bezi (o'sma, tugunlar) va boshqa a’zolardagi yashirin holda o'tayotgan kasalliklarni
aniqlashda uning ahamiyati juda katta.
Hozirgi vaqtda katta kadrli flyurografiya yordamida oxirgi ommaviy
profilaktik ko'rikdan o'tkazishda qizilo'ngach, me’da
va ichakda yashirin holda
o'sayotgan rakning boshlang'ich shaklini hamda rak kasalligiga olib keladigan
o'zgarishlami aniqlashda yetarli darajada tajriba orttirilgan. Bu maqsadda katta
kadrli flyurograflar (12 — K —7, "Seriks-6”, "2AK 32" va b.)
hamda maxsus
gastroflyurograflar (KSD—12—04, ’Toshiba" firmasi, Yaponiya) ishlatiladi. Ular
kontrast modda qizilo'ngach va me’dadan o'tishini ko'z bilan kuzatishga
imkon
beradi.
Sobiq
Butun
Ittifoq
Interoskopiya
ilmiy
tekshirish
institutida
mukammallashtirilgan gastroflyurografiya ixtiro qilingan bo'lib, unda kontrast
moddaning ovqat hazm qilish yo'lining boshlanish joylaridan o'tishini kuzatish bilan
birga me’da shilliq pardasi burmachalarini va motor-
evakuatorlik xususiyatini
sinchiklab o'rganish mumkin. Gastroflyurograf rentgenologik tasvirni kuchaytirgich
(RTK) "Sapfir", televizor monitori, qorin devorini korreksiya qiladigan
teleboshqaruvchi tubus va tekshirilayotgan bemorni
aylantirish imkoniyatini
beradigan shtativ qurilmasi bilan ta’minlangan. Shtativ masofadan boshqarilib,
bemorni tik va yotgan holatda, har tomonlama (polipozitsion) tekshirishga imkon
beradi. Flyurogrammalar RTK ekranidan 70 mm li RF—3 plyonkaga olinadi, uning
o‘lchami 60x60 mm. Tekshirish televizor ekrani nazorati ostida quyidagi texnik
sharoitda o‘tkaziladi: tok kuchlanishi — 70—100 kV, tok kuchi — 1,5 mA,
ekspozitsiya vaqti — 0,08 sekund. Flyurogrammani bajarishda tok kuchi — 40 mA.
Ma’lumot olish borasida gastroflyurografiya an’anaviy rentgenologik tekshirishdan
qolishmaydi. Flyurografiya natijasi
Dostları ilə paylaş: