Mavzu: dars, uning turlari va tuzilishi


I BOB DARS, DARS SHAKLLARI. DARS VA UNING TUZILISHI



Yüklə 93,35 Kb.
səhifə2/7
tarix25.01.2023
ölçüsü93,35 Kb.
#99206
1   2   3   4   5   6   7
UMIDA

I BOB DARS, DARS SHAKLLARI. DARS VA UNING TUZILISHI.
1.1.Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot

O’z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondashish, ulug’ ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy, ma’naviy meroslarini o’rganish uchun ulkan imkoniyatlar yaratib berildi. Shu bilan birgalikda, milliy g’ururimiz qayta tiklandi. Respublikamizda ilm - fan, shu jumladan pedagogika fani ham o’zining yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarilmoqda [1-4]. O’tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g’oyalarini xalq hayotiga tadbiq etish kabi ko’plab ulug’ ishlar amalga oshirilmoqda. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy “Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deb bejizga aytmaganlar. Bu fikr esa, hozirda demokratik jamiyat qurayotga,



buyuk

davlatni

barpo etayotgan Vatanimiz O’zbekiston

Respublikasi

uchun

alohida

bir shior bo’lib xizmat qiladi . Keng

pedagogik

ma’nodagi tarbiya ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, jamiyat tomonidan tayyorlangan, ajratilgan kishilar yoxud o’qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi, turli xildagi o’quv mashg’ulotlari, maxsus o’tkaziladigan bir qator tarbiyaviy tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik olimlar tarbiya deganda faqat bolaga tarbiya berishni tushunadilar. bu fikr esa, ancha tor tushuncha hisoblanadi. Chunki tarbiyaga faqat bolalar emas, balki kattalar ham muhtojdir. Hozirgi kunda esa ba’zi yigit - qizlarimiz, shuningdek yoshi kattalar ham odob - axloq qoidalariga zid ishlarni ham amalga oshirayotganini ko’rishimiz mumkin1. Demak, pedagogika insonni go’dakligidan boshlab to umrining oxirigacha kerak bo’ladi. Shu bilan birgalikda, turmush odobiga o’rgatuvchi va shu narsalarni tahlil va tadqiq etuvchi fan desak ham bo’ladi2.

Dars, uning turlari va tuzilishi mavzusini o’rganish bo’yicha quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilandi .



  1. Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilishdagi qarashlari. Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg’onish davri madaniyatining ta’siri ostida vujudga kelish faoliyatini o’rganish.

  2. Hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars tizimi. O’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini chuqur egallashlari, uning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy - axloqiy sifatlarini tarbiyalashdagi vazifalarini o’rganish.

  3. Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars xususiyatlarini o’rganish.

  4. Zamonaviy didaktik talablar asosida tashkil qilingan, Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi mavzusi bo’yicha darsning texnologik xaritasini ishlab chiqish.

XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk Chex pedagogi Ya.
A. Komenskiy ( 1592 - 1670 ) tarixda birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf - dars tizimini yaratgan. Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda ham tez tarqaldi. Ta’limni tashkil qilishning birdan - bir shakli deb e’tirof etilgan [10-14]. Sinf - dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq bo’lmadi. Ularda oktabr to’ntarilishiga qadar o’rta asr maktablariga



1 G’oziyev E. “Umumiy psixologiya“ T - 2002.
2 G’oziyev E. “Pedagogik texnologiya masalalari“ “Xalq ta’limi “ T - 1999. 6- son.
xos ta’lim tizimi davom etib keldi. Bir o’qish xonasida 6 yoshdan 15- 16 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi bilan bir vaqtda mashg’ulot olib borilar edi. Shuningdek, bir o’qish xonasidagi ( 20 – 30 ) o’quvchilarning bilim darajasi ham turlicha bo’lar edi. Dars, uning turlari va tuzilishining mazmuni Hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf- dars tizimi. Hozirgi kunda respublikamizda ta’limning oldiga qo’yilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maktab ta’limini tashkil etishning, dars turlarining yangidan - yangi shakllari yaratilmoqda. Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar gurihi bilan olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi. Dars - o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir . Dars - o’quv ishlarining markaziy qismidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib borilmoqda:

  1. Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval orqali olib boriladi.

  2. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi.

  3. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.

4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma - xil usullar orqali olib boriladi. Ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib tashkil etiladi.
Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materiallarini tizimli bayon qilib berishni, xilma - xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim va ko’nikma, malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi3. O’qituvchi dars materiallarini bayon qilish jarayonida o’quvchilarga muammoli vaziyat tug’diradigan savollar bersa va javob qidirsa, fikrlash va izlanishlar yo’li bilan mavzu materiallari puxta o’zlashtirilib oladigan bo’ladilar . Bunday holatda umumsinf jamoasi va har qaysi o’quvchining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan bo’lishi kerak. Hozirgi kunda darsda uzoqdan - uzoq vaqt sarflab o’quvchilarning bilimini aniqlash va baholash, bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashda o’quvchilar ishtirokini cheklab qo’yish habi holatlarga barham berildi. Bilimlarni bayon qilish jarayonida o’quvchilar faolligi (og’zaki yoki yozma mashqlar, labaratoriya - tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog’i kerak bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarning oldindan o’zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga xizmat qiladi va to’g’ri baholash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birgalikda, o’quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr yuritishlari, qunt, irodani mustahkamlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, tegishli ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati doim diqqat markazida bo’lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda tutilishi kerak. Dars jarayonida o’tilayotgan o’quv materiallarining boshqa fanlarga aloqador mavzulari bilan bog’liqligini ko’rsatish ham eng muhim ahamiyatga egadir . Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy darsning o’ziga xos xususiyatlari. Dars - yuqorida aytib o’tilgandek, o’qitishni tashkil etishning o’zgarmas shakli emas. O’quv amaliyotida va pedagogik tafakkur doimo darsni takomillashtirish yo’llarini izlaydi4. Turli - tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi kerak bo’ladi:



3 N. Azizxo’jayeva “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat“
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo’lishi kerak.
2.Har bir dars mustahkam g’oyaviy - siyosiy yo’nalishlarga ega bo’lishi kerak.

  1. Har bir dars hayot bilan, amaliyot bilan bog’langan bo’lishi kerak.

  2. Har bir dars xilma - xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilishi kerak.


5. Darsga

ajratilgan

har

bir

soat

va

daqiqalarni

tejash, undan

foydalanish

kerak.























unumli


    1. Darsda o’quv materiallarining mazmuniga oid ko’rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish kerak bo’ladi.

    2. Dars mashg’ulotini butun sinf bilan umumiy olib borish bilan har qaysi o’quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.

9.Har bir darsda mavzuning harakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojat qilish va undan unumli foydalanish kerak. Shu bilan birgalikda ko’plab imkoniyatlarni va yangiliklarni qidirib topish kerak bo’ladi. Shundagina darslarimiz qiziqarli va tushunarli bo’lishiga imkon yaratgan bo’lamiz. Darsning turlari va mazmuni5
Bir soatlik darsga mo’ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg’ulot turi dars turi deb yuritiladi.




  1. Mavlonova R. “Pedagogika“ T - 2000.


Yüklə 93,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə