Mavzu: fors ko'rfazi mamlakatlarining yoqilg'i energetika sanoatiga iqtisodiy geografik tavsif kirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə4/9
tarix26.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#88021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nurbek

Birlashgan Arab Amirliklari (Birlashgan Arab Amirliklari) – Fors va Omon ko‘rfazida, Arabiston yarim orolining sharqiy qismida joylashgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi, Qatar va Omon Sultonligi bilan chegaradosh. BAA 7 ta amirlik (xonlik) dan iborat: Abu-Dhabi, Ajman, Dubay, Ras Al-Hayma,
Fujeyra, Um Al-Quvayn, Sharja.
Maydoni – 82,2 mingkm².
Aholisi – 5,9 mln kishi.
Poytaxti – Abu-Dabu shahri.
Rasmiy til – arab.
Pul birligi – dirham.

Asosiy turistlik markazlari: Abu-Dhabi, Ajman, Jumeyra, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvain, Sharja.


Ummon — Arabiston yarim orolining janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat. Maʼmuriy jihatdan 59 viloyatga boʻlinadi.


Maydoni – 212,4 mingkm².
Aholisi – 2,7 mln kishi.
Poytaxti – Maskat shahri.
Rasmiy til – arab.
Pul birligi – ummon riali.
Ummon — sulton boshchiligidagi monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-yil 6-noyabrda kabul kilingan. Davlat boshlig'i — sulton (1970-yildan Qobus bin Sayd). Sho'ro kengashi va Davlat kengashidan iborat Ummon Kengashi maslahat organi mavjud. Ijrochi hokimiyatni sulton va hukumat amalga oshiradi.
Arab olamining jahon siyosiy xaritasidagi o’rni va ahamiyati haqida so‘z yuritilganda siyosatshunos va sharqshunos olim Z.Munavvarov quyidagi tezislarni ilgari suradi:
Hozirgi kunda, ular o’rtasida ma’lum siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy tafovutlar, hatto ixtilof va ziddiyatlar mavjudligidan qat’iy nazar, o’zini Arab davlati, deb e’lon qilgan 21 mamlakat borligi diqqatga sazovor;
– FKADHK mamlakatlari hamjamiyati dunyoning uch buyuk qit’asi – Osiyo, Afrika va Yevropa (O’rta Yer dengizi va Turkiya orqali) tutashgan g’oyat hayotiy kommunikatsiyalar markazlashgan geografik mintaqada joylashgan;
– Arab davlatlari zaminidagi tabiiy boyliklar, xususan, bugungi taraqqiyotning asosiy tayanchlaridan bo’lgan energiya manbai – neft va gaz zaxiralarining nihoyatda kattaligi ushbu mintaqaning jahon iqtisodiy xo’jaligidagi o’rnining yuqoriligini ta’minlaydi;
– Islom dinining eng mo’tabar muqaddasgohi – Makka va Madinaning ushbu mintaqada joylashishi Arab dunyosiga musulmon xalqlar va elatlarning diniy va ruhiy, ma’lum ma’noda mafkuraviy-ma’naviy markaz sifatida qarashiga sabab bo’ldi.
Bundan tashqari, Fors ko‘rfazi mamlakatlari jahon energetika resurslarining 75 %ini nazorat qilishi ham jahon siyosiy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi rolini yaqqol namoyish etadi. Arab dunyosi mamlakatlari yakdilligining dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy ahamiyati shunda namoyon bo’ladiki, u jahon neft bozoridagi vaziyatga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishga qodirdir. Birinchi marta bu 1973-1974 - yillarda “energetik tanglik”davrida namoyish etildi. Oktyabr urushi (1973) chog’ida G’arb mamlakatlari Isroilni qo’llab-quvvatlaganiga javoban, OPEK mamlakatlari jahon bozoriga neft yetkazib berishni to’xtatib qo’ydilar. Bundan ko’rinadiki, arab olamining siyosiy va iqtisodiy ta’sir ko’rsatish imkoniyati hozirgi kunda bir qator yirik davlatlarning milliy manfaatlari ijrosidagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy dunyoda neft-gaz jahon iqtisodiyotining dinamik rivojidagi eng asosiy unsur bo’lishi bilan birga, umumiy xalqaro munosabatlar tizimiga ta’sir ko’rsatuvchi birlamchi omillardan biri sifatida yuzaga chiqdi. Shu kabi bir qator umumiy xulosalar natijasida Fors ko’rfazi arab davlatlarining zamonaviy neft-gaz siyosati istiqbollari va imkoniyatlarini va global energetik siyosatga ta’sirini tahlil etish dolzarbdir. Bundan tashqari, dunyo miqyosida energetik bog’liqlik va energiyaning birlamchi manbalari iste’moli hajmi oshib borayotganligi mintaqada xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar ko’lamining kengayishi xavfini tug’diradi. Shuning uchun “Arabiston oltiligi” davlatlari oldida mintaqaviy energetik xavfsizlikni ta’minlash masalasi har qachongidanda dolzarbdir.
Fors ko’rfazi neft makonlari rayonlarining o’ziga xos xususiyati shundaki, bu mintaqada neft qazib olish jarayoniga ko’p mablag’ sarflanmaydi. Chunki, zahiralarning yer qatlamining qulay qismida joylashganligi, yuqori bosim va asosiysi, sifatli xomashyo mavjud bo’lib, ma’lumotlarda keltirilishicha, 1 barrel neft qazib olish uchun 2-3 AQSh dollari sarflanadi. Bunday imkoniyatlar mintaqadagi arab davlatlarining iqtisodiy rivojlanishi va qolaversa jahon siyosatidagi o’ziga xos o’rnining oshishini ta’minlab kelmoqda.
Fors ko’rfazi mintaqasidagi barqarorlikni ta’minlashda Saudiya Arabistonning o’rnini alohida ta’kidlash kerak. Saudiya Arabistoni Qirolligi farovonligi to’g’ridan-to’g’ri neft-gaz eksporti bilan bog’liq ekan, davlat tashqi siyosatida neft omili eng ustuvor yo’nalish hisoblanadi. Saudiya Arabistoni dunyoda neft xomashyosi zahirasi eng katta davlat hisoblanib, umumdunyo tekshirilgan resurslarning to’rtdan bir qismi OPEK zahiralarining 33 % i aynan ushbu mamlakat hissasiga to’g’ri keladi. OPEK siyosatini asosan, shu mamlakat belgilaydi. Saudiya Arabistoni OPEKning yetakchi a’zosi sifatida, kartel bitimining buzilishi holatlariga bag’rikenglik bilan munosabatda bo’ladi va zarur holda tashkilot sotuvlar umumiy hajmini oshirib yubormasligi uchun o’z kvotasini kamaytiradi. Shuning hisobiga neft ishlab chiqaruvchi yetakchi mamlakatlar nafaqat neft narxini yuqori darajada saqlab turishga, balki uni rivojlangan davlatlarda sanoatning texnologik printsiplarini o’zgartirish va neftni energiya manbaining boshqa turiga almashtirishga kuchli rag’bat tug’ilmaydigan tarzda tartibga solishga muvaffaq bo’lmoqdalar. Shu bilan birga dunyo bo’yicha neft qazib olishning 13 % ini Saudiya Arabistoni amalga oshiradi. Gaz sektori ham salmoqli o’rin tutib, YaIM ning 15 %ini tashkil qiladi. Mamlakat sarhadlarida jahon gaz zahiralarining 6 %i joylashgan bo’lib, Rossiya, Eron va Qatardan so’ng to’rtinchi o’rinda turadi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə