yetarli darajada valyuta zaxiralarini shakllantirish orqali
milliy valyutaning harid
quvvatini chetdan olinadigan qarz mablag‘larisiz saqlab turishga zamin yaratildi.
Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan
foydalanishni yanada kengaytirish bilan bir qatorda, o‘zgaruvchan foiz stavkalarini
tezkor boshqarishni davom ettirildi. 2010 yil
1 yanvar holatiga O‘zbekiston
Respublikasi tijorat banklari tomonidan jami 293 ta milliy valyutadagi va 118 ta xorijiy
valyutadagi omonat turlari aholi, korxona va tashkilotlarga taqdim etilmokda.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda
amalga oshirilayotgan
tarkibiy o‘zgarishlar eng avvalo bank tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib kelmoqda.
Shuning uchun ham bank kreditlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay
shakllaridan, jumladan, iste’mol va ipoteka kreditidan
foydalanish ham muhim
masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi kunda Respublikamiz aholisi uchun iste’mol va ipoteka kreditining turli xil
variantlari joriy etilgan bo‘lib, Respublika tijorat banklari tomonidan aholining ushbu
kreditlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki, iste’mol
kreditlarining berilishi aholi uchun Respublikada ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini
sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib bersa, ipoteka kreditlari yosh oilalar va
boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanishi darajasini oshiradi.
2010 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga a’zo 19 ta tijorat
banki tomonidan 40 dan ortiq turdagi iste’mol krediti joriy qilingan bo‘lib, ular 6 oydan
3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. 2009 yilning oktyabr-noyabr oylari davomida 11
ta yangi turdagi iste’mol kreditlari muomalaga chiqarildi. Bundan tashqari ba’zi banklar
tomonidan amaldagi iste’mol kreditlarining shartlari va talablariga biroz o‘zgarishlar
kiritildi.
Hozirda 20 ta tijorat banklari tomonidan 37 ta turdagi ipoteka krediti joriy qilingan
bo‘lib, ular 3 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Ipoteka krediti uy-joy sotib
olish, qurish va ilgari sotib olingan uy-joylarni ta’mirlash uchun ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli
«Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi
investitsiya
jarayonlarida
ularning
ishtirokini
faollashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi va 2007 yil 7 noyabrdagi 726-sonli «Bank tizimini yanada rivojlantirish
va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Qarorlariga muvofiq banklarning minimal ustav kapitallari miqdoriga o‘zgartirishlar
kiritildi. Ushbu qarorlarga muvofiq yangi tashkil etilayotgan
tijorat banklarining
minimal ustav kapitali 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagicha miqdorda
belgilab qo‘yildi:
- tijorat banklari uchun so‘m ekvivalentida 5 mln. yevro miqdorida;
- xususiy banklar uchun so‘m ekvivalentida 2,5 mln. yevro miqdorida.
Respublikamiz
bank
amaliyotida
kreditlash shakllaridan keng foydalanish
mijozlarning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojlarini
to‘laroq
qondirishga, banklarning kredit
operatsiyalari ko‘lamini kengaytirishga, kredit
riskini ma’lum darajada minimallashtirishga
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni,
fermerlikni
rivojlanti-rishni
moliyalashda
tijorat banklarining rolini kuchaytirish bo‘yicha
ishlarni davom ettirish zarur.
Dostları ilə paylaş: