Mavzu: Daromadlar, xarajatlar, soliqlar va yakuniy moliyaviy natija



Yüklə 131,93 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü131,93 Kb.
#164892
1   2   3   4   5   6
Mavzu Daromadlar, xarajatlar, soliqlar va yakuniy moliyaviy nat (1)

AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX — davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,
UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;
— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF — soliq to‘langungacha olingan foyda;
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF — sof foyda;
DS — daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
Keyingi tahrirga qarang.
BS — boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha kiritiladi:
— Sotishdan olingan sof tushum.
— Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari).
— Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar.
— Favqulodda daromadlar.
1.Sotishdan olinadigan sof tushum
Sotishdan olingan sof tushum mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, undan qo‘shilgan qiymat, aksiz solig‘i va eksport boj poshlinasi, chegirilgan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
— Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, daromad (foyda)ni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqaradilar.
—Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
—Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar.
—Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda.
— Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar.
—Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar.
—Da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.
— Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni to‘liq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga ko‘ra soliq solinadigan daromadga kiritiladi.
—Davlat subsidiyalaridan daromadlar*.
* — soliq solishda yalpi daromadga kiritilmaydi.
— Xolisona moliyaviy yordam.
— Boshqa operatsion daromadlar.
— Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar
3.Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
— Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
—O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
—Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish).
—Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.
— Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
—Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
—Favqulodda foyda
Favqulodda foyda moddalari — bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan, hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Foyda ko‘rsatkichining xo‘jalik yurituvchi subyektlaming moliya- xo‘jalik faoliyatini baholovchi sintetik ko‘rsatkichi funksiyasi xususida quyidagilami aytish mumkin. Masalan, xo‘jalik subyektlari ixtiyorida qolgan sof foyda tarkibida mahsulotlami sotish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xarajatlar, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va xarajatlar qoldig‘i, tasodifiy foyda va zararlar qoldig‘i o‘z aksini topadi. Shu bois, ikki avtonom tushuncha boMmish daromad bilan foydani bir-biriga o‘xshatish mumkin emas. Daromad ancha kengroq iqtisodiy kategoriya hisoblanib, u tovar aylanmasi qiymatiga yaqin turadi.
Asosiy faoliyat daromadining keyingi tarkibiy qismi — bu asosiy faoliyatning boshqa (operatsion) daromadlaridir. Bunga asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan tushgan daromad, undirilgan yoki qarzdorlar tomonidan e’tirof etilgan har xil jarimalar va vaqtida to‘lanmagan qarzlar, hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi, da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va xolisona moliyaviy yordamlar kabi moddalar kiradi.
Operatsion faoliyatdan olingan daromadlar - bu daromadlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar va xarajatlami kamaytiradigan daromadlar, imtiyozlar va chegirmalar hisobidan olinadigan barcha daromadlami o‘z ichiga oladi .
Asosiy faoliyat daromadi korxona yalpi daromadining salmoqli ulushini tashkil qilishi uning muhim ko‘rsatkichi sifatida xo‘jaligining kelgusida rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Moliyaviy faoliyat daromadi tarkibini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: dividendlar va boshqa korxonani tashkil qilishda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlar va qarz mablag‘lari bo‘yicha olingan daromadlar, valyuta va valyuta muomalalari bo‘yicha daromadlar, mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan va boshqa moliyaviy mablag‘lami qayta baholashdan olingan daromadlar, olingan royalti, moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari.



Yüklə 131,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə