Mavzu: Hujjatlarda ish yuritish tili va uslubi Reja: Hujjatlarda ish yuritish tili va uslubi



Yüklə 30,98 Kb.
səhifə5/5
tarix01.02.2023
ölçüsü30,98 Kb.
#99885
1   2   3   4   5
Davlat tilida ish yuritish mustaqil ish Radjapova Aynura

Ma’lumotnoma – bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish- axborot berish mazmunini ifodalaydigan hujjatdir. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi.
Shaxsiy ishonchnomalar – ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatli buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobillarni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda odatda qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta quyidagi zaruriy qismlar bo‘lishi shart:
Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar oddiy va notarial turlarga bo‘linadi. Odatda ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo‘natmalarini olish uchun yozilgan oddiy shartnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluvchi muassasa, o‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Notarial ishonchnomalar notarial idoralar ular bo`lmagan shaharchalar, qishloqlar va fuqarolar yig‘inlarining raislari, oqsoqollar tomonidan tasdiqlanadigan ishonchnomalardir.
Ichki xizmat ma’lumotnomasi - muassasa ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodimning ishi, faoliyati haqida tayyorlanib shu muassasa rahbariga yo‘llanadi va tuzuvchi tomonidan imzolanadi,oddiy qog‘oz varag‘iga qo‘lda yozilishi ham mumkin.
Xizmat ma’lumotnomasi – muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatga ega bo‘lgan xilma- xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Xizmat ma’lumotnomasi o‘z navbatida ikkiga – ichki xizmat va tashqi xizmat ma’lumotnomalariga bo‘linadi.
Tashqi xizmat ma’lumotnomasi – muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga, ular ko‘rsatmasiga, talabiga muvofiq tayyorlanib jo‘natiladi hamda xos ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog‘oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi:
1. Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Hujjat nomi (ma’lumotnoma).
3. Ma’lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi).
4. Asosiy matn (ma’lumotnomamazmuni).
5. Mansabdor shaxs.

Shaxsiy ma’lumotnomalarning zaruriy qismlari:


Tilxat – pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda puli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1.Hujjatning nomi(tilxat).
2.Matn:
a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi.
Tushuntirish xati – xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa rahbariga yoki yuqori tashkilotga yo‘llanuvchi hujjatdir.
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi).
v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nom ivaularni miqdori (zaruriyatbo‘lgandabahosi).
g) olinayotgan buyumning texnik holati.
3.Tilxat berilgan sana.
4.Tilxat muallifining imzosi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi,qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubxa ostiga olinishi mumkin.
Tushuntirish xatining zaruriy qismlari:

1.Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.


2.Hujjatni tayyorlagan muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.
3.Hujjat turining nomi (Tushuntirishxati).
4.Hujjat matni.
5.Imzo.
6.Sana.
Hisobotning zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilayapti.
2. Hujjatning nomi (hisobot).
3. Hisobot matni.
4. Lavozimi, ismi va otasining ismining bosh harflari, familiyasi, imzo.
5. Sana.
6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Hisobot - muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir.Hisobotda keltirilgan ma`lumot aniq, ishonarli bo‘lishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajariladi, nimalarga e’tibor berildi, qanday etishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llaniladi.
Xizmat yozishmalari-mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman ko‘p hujjatda adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi - rekvizitidir.


Yüklə 30,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə