham yo'l qo'yilgan chegaradir. Ona qo‘ylarning to‘yimli moddalarga bo‘lgan tabiiy talabi ularning zoti fiziologik holati, bug‘ozlik davri, sut berish davri (emizikli davri) sut bermayotgan paytdagi davrlarga va olinayotgan mahsulotiga qarab belgilanadi. Ona qo‘ylarning nasl berish qobiliyati ularni urug‘lantirish davridagi semizlik darajasi bilan aniqlanadi. Agar yuqori darajada semizlikdagi qo‘ylarning nasl berish qobiliyati 100% deb hisoblansa, o‘rtacha semizlikdagi qo‘ylarning nasl berish qobiliyati 85-90%
o‘rtachadan past semizlikdagi ona qo‘ylarning nasl berish qobiliyati 60-65% ni tashkil etadi. Ozg‘in qo‘ylarda nasl berish qobiliyati boshqa ona qo‘ylarga nisbatan 4-5 marta kam bo‘lishi tajribalarda isbotlangan. Bundan tashqari ona qo‘ylarni o‘z vaqtida 1,5-2 oylik davrida qo‘zilardan ajratish ham ularni ko‘zlangan semizlik darajasiga qisqa muddatlarda chiqarish imkoniyatini beradi. Buning uchun bolasidan ajratilgan ona qo‘ylarning ozuqa ratsioniga asosiy me’yorga 0,2-0,3ozuqa birligi qo‘shib berish tavsiya etiladi.

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə