Xalq sayli



Yüklə 13,72 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü13,72 Kb.
#136911
Xalq sayli


Xalq sayli
Xalq sayli — yilning maʼlum fasllarida oʻtkaziladigan sayillar, sayrtomoshalar. S.lar odatda Navroʻz va diniy bayramlar (Roʻza va Qurbon hayitlari)da va yilning qulay paytlarida tashabbuskor kishilar tomonidan tashkil etilgan. S shaharlarda, registon maydonlarida, chorsu va rastalarda, shahar tashqarisidagi sayilgohlarda, shuningdek, qadamjolarda oʻtkazilib, bir ikki hafta davom etgan. Sayilgohlarda oshxona, choyxona, nonvoyxonalar qurilgan, mevacheva, attorlik, baqqollik doʻkonlari ochilgan. Poyga, uloq, koʻpkari, kurash, chavgon musobaqalari, darvoz, hofiz, sozanda, raqqos, masharaboz, qiziqchilarning chiqishlari, ayiq, ilon oʻyinlari, tuya, qoʻchqor, xoʻroz, it urishtirish, mushakbozlik tomoshalari koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng xalq S.lari mazmunan oʻzgarib, koʻproq milliy tus oldi. Umumxalq bayramlari: Mustaqillik kuni, Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunlarida S.lar uyushtirilmoqda. Bahorda oʻtkaziladigan Navroʻz sayli, sumalak sayli, gul sayli, boychechak sayli, chuchmoma sayli, tut sayli, yozning boshida suv sayli, oʻrik sayli, olma sayli, kuz faslida qovun sayli, uzum sayli va boshqa S.lar mavjud
Yüklə 13,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə