Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

Rentgenografiya
— rentgen nurlari yordamida surat olish usuli. Asosiy, 
klassik va ishonchli usul bo'lib, tekshirilayotgan a’zo soyasining rentgen plyonkada 
tasvirlanishiga asoslangan. Rentgenografiya natijasi 
rentgenogramma 
deb ataladi. 
Rentgenogramma (surat) o‘ziga xos xususiyatga ega bo’lib, tasvirlangan obyekt 
tuzilishini ravshan va tiniq ko‘rsatadi, bu esa ko'p ma’lumot olish, jarayonni dinamik 
kuzatish va bemorni har xil mutaxassis bilan konsultatsiya qilishga imkon beradi. 
Rentgenogramma
— tekshirilayotgan a’zo tasviri to'g'risidagi yuridik va 
rentgenologik hujjat bo'lib, u rentgen kabineti arxivida belgilangan muddatgacha 
saqlanishi kerak. 
Flyurografiya
— flyurosentsiyalangan ekrandan fotoplyonkaga yoki 
flyurografiya plyonkasiga kichkina surat olish usuli. Usulning ifodasi quyidagicha: 
flyurosentsiyalangan ekrandagi nurlar bilan tasvirlangan a’zo maxsus 
fotoapparatlarda suratga olinadi, bunda plyonka avtomatik holatda suriladi. 
Flyurosentsiyalangan ekranda rux sulfat va kadmiy tuzlari bo'ladi, shuning uchun 
ular nurlanish ta’sirida sariq-yashil tusda yorug'lanib, plyonkaga tasvirni yaxshi 
tushiradi. Ekran o'lchami 35x35 sm. 
Flyurografiya katta yoshli, uyushgan aholini zamonaviy tekshirishda va ko'p 
bemor qabul qila oladigan davolash muassasalarida qo'llaniladi. Flyurografiyaning 
afzalligi shundaki, u qisqa vaqt ichida ko'p kishini tekshiruvdan o'tkazadi, iqtisodiy 
jihatdan arzon va foydali. 
O'pka (sil, o'sma, pnevmokonioz), yurak (orttirilgan va tug'ma poroklar), sut 


bezi (o'sma, tugunlar) va boshqa a’zolardagi yashirin holda o'tayotgan kasalliklarni 
aniqlashda uning ahamiyati juda katta. 
Hozirgi vaqtda katta kadrli flyurografiya yordamida oxirgi ommaviy 
profilaktik ko'rikdan o'tkazishda qizilo'ngach, me’da va ichakda yashirin holda 
o'sayotgan rakning boshlang'ich shaklini hamda rak kasalligiga olib keladigan 
o'zgarishlami aniqlashda yetarli darajada tajriba orttirilgan. Bu maqsadda katta 
kadrli flyurograflar (12 — K —7, "Seriks-6”, "2AK 32" va b.) hamda maxsus 
gastroflyurograflar (KSD—12—04, ’Toshiba" firmasi, Yaponiya) ishlatiladi. Ular 
kontrast modda qizilo'ngach va me’dadan o'tishini ko'z bilan kuzatishga imkon 
beradi. 
Sobiq 
Butun 
Ittifoq 
Interoskopiya 
ilmiy 
tekshirish 
institutida 
mukammallashtirilgan gastroflyurografiya ixtiro qilingan bo'lib, unda kontrast 
moddaning ovqat hazm qilish yo'lining boshlanish joylaridan o'tishini kuzatish bilan 
birga me’da shilliq pardasi burmachalarini va motor- evakuatorlik xususiyatini 
sinchiklab o'rganish mumkin. Gastroflyurograf rentgenologik tasvirni kuchaytirgich 
(RTK) "Sapfir", televizor monitori, qorin devorini korreksiya qiladigan 
teleboshqaruvchi tubus va tekshirilayotgan bemorni aylantirish imkoniyatini 
beradigan shtativ qurilmasi bilan ta’minlangan. Shtativ masofadan boshqarilib, 
bemorni tik va yotgan holatda, har tomonlama (polipozitsion) tekshirishga imkon 
beradi. Flyurogrammalar RTK ekranidan 70 mm li RF—3 plyonkaga olinadi, uning 
o‘lchami 60x60 mm. Tekshirish televizor ekrani nazorati ostida quyidagi texnik 
sharoitda o‘tkaziladi: tok kuchlanishi — 70—100 kV, tok kuchi — 1,5 mA, 
ekspozitsiya vaqti — 0,08 sekund. Flyurogrammani bajarishda tok kuchi — 40 mA. 
Ma’lumot olish borasida gastroflyurografiya an’anaviy rentgenologik tekshirishdan 
qolishmaydi. Flyurografiya natijasi 

Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə