Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

bosqich —
qizitish (tayyorlanish). Bunda pasaytiruvchi (15 V) transfarmator 
ulanadi, kenotrondagi va rentgen trubkasidagi katodlarda joylashgan 
volframdan tayyorlangan spiral shaklidagi simlar yonib, ular qizitadi va 
yuqori kuchlanishli tokni qabul qilishga tayyorlanadi. Tayyorlanish vaqti 10 
sekund. 
2.
bosqich
— yuqori kuchlanishli tokni ulash. Pultni shifokor- rentgenologning 
talabiga muofiq rentgen laborant boshqaradi. 


Yuqori kuchlanishli transfarmator tarmog’idagi (127 V, 220 V, 380 V) 
o‘zgaruvchan tokni yuqori kuchlanishli (30 kV dan 150 kV gacha) tokka (kV) 
aylantirish uchun belgilangan rentgen nurlarini olish zarur bo‘lgan yuqori 
kuchlanishli doimiy tok kenotron orqali olinadi. 
Kenotron havosiz (vakuum) shisha kolbaga o’xshaydi. Uning ichida, ikki 
tomonida elektrod joylashgan bo‘lib, biri — katod, ikkinchisi — anod. Katod ichkari 
tomoni g’ildirakka o‘xshash plastinka bo‘lib, uning orasida volfram simi bor. Katod 
o’rtada joylashgan ustunga mahkamlangan. Uning tashqi qismi pasaytiruvchi va 
yuqori kuchlanishli transfarmatorlar bilan bog’langan. 
Anod — ichkari tomoni yumaloq, volframdan yoki molibdendan ishlangan 
plastinka bo’lib, taqsimchaga o'xshaydi va o’rtadagi ustunga mahkamlangan, ustun 
esa anodning kolbaga kirish qismiga qalaylangan bo’ladi. 
Rentgen trubka elektr vakuum bo’lib, unda yuqori kuchlanishli katod nurlari 
rentgen nurlariga aylanadi. Buning uchun katod nurlari (elektronlar)ga katta tezlik 
beriladi. So'ngra ular anod yuziga urilishi uchun keskin ravishda to’xtatiladi. Katod 
nurlarining urilishi paytida ularning kinetik energiyalari issiqlik energiyasi va 
rentgen nurlariga aylanadi. 
Rentgen nurlari bilan yoritiluvchi ekran. 
Rentgen nurlari ko’zga ko’rinmaydi, 
ular bilvosita yo’llar bilan aniqlanadi. Rentgen nurlari moddalar ichiga kirib 
singiganida yorug'lik hosil qiladi (lyuminessentsiya), u qorong‘ida yaxshi ko‘rinadi. 
Yoritib ko‘rish uchun (rentgenoskopiya) maxsus lyuminessent ekrandan 
foydalaniladi
.
Rentgen nurlari bilan yorug‘lantirilib ko'rgan vaqtda bemor rentgen trubka bilan 
(shtativ oldida) ekran orasida turadi. Rentgen nurlari jismdan (organdan) o‘tganda, 
qisman singadi va har tomonga taraladi, boshqalari esa ekranga yetib borib, 
tekshirilayotgan a’zoni ko‘rsatadi. 
Sanitariya qoidalariga ko‘ra nurlanishdan saqlanish uchun rentgen kabinetida 
ortiqcha buyumlar bo’lmasligi kerak. Rentgen plyonkalar va rentgen suratlar 
(rentgenogrammalar) eshigi zich yopiladigan metall yashik va shkaflarda saqlanishi 
lozim. 


Rentgen apparatlarini ishlatadigan mutaxassislar va rentgen kabinetida 
ishlaydigan xodimlar Sog’liqni saqlash vazirligining qarori bo‘yicha yiliga bir 
marta, albatta, tibbiy ko'rikdan o'tishlari va xavfsizlik texnikasini o‘rgangan 
bo‘1ishlari shart. Rentgenolog shifokor rentgenologik tekshirishlarni radiatsiyadan 
xavfsiz holda o‘tkazishga javobgar hisoblanadi. 
Rentgenologik tekshirish o‘tkazilayotgan vaqtda xonada bemordan boshqa hech 
kim bo’lmasligi lozim. Rentgen kabinetida va ko‘chma rentgen apparatlaridan 
foydalanganda nur ta’siridan saqlanish choralari ko‘rilishi kerak. 
Ayollar homiladorlik davrida rentgen apparatida ishlashdan ozod qilinadi. 
Tug‘ish yoshidagi ayollarni rentgenologik tekshirish hayz ko‘rganidan keyin 
birinchi hafta davomida o‘tkazilishi mumkin, homilador ayollar esa klinik 
ko‘rsatmaga qarab, tez tibbiy yordam berish lozim bo‘lgan hollarda 
homiladorlikning ikkinchi yarmida tekshirilishi mumkin. 
Sog‘lom kishilarni profilaktik rentgenologik tekshirish Sog'liqni saqlash 
vazirligining buyrug‘i va ko‘rsatmasiga muvofiq minimal nurlantiradigan katta 
formali flyuorograf (flyuorografiya usuli) orqali o‘tkaziladi, bolalar va homilador 
ayollar profilaktik rentgenologik tekshirishdan o‘tkazilmaydi. Rentgenologik 
tekshirishlarda nurlanadigan maydoncha minimal kattalikda bo'lishi, tekshirish vaqti 
qisqa bo’lib, tekshirishga ziyon keltirmasligi kerak

Odam organizmida rentgen nurlariga qarshi ro‘y beradigan biologic javob 
reaksiyasi nurlar energiyasining singdirilish miqdoriga bog’liq. 
Bir ekspozitsion nurlanish dozasi 23 x lO-
4K1/ks
(sistemadan tashqari 9 R) deb 
qabul qilingan, uni bemor ko'krak qafasi organlarini rentgenoskopiya qilganda 
oladi. 
Rentgenologik tasvirni kuchaytiruvchining (RTK) qo’llanishi bilan bemorning 
nurlanishi o‘rta hisobda 10 — 12 marta kamaydi. Ekran rentgen nurlarini 
kuchaytiruvchi orqali 1000 martadan ko‘proq ravshanlashdi. Bu esa tok kuchini 
kamaytirishga va rentgen trubkaga keladigan yuqori kuchlanishli tokni hamda 
rentgen nurlarining bemor terisiga ta’sir quvvatini pasaytirishga imkoniyat yaratadi. 
Agar oddiy rentgenoskopiyani 1 daqiqa o‘tkazish 16,5 x 10
_4
Kl/kg (6 R)ni tashkil 


qilsa, RTK bilan o‘tkazish — 1,03 x 10
_4
Kl/kg (0,4 R)ga teng. 
Rentgen televizor bilan ishlaganda nurlanish dozasi 15 marta kamayadi va 1,03 x 
10~
4
Kl/kg (0,4 R/daq)ni tashkil etadi. Natijadadoza yig‘indisi 25 — 30 marta, 
xodimlarning nurlanish dozasi esa anchagina kamayadi. 
Tomografiya qilganda nurlanish dozasi ko‘krak qafasini rentgenoskopiya 
qilgandagi doza bilan baravar. Eng kam nurlanish suratga olish (rentgenografiya) 
vaqtida bo‘ladi. 
Rentgenografiya paytida qo‘shimcha filtrlar (Al, Cu) qo‘llanilsa, kiradigan 
nurmiqdori va bemorning nurlanishi anchagina kamayadi, surat sifatiga putur 
etmaydi. 
Nurlanish dozasini kamaytirish uchun rentgen nurlaridan optimal darajada 
foydalanish, tekshirish sifatiga putur yetkazmasdan tekshirish vaqtini qisqartirish, 
nur tutamini to‘sish, himoya vositalari (fartuklar, qolqoplar, pardalar)dan 
foydalanish va bemorning tekshirilmaydigan qismlariga qo‘rg‘oshinlangan rezina 
yopib qo'yish lozim. Ayniqsa, tug’ish yoshidagi ayollaming jinsiy a’zolarini 
nurlanishdan saqlashga katta e’tibor berish kerak. 
Har bir rentgen kabinetining ko‘zga tashlanadigan joyiga davolash profilaktika 
muassasasi boshlig‘i tasdiqlagan xavfsizlik texnikasi qo'llanmasi osib qo’yilishi 
lozim. 
Bemomi rentgenologik tekshirish uchun asosiy hujjat shifokor imzolagan 
yo‘llanmadir. Har bir rentgenologik tekshirish asoslanishi va tekshirish qoidalari 
buzilmasligi kerak. Asossiz, noto‘g‘ri tayyorlangan bemorni rentgenolog shifokor 
tekshirmasligi mumkin va bu haqdagi asosiy dalillarni kasallik tarixi varaqasi yoki 
ambulatoriya kartasiga yozib qo‘yishi zarur. Shifokor rentgenolog o‘tkazilgan 
rentgenologik tekshirishlar natijalarini va bemor olgan nurlanish dozasini kasallik 
tarixi varaqasi yoki ambulatoriya kartasiga yozishga majbur. Shunday yozuv 
hisobga olish va qayd etish jumalida ham bo‘lishi kerak. 
Murakkab, maxsus va kontrast moddalar bilan rentgenologik tekshirishlar qat’iy 
ravishda klinik ko‘rsatmaga asoslanib, oldindan rentgenolog shifokor roziligini olib 
tayinlanadi. 



Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə