Mavzu: “ilk qadam” davlat o`quv dasturi va uning qabul qilinishining maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishdagi o’rni


Dasturni amalga oshirish shartlari



Yüklə 291,89 Kb.
səhifə11/12
tarix23.12.2023
ölçüsü291,89 Kb.
#155650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
“ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI KURS ISHI

Dasturni amalga oshirish shartlari:

  • moddiy-texnik ta’minot;

  • o‘quv-metodik ta’minot (dasturlar, texnologiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-metodik va o‘quv-metodik adabiyot, bolalar, ota-onalar uchun mo‘ljallangan adabiyot, internet-resurslar, ta’limiy CD-disklar, didaktik material, hujjatlar).

Foydalanilayotgan adabiyotlar ro‘yxati.
Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar berilishi mumkin:

  • mashg‘ulotlar ishlanmalari, xordiq, bayramlar ssenariylari va h.k;

  • tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yo‘nalishi bo‘yicha ish dasturi (rejasi);

  • o‘yinlar va o‘yinli mashqlar ta’rifi;

  • pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari;

  • har bir yosh bo‘yicha ilova qilib yuboriladigan metodik jild-to‘plamlar;

  • ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar).

Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo‘yicha yakuniy kuzatuv o‘tkaziladi.

UMUMIY XULOSALAR
O‘quv-tarbiyaviy jarayon ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejaga muvofiq olib boriladi. O‘quvtarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi3 . O‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonda quyidagi rejalashtirish turlari qo‘llaniladi: yillik mavzuviy; haftalik Rejalashtirishda ta’lim jarayonining mavzusi, maqsadlari, mazmuni va turlari yoritiladi. Jarayon turlarini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi. Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi.


Yüklə 291,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə