Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

Zonografiya
— kichik burchakdan (5—10°) rentgen trubkaning burilishi 
orqali olingan qavatni tasvirga tushiruvchi rentgenologik usul. Keyingi yillarda u 
o‘pka kasalliklari: rak, sil, yallig'lanish va yiringli jarayonlar, kasbga aloqador va 
boshqa kasalliklarga tashxis qo‘yishda keng qo’llanmoqda. 
Zonografiya oddiy tomografiyadan o'z xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu 
o'rganilayotgan qavatda detallar (elementlar) sonining ko‘pligi, tekshiriladigan 
qavat sathining oson aniqlanishi, suratlar sonining kamligi va bemorning kam 
nurlanishidan iborat. 
Zonografiya ko‘krak qafasining 2 holatda olingan rentgenogrammalari 
natijalarini olgandan keyin qilinadi. Zonogrammalar o‘pkaning tuzilishini 
sinchiklab o‘rganishga imkon beradi. 
Zonografiya to‘g‘ri holatda quyidagi texnik sharoitlarda qilinadi: rentgen 
trubkaning burilish burchagi 7—10°, anod tokining yuqori kuchlanishi 65 — 100 
kV, tok kuchi — 30—50 mA, vaqt — 0, 15—0, 25 sekund. Yon holatda zonografiya 
qilinganda anod tokining kuchlanishi to‘g‘ri holatga nisbatdan 10—15 kV ko‘proq 
bo‘ladi. 
Bemor zonografiya qilish uchun yotqizilganda o‘pkada paydo bo'lgan 
patologik o‘zgarish tomografik stol yuziga yaqin bo'lishi kerak. 
Ko‘krak qafasining yon holatda olingan surati orqali qatlam sathi aniqlanadi. 
O‘rta qatlam sathi quyidagi formula bilan aniqlanadi, bunda N — ko‘krak qafasining 
ko‘ndalang kattaligi (o’lchami), u bemorni tomografik stolga yotqizib qo'yib 
o‘lchanadi. 
Har xil texnik sharoitda qilingan bitta zonogrammada bemor 0,41 К1/ kg (0,16 
R)dan 3,33 Kl/kg (1,29 R)gacha ekspozitsion nurlanish oladi. Zonografiyada vaqt 
oddiy tomografiyaga nisbatan o‘rta hisobda 3 hissa kam bo‘ladi. Diagnostika uchun 
2 — 3 oddiy tomogramma o‘rniga bitta zonogramma yetarli, bu esa bemorning 
nurlanish dozasini 2—3 marta kamaytiradi. Shunday qilib, zonografiyada 
bemorning nurlanish dozasi oddiy tomografiyaga nisbatan 6—9 marta kam bo'ladi 
(I. P. Korolyuk va b.). 

Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə