Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə13/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

Prelyudiya, prelyud (lot. praeludo — oldindan ijro etib ko’raman) — cholg’u pyesa. Dastlab musika asari ol-didan (lyutnya, klavesin yoki organda) ijro etiladigan badiha harakteridagi kichik muqaddima. 18-asrdan erkin shakldagi mustaqil pyesaga aylandi (mas, I.S.Baxning organ uchun Praeludiyalari), shuningdek, turkumli shakldagi baʼzi cholg’u asarlar (syuita, Praeludiya-fuga) tarkibiga mukaddima pyesa sifatida kiritildi. 19-asrdan ko’pincha Praeludiya yoki Praeludiya va fuga turkumlariga (odatda, 24 tadan) birlashtiriladi (mas, F.Shopen, A. Skryabin, K. Debyussi, D. Shostakovich va boshqalar). O’zbekiston kompozitorlaridan G. Mushel, B. Giyenko va boshqa fortepiano uchun Praeludiyalar yaratgan.18
Fuga (ital. fuga — yugurish, qochish) — polifoniyanpt erkin uslubidagi murakkab va eng mukammal musiqiy shakli. Odatda, bir (oddiy Fuga), baʼzida ikki va undan ortiq (murakkab Fuga) mavzularni imitatsiya va boshqa polifonik vositalar yordamida rivojlantirishga asoslanadi. Fuga mavzusi ixcham bo’lib, muayyan obrazni aks ettiruvchi bir ovozli kuydir. Gomofoniya uslubi taʼsirida qaror topgan fugada mavzuning barcha ovozlar bo’ylab o’tkazilishi (mavzuning "yugurishi" — nomi shundan) muayyan ladtonallik (garmoniya) rejasiga muvofiq bajariladi. "Fuga" atamasi dastlab (14—17-asrlar) kanonga nisbatan qo’llanilgan. 17-asrdaricherkar, kansona, fantaziya (I.Froberger, J. Freskobalvdi, Ya.Svelink) kabi cholg’u shakllar zaminida fuga yuzaga kelib, I.S.Bax, G.F.Gendel ijodida yuksak badiiy darajasiga ko’tariddi. Fuga mustaqil cholg’u asar, tur kum shaklining muayyan qismi sifatida (mas, I.Bax, D.Shostakovich, O’zbekistonda — G.Mushel, T. Qurbonovlarning "Prelyudiya va F." turkumlari), yirik asar tarkibida (messa, oratoriya, kantata — G.Gendel, yilGaydn, S.Taneyev; operada — M.Glinka, J.Verdi, R.Vagner; simfoniyada — S.Raxmaninov) bo’lishi mumkin.19
Passakalya (ispancha pasar — o’tmoq va calle — ko’cha) — 1) 16-asrdan mehmonlarni kuzatish jarayonida ijro etiladigan tantanavor yoki marshsimon ispancha raqs. Jiddiy, ulug’vor va ko’tarinki ruxda yangraydigan musiqa asari sifatida 17—18-asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan (G.Pyorsell, K.Monteverdi va boshqalar). Fransiyada yakka raqqos yoki raqqosa ijrosidagi bal raksi (J.B.Lyulli va boshqalar); 2) organ, klavir uchun yozilgan variatsiya shaklidagi pyesa. Musiqa o’lchovi 3/4 yoki 3/2. Passakalya, odatda, ulug’vor, baʼzan g’amgin, fojiaviy harakterga ega. D.Buk-stexude, F.Kuperen, I.S.Bax, G.Gendel va boshqalar passakalya yozgan. 20-asr kompozitorlari ijo-dida P. turkumli asarlar qismi sifatida keng o’rin olgan (M.Reger, A.Shyonberg, A.Berg, A. Onegger, B. Britten, P.Xindemit, D.Shostakovich, Q. Qora-yev va boshqalar). O’zbekiston kompozitorlaridan B.Giyenko, G.Mushel, M.Tojiyev va boshqa ijodida passakalya namunalari mavjud.20


  1. Yüklə 277,86 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə