Mavzu: Qo’qon xonligi diniy boshqaruvi Mundareja: Kirish i-bob. Qo’qon xonligining tashkil



Yüklə 66,62 Kb.
səhifə10/17
tarix30.03.2022
ölçüsü66,62 Kb.
#84877
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Mavzu2

Amir ul-umaro – amirlar amiri. Xon tomonidan keng vakolatlar berilgan (davlatdagi muhim ishlar, amaldorlarni amalga qo‘yish va olish, davlatdagi ichki tartibni saqlash, saroydagi tartib – intizom kabilar)  shaxs bo‘lib, xondan keyingi eng yuqori mansab hisoblangan;

  • Amirlashkar – amir ul-umarodan keyingi mansab. Qo‘qon xonligida mingboshi harbiy unvonining vazifalari, darajasi amirlashkarlikka teng bo‘lgan;

  • Mingboshi – ma’mur sifatida ming nafar otliq askar beradigan mulkning hokimi. Bu unvondagi shaxs harbiy yurishlar vaqtida qo‘shinni boshqarib, lashkarboshi unvonini olgan. Bu unvonning egasi vazirlikka ham da’vogar bo‘lgan. Bu unvon Sheralixon davrida (1842-1844 yy.) yuqori darajadagi vazifaga aylanib ketgan;

  • Botirboshi – botir bahodirlar boshlig‘i. Besh yuz kishidan ko‘p lashkarga boshchilik qilgan. Viloyatlarda botirboshi harbiy va qo‘shin ishlariga mas’ul edi. Botirboshi ba’zan qurilish hamda sug‘orish ishlariga ham boshchilik qilgan. (Ulug‘ nahr arig‘i, Otabek botirboshi).

  • Qo‘shbegi – harbiy qo‘shinning boshlig‘i. Bu mansab yurish va jang vaqtlarida berilib, uning egasi mingboshi unvonini olishga da’vogarlik qilgan hamda alohida viloyatga ham hokim bo‘lishi mumkin edi.


  • Yüklə 66,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə