Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

2.
 
Rentgenologik xizmatni tashkil etish. 
Rentgen kabineti
— kasalxona va poliklinikalarda bemorni tekshirish uchun 
rentgen apparatlari bilan jihozlangan maxsus xona. 
Rentgen nurlarini olish uchun manba
— elektr toki va rentgen apparati 
kerak. Ishlatiladigan elektr toki o‘zgaruvchan bo’lib, uning kuchlanishi 127, 220 
yoki 380 V. Hozirgi rentgen diagnostika apparatlari yuqoridagi kuchlanishning 
xohlaganiga ulanishi mumkin. 
Tibbiyot rentgendiagnostika apparatlari tuzilishi va ishlatilishiga qarab ekran 
orqali ko‘radigan (rentgenoskopiya), suratini oladigan (rentgenografiya) va maxsus 


ishlangan — siydik yo’lini tekshiradigan (urologik), yurak-tomirni tekshiradigan 
(angiokardiologik), tish bilan jag‘ni tekshiradigan (stomatologik) va boshqa 
apparatlarga bo’linadi. 
Rentgendiagnostika apparatlari bir joyga o‘rnatilgan (statsionar) va ko‘chma 
bo’ladi. Ularni qismlarga bo’lib, avtomashinada bir joydan ikkinchi joyga olib 
borish yoki temiryo’l vagonlariga o‘rnatish mumkin. 
Rentgen 
trubkasi 
elektr 
sxemasining 
ta’minlanishiga 
qarab 
rentgenodiagnostika apparatlari quyidagi guruhlarga bo’lnadi: 
Kenotroni yo‘q apparatlar, ularning rentgen trubkasi bevosita bosh 
transfarmatorga ulangan bo’ladi va o'zgaruvchan tokning yarim to’lqinidan 
foydalaniladi. Bu apparatlarga kam quvvatli, ko‘chma, yuqori kuchlanishi 100 kV 
tokka ega bo’lgan apparatlar: palatada ishlatiladigan ko‘chma "Arman - I", "12-II-
5" (sobiq SSSR). " Tur - DY - 16", "Tur — DY — 18" (Germaniya) va tish suratini 
oladigan "5 — D — 1", "5 — D— 2" apparatlari kiradi. 
Bir yoki ikki kenotronli, o‘zgaruvchan tokning yarim to’lqinida ishlaydigan, 
6 kVt tok kuchiga va yuqori kuchlanishi 100 kV tokka ega apparatlar. 
Elektr tokining uch fazasida ishlaydigan to‘rt, olti kenotronli, katta kuchli 
statsionar apparatlar. Bular 10 kVt tok kuchiga ega bo’lib, yuqori kuchlanishi 140 
kV va undan ko‘proq. 
Hozirgi vaqtda ko‘p davolash-profilaktika muassasalari va zamonaviy 
statsionarlar rentgendiagnostika apparatlari bilan jihozlanmoqda. Ularning elektr 
toki bilan ta’minlash tizimidagi kenotron selen yarim o‘tkazgichli asbob bilan 
almashtirilgan. Ta’minlash tizimi va shtativ konstruksiyasiga ko‘ra 
rentgendiagnostika apparatlari oliy, birinchi, ikkinchi, uchinchi sinfga bo’linadi. 
Oliy sinfdagi 
rentgendiagnostika apparatlari uch fazali o‘n ikki yarim 
o‘tkazgichli to‘g‘rilash tizimi bilan ta’minlangan. Ular elektr tokining maksimal 
yuqori kuchlanishini 150 kV, anod tokini esa 1000 dan 2000 mA gacha yetkazadi. 
Ularning RTK (rentgen ta’svirini kuchaytiruvchi) tizimi quyidagi tartibda ishlaydi: 
nur tarqatuvchi — RTK-televizor trubkasi — monitor. 
Bu sinfga: 


a.
"Siemens" firmasi (Germaniya) ishlab chiqaradigan rentgendiagnostika 
qurilmasi, uning shtativi, "Seregraf, "Orbiskop" va ta’minlash sistemasining 
tuzilishi, "Gigatos — E", "Garantiks" va boshqalar
b.
General — elektrik" firmasi (AQSh) ishlab chiqaradigan "Tele- viks — 2" 
rentgendiagnostika qurilmasi; 
c.
TUR — D — 1500" (Germaniya) rentgendiagnostika qurilmasi kiradi. 

Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə