Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi


Neandertallarning tashqi ko’rinishi-



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə12/13
tarix21.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#87537
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
zamonaviy odamlar kurs ishi

Neandertallarning tashqi ko’rinishi- Ko’pgina suyak qoldiqlarining topilmalari neandertallarning ko’rinishi haqida ma’lumot yaratishga va hozirgi zamon odamidan farqini ajratishga yordam beradi. Eng sezilarli farq bu bosh suyakda ko’rinadi. Neandertallarning bosh suyagi odatda katta, orqaga ketgan, yassi peshona, ko’zining usti kattaligi alohida belgilaridir. Bosh qobigí uzun va yapoloq, suyaklari yo’gón va ogír.
Agarda bosh suyakni yonidan qarasak, engakni oldinga chiqib ketganligini ko’rish mumkin. Shunday qilib hayvon bosh suyaklari bilan o’xshash jihatlari ham bor.Engakning yo’qligi odamsimon maymunga o’xshashligini ko’rsatadi31.
Ularning umurtqasi kaltaligi va ogírligi hozirgi zamon odamida esa ozgina egiluvchan bo’lib uni figurasini chiroyli va egiluvchan tutishga yordam beradi. Ularda umurtqaning do’ngilliklari sezilmaydi. Hozirgi zamon odamining umurtqasini boýin tarafida ulangan orqa muskullar o’tkir boýin ostida turadi. Neandertallarda bunda deyarli to’ppa-to’g’ri o’mrov sezilarli darajada bukilgan.
30Автор составител. Е.Кют.”Древние люди”. Санк-Петербургю 2007. стр 158-160.
Tosi tor umurtqa bilan ulanishi boshqacharoq, son suyaklari kalta va uning oxirida katta epifezlar joylashgan.
Gavda suyaklari slindirik holatda. Boldir suyaklari orqaga qiyshaygan. Neandertallarning suyaklarini o’rganib chiqib, albatta ularning gavdasi chiroyli bo’lmaganini aytish mumkin. Yuz suyaklariga qarab, maymunning yuziga o’xshashligini aytish mumkin. Qalin va quyuq qoshlar tagida chuqur ko’zlar joylashgan. Sezilarli darajada yapaloq yuz, yo’gón va kalta boýin bo’lgan. Bosh suyagining qapqogíni, quyuq sochlar qoplab, boýinlari ham sochlar bilan qoplangan. Butun gavda oldinga egilgan bo’lib, neandertallar erkagining boýi- 160, ayollarniki -155 santimetr bo’lgan. Bunday qo’pol tashqi ko’rinish birinchi navbatda Gárbiy Yevropa neandertalistlariga xos bo’lib, ular oxirgi muzlik davrida yashashgan. Neandertallarning tashqi ko’rinishi boshqacharoq bo’lib, bosh suyagidagi peshonasi chiqqan, engaklari ajralgan holata bo’lgan.
Neandertallarning hayoti oson kechmagan. Ular oltin asrda yashashmagan. Doimiy qiyinchilik, tabiat bilan bo’ladigan kurashlarda umri o’tgan. Yozda hayot osonroq, qishda esa qiyinroq kechgan. Ular sovuqdan saqlanish uchun moýnalarga o’ranishardi. Hashak va mohlarda uxlashardi. Bunday ayozli sovuqlarda ular tinimsiz olov yoqishar va uning atrofida oila, guruh bo’lib isinishardi. G’or og’zini ham po’stinlar bilan berkitishgan bo’lishsa kerak deb taxmin qilinadi.
Qishda ularga oziq-ovqat yetmagan. Bunday davrda ov jaryoni qiyin kechgan va ko’pincha samarasiz bo’lgan. Agar bunday sovuqlarda yovvoyi to’ngízni ovlashga muyassar bo’lishsa sovuqda go’sht sasimaganligi uchun tejab yeyishgan. Ammo ularni tejayolganmi yo’qmi noma’lum32.
Hayotiy qiyinchiliklar tufayli ular uzoq umr ko’rishmagan. La- Shapel- O- Sendagi neandertal ma’lumotlarga qaraganda taxminan 40-yil yashagan. Noqulay iqlim, ochlik, kasallik, doimiy xavflar, iflos sharoit- bular hammasi qisqa umrlikka sabab bo’lgan. Ularning kuchlari ko’p va baquvvat bo’lishiga qaramasdan shu


32 Автор составител. Е.Кют. “Древние люди”. Санк-Петербург. 2007. Стр-160-165.
narsa aniqlanganki, tosh asrida erkaklar 30 yildan ortiq umr ko’rishmagan. Tug’riq paytidagi o’limlar ayollarni qirilishiga sabab bo’lgan.
Hozirgi jismoniy tipdagi odam neantroplar “yangi odamlar” yer yuzining kattagina qismiga tarqala boshlagan. Neantoplaro’zlarining jismoniy va aqliy qobilyatlari bilan eng qadimgi odamlardan sifat jihatidan, tubdan farq qilgan.
Shuning uchun ham uni Homo- sapienslar deb atashgan. Ular tashqi qiyofasi bilan hozirgi qiyofadagi odamni eslatadi. Neantroplar bundan 40-35 ming yil muqaddam so’nggi tosh asrining boshlaridan paydo bo’gan. Bu tip odam miyasining hajmi 1400-1560 santimetr kubga teng bo’lib peshonasi keng, bosh suyagining yuqori qismi ancha baland bo’lgan33.
Ularda miyaning eng progressiv uchastkalari ya’ni boshning tepa qismi ikki chekka, ayniqsa peshona kattalashgan edi. Neantrop odamlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lgan. Ularda qosh-qovoqusti qabartma suyagi yo’q bo’lib, pastki jagída zamonaviy odamlarniki kabi do’mboq iyagi bo’lgan.
Bu davr kishilarining qaddi-qomati hozirgi zamon odaminiki singari bo’lib, ular to’ppa –to’g’ri yurganlar. Ularning qo’l –oyoqlari, tana tuzilishi bir- birlariga mutanosib bo’lib, tez chopa olgan. Agar neantrop bilan hozirgi zamon odamining suyaklari bir-biriga qiyos qilinsa, ularning jismoniy tuzilish jihatidan bir-biriga o’xshashligini ko’rish mumkin. Shunday qilib qadimgi paleolitning boshlariga kelib, neandertallardan hozirgi zamon jismoniy tipdagi odam paydo bo’ldi. Shu bilan antropogenez jarayoni asosan tugallandi, odam o’z biologik rivojlanishini yakunladi.

33Алексеев.В.П. “Становление человечества”. Москва.1984. стр-75-78.

Eng qadimgi odamlarning ovchiligi va termachiligi




i


Xulosa
Men bu kurs ishi mavzusini o’rganish davomida shunday xulosaga keldimki, Olloh taolo tomonidan yaratilgan barcha mavjudotlarning gultoji hisoblangan odamzot o’zining hozirgi zamonaviy qiyofaga kelguniga qadar uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tgan va nihoyat Paleolitning so’nggi bosqichiga kelib, miloddan avvalgi 40-12 ming yillik oraligída zamonaviy ko’rinishda aks etgan.
Shunday savol tugílishi mumkin, hozirgi zamonaviy qiyofadagi odamlarning ajdodlari kim?, ular qay tarzda shakllangan?.
Hozirgi paytda odamzotni paydo bo’lishi masalasida biz ikki xil nazariyani ilgari surishimiz mumkin: birinchisi diniy, ikkinchisi ilmiy.
Diniy nuqtai nazardan odamzot, Odamato va Momohavodan tarqagan bo’lsa, ilmiy nuqtai nazardan odamzot qadimgi odamsifat maymunlardan tarqagan. Xulosa qilib aytganda, biz faqatgina diniy tomondan yondoshmasdan, ilmiy tomondan ham tahlil qiladigan bo’lsak, odamzotni qadimgi odamsifat maymunlardan tarqagan ekanligiga shubha yo’q.
Chunki, odamzotning qadimgi maymunlardan tarqaganligiga , suyak qolodiqlari, mehant qurollari va joy makonlarining topilishi bunga dalil bo’la oladi. Qadimgi maymunlarning morfologiyasi va ularning sekin –asta iqlimga moslashib, o’z mehnatlari orqali hayvonot olamidan ajralib, hozirgi zamonaviy inson qiyofasini shakllantirganligi fikrimizning dalilidir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə