Mavzu: O’qituvchi odobi va madaniyati



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə4/5
tarix17.05.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#110922
1   2   3   4   5
pedagog madaniyati va odobi.................Sobitova Gulhayo

NASRIDDIN TUSIY ―O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim...

"…O‘qituvchi – deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmokchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur".

U o‘z fikrini davom ettirib: "O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. SHu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi", deb ta’kidlaydi.

Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini holisona baholab: "Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi", "Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, Aylamak emas oson oning haqqin yuz ganj ila", – kabi satrlar bitgan.

Abu Ali ibn Sinoning fikricha: ―O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim.

“O‘zbekistonda bugundan boshlab, eng hurmatli, eng e’zozli inson — bu muallim!” yoki “O‘qituv­chini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman!”

AQShda o'qituvchilar kuni

  • 3 mayda AQSHda o‘qituvchilarning milliy Kuni nishonlanadi. Bu kunda o‘qituvchilarning bolalarga bergan bilimlari, ularni tarbiyalashga qo‘shgan ulkan xizmatlari taqdirlanadi. O‘qituvchilarning milliy bayrami may oyining birinchi haftasi davomida nishonlanadi. Bu Kunning nishonlanishining tarixi 1944 yilga borib taqaladi. Arkanzalik o‘qituvchi xonim Matti Vit Vudridj siyosiy rahbarlarga o‘qituvchilarning davlat bayrami bo‘lishi kerakligi haqida xat yozadi. Uning xatini o‘qigan rahbarlardan biri Eleonora Ruzvelt bo‘lgan. 1953 yil 81- Kongressda o‘qituvchilarning milliy Kuni kerakligi isbot qilindi va bayram sifatida nishonlanishi e'lon qilindi.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə