Mavzu: Gimnastika. Saf mashqlari



Yüklə 2,16 Mb.
tarix25.01.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#99268

Mavzu: Gimnastika. Saf mashqlari


D.T.P.I filologiya fakulteti tarix yoʻnalishi 1 kurs 108 guruh talabasi Mengliyev Faridning Jismoniy tarbiya fanidan tayyorlagan slaydi

Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O‘zbekistonda gimnastikaning davolash, sog‘lomlashtirish, amaliy jismoniy tarbiyaning yo‘nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga ega. Qadim zamonlardan aholi turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlarni katta bayram va to'ylarda tashkillashtirishgan. Navro‘z, Hosil bayrami va boshqa tantanalarda otda poyga, yugurish bo‘yicha musobaqalar, olomon-poygalar, chovgon o ‘yinlari, dorbozlar chiqishlari kabi ko‘ngilochar tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib turilgan. Abu Ali ibn Sino «Tib qonunIari»da jismoniy tarbiyaga katta e ’tibor bergan. O‘z kitobida salomatlikni muhofaza qilish qoidalarini ko‘rib chiqar ekan, buyuk mutafakkir jismoniy mashqlarni sog‘lomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida mukammal tarzda so‘z yuritadi. Ibn Sino olimlar orasida birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlarni odam organizmiga ijobiy ta’sirini «Uzluksiz chuqur nafas olish jarayonini keltirib chiqaruvchi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi», deb ta’riflagan .

Milliy gimnastika tizimining yaratilishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni, buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni talab qilardi. O‘sha davr pedagoglari va shifokorlariga gimnastika yoshlarni jismonan tarbiyalashning birdan bir to‘g‘ri uslubi bo‘lib ko‘rinardi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib, gimnastika taraqqiyotida uch yo‘nalish ko‘zga tashlana boshladi: • gigiyenik yo'nalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisoblanardi); • atletik yo'nalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jumladan, gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarni qo‘llash yo‘li bilan insonning harakat sifatini rivojlantirish vositasi, deb hisoblanardi); • amaliy yo‘nalish (gimnastika urushda uchraydigan turli to’siqlardan oshib o‘tishni askarlarga o‘rgatish vositasi hisoblanardi).

Saf mashqlari haqida umumiy tavsif Saf mashqlari - bu shug’ullanuvchilaning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg’ulotni tashkil etish marom va sur’at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo’lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi. Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to’g’ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo’lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi. Saf mashqlari o’quv mussasalarida saf mashqlari turli xil o’lchamlardagi(12x24, 15x30 metr va h.k.) zallarda tashkil etiladi. Mashg’ulotlarni tashkil etishda o’qituvchi va murabbiylar zalning tomoni va burchaklariga tayangan holda tashkil etadi.

Saf mashqlari to’rtta guruhga bo’linadi: 1.Saf usullari. 2.Saflanish va qayta saflanish. 3.Joydan - joyga ko’chish. 4.Orani ochish va yaqinlashtirish. Saf - shug’ullanuvchilarning birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko’ra joylanishidir. Mashg’ulotda safni o’qituvchi va talabalar guruh o’qituvchisi, o’quv bo’linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali bosh- qaradilar Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi Zich saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft keng- ligida (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga uzatilgan qoi uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat.

Zich saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft keng- ligida (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga uzatilgan qoi uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat. Orasi ochiq saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir qadam yoki o’qituvchi belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir. Qator-shug’ullanuvchilarning bir chiziqda yonma-yon turishi(45a-rasm). Oraliq - shug’ullanuvchilarning yonma-yon qatordagi orasi. Masofa - shug’ullanuvchilarning ketma-ket qatordagi orasi.

Ketma-ket qator- shug’ullanuvchilarni bir-biri orqasida tizilishi(45b-rasm). Boshlovchi-ketma-ket qatordan birinchi-boshida turgan talaba(o’quvchi). Oxirgi- ketma-ket qator oxirida turgan talaba(o’quvchi). Front​-shug’ullanuvchilar safining old tomoni(qatorda). Ichkari-front teskarisi, yani orqa tomoni, 2-,3-,4-qatorlar. Qanot-safning chap yoki o’ng tomoni. Saf chuqurligi-ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi talaba(o’quvchi) orasidagi masofa. Saf kengligi-o’ng qanotdan chap qanotgacha bo’lgan masofa. Masofa-yonma-yon turgan shug’ullanuvchilar orasidagi masofa(ketma-ket qatorda).


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə