Mavzu: Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollari Reja



Yüklə 260,66 Kb.
səhifə7/11
tarix21.12.2022
ölçüsü260,66 Kb.
#97508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollar

Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida lizing oluvchining lizing obyektidan foydalanishidan olingan foyda summasini aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, ushbu summa O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) nazarda tutilgan tartibda ekspertiza tayinlash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
(6.4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
6.5. FKning 597-moddasi, Qonunning 11 va 12-moddalari mazmunidan kelib chiqib, lizing shartnomasi bilan lizing obyektini soz holda saqlash, uni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlar ham lizing oluvchining, ham lizing beruvchining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Shuning uchun lizing beruvchining lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti lozim darajada saqlanmaganligi, ta’mirlanmaganligi va texnik xizmat ko‘rsatilmaganligi sababli lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini qaytarish haqidagi da’vosi bo‘yicha ishni ko‘rishda sudlar lizing shartnomasi bo‘yicha ushbu majburiyat kimga yuklatilganligini aniqlashlari lozim.
6.6. FKning 557-moddasiga ko‘ra mulk ijarasi shartnomasining ayrim turlariga va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berish shartnomalariga (prokat, transport vositalari ijarasi, korxonalar ijarasi, moliyaviy mablag‘lar ijarasi va hokazolar), agarda ushbu Kodeksning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
FK 555-moddasining birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq agarda mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkning ajratib olsa bo‘ladigan tarzda yaxshilanishi uning mulki hisoblanadi. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni o‘z mablag‘lari hisobidan va ijaraga beruvchining roziligi bilan yaxshilagan, bu yaxshilashni mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma bekor bo‘lganidan keyin, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu yaxshilashlar qiymatini to‘lashni talab qilish huquqiga ega. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan va ijaraga berilgan mol-mulkdan ajratib olib bo‘lmaydigan yaxshilashlarning qiymati to‘lanmaydi.
Shu sababli, agarda lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing obyekti lizing beruvchining roziligi bilan yaxshilangan taqdirda, lizing oluvchi shartnomaning amal qilish muddati tugashi yoki shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan lizing obyekti lizing beruvchiga qaytarilganidan keyin ana shu maqsadlarda sarflagan barcha xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoniyati bo‘lmagan, lizing beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan lizing obyektining yaxshilanishlari, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing shartnomasining amal qilish muddati tugashi yoki u bekor qilinishi munosabati bilan lizing obyekti lizing beruvchiga qaytarilgan holda lizing beruvchiga o‘tadi.
6.7. Agar lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqining o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lib, biroq lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan barcha lizing to‘lovlari amalga oshirilganligiga qaramasdan lizing oluvchiga lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqini o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirishdan bosh tortsa, lizing oluvchi sudga lizing beruvchini lizing obyektini unga mulk huquqi asosida o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishga majburlash haqidagi da’vo bilan murojaat etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
8. Sudlarga tushuntirilsinki, lizing shartnomasi va (yoki) lizing obyektini oldi-sotdi shartnomasi majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, huquqi buzilgan lizing subyekti aybdor shaxsdan qonunda yoki shartnomada belgilangan neustoykani undirishni talab qilishga haqli. Bunda, agar neustoyka bilan birga zararni ham undirish haqidagi talab bildirilgan bo‘lsa, zararni undirish FKning 325-moddasi talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Yüklə 260,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə