Mavzu: fors ko'rfazi mamlakatlarining yoqilg'i energetika sanoatiga iqtisodiy geografik tavsif kirish


1.3 Aholisi va mehnat resurslari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə6/9
tarix26.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#88021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nurbek

1.3.


1.3 Aholisi va mehnat resurslari.
Fors qo'lltig'i arab davlatlari aholisining muhim xususiyati xorijiy migrantlarning katta ulushidir. Ummonda xorijiy ishchilar aholining 25 % ini, Saudiya Arabistonida 30 % ini tashkil etsa, boshqa davlatlarda bu ko‘rsatkich 50 % dan yuqori, BAAda esa 90 % ga yaqin. Xorijiy migrantlar asosiy qismini Janubiy Osiyo va Shimoliy Afrika dav-latlarining fuqarolari tashkil etadi. Aholining tabiiy o‘sishi Saudiya Arabistoni va Ummonda yiliga 1,6– 1,8 %, qolgan davlatlarda esa 0,8-1,3 % ga tengdir. Mintaqa davlatlariga shahar aholisining juda yuqori ulushi xos. Ummonda urbanizatsiya darajasi 75 %, Saudiya Arabistoni va BAAda 80 % dan yuqori, Quvayt, Qatar va Bahraynda esa deyarli 100 % ga teng. Mintaqa hududida 40mln kishi atrofida aholi yashaydi.
Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvaytda sunna, Bahraynda shia, Ummonda ibodiy musulmonlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Saudiya Arabis-tonidagi Makka va Madina butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas shaharlar hisoblanib, har yili u yerga 2 mln. kishi haj safarini amalga oshiradi.
Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. Saudiya Arabistoni da 200—800 ming o'zbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina Saudiya Arabistonidadir. Har yili bu shaharlarda 2 mln dan ortiq musulmon haj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Ar-Riyod, Jidda, Makka, Madina.
Quvayt aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan koʻpi muhojirlar. Ko'chmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Dini — islom dini. Aholining 96%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Quvayt va Al-Ahmadi.
Qatar aholisi, asosan, mahaliy arablar, qolganlari boshqa arab mamlakatlari, Eron, Pokiston, Hindiston hamda Afrikadan kelganlar. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini islom. Shahar aholisi 91 %. Asosiy shaharlari: Doxa, Umm-Said.
BAA aholisi — 5,6 mln kishi (2020). Etnik tarkbi: arablar — 20 %, arab olamidan tashqaridagi hududlar, yaʼni Yevropa, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan — 80 %. Aholining 33 %i ayollar, 67 %i erkaklar.
Ummon aholisining 90%dan ko'prog'i ummonlar. Balujlar, forslar, Hindiston, Pokiston, Afrika mamlakatlaridan kelganlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Aholining aksariyati, Ummon qoʻltigʻi sohillarida istiqomat qiladi. Shahar aholisi 72%. Muhim shaharlari: Maskat, Salala, Sur, Matrah.

2- BOB FORS KO‘RFAZI MAMLAKATLARINING IQTISODIYOTI TARKIBIDA YOQILG‘I - ENERGETIKA SANOATINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə