Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

flyurogramma
deb ataladi, o'lchamlari 70x70, 
90x90 yoki 100x100 mm, ular flyuroskop orqali o‘rganiladi. Agar flyurogrammada 
patologik o‘zgarish topilsa, bemor rentgen kabinetiga yuboriladi, u yerda 
rentgenoskopiya va rentgenografiya qilib tekshiriladi. Bolalar flyurografiya 
qilinmaydi. 
 


Elektrorentgenografiya
— rentgenologik tekshirish usuli bo‘lib, 
tekshiriladigan a’zo surati asosan oddiy oq qog'ozga har xil ERGA apparatlari 
yordamida olinadi. Suratlarni tez (2—3 minutda) olish mumkin, kam mablag' 
sarflanadi va tasvir tiniq chiqadi. Usul faqat suyak-bo'g'im tizimi a’zolarini 
tekshirishda keng qo‘llangan. Bolalar elektrorentgenografiya qilinmaydi. 
Qo'shimcha va murakkab rentgen tekshirish usullariga tomografiya, zonografiya, 
mammorgrafiya, rentgenkinematografiya va rentgentelevideniye kiradi. 
Tomografiya
— tekshirilayotgan a’zoning qavatma-qavat suratini olish usuli. 
Tomografiya jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: jarayonning joylashgan o‘rni, 
chuqurligi, bemorni yotqizish va tegishli qavatni hisoblash, texnik sharoitlarni 
aniqlash va suratlar olish. Tomografiya qilish rentgen trubka bilan plyonka 
joylashgan kassetaning bir vaqtda bir-biriga nisbatan qarama-qarshi harakat qilishi 
(siljishi)ga va bemorning qimirlamay yotishiga asoslangan. Ikki qavat orasidagi 
masofa — stomografik qadam hajmi obyektning qalinligiga bog‘liq. O‘pka uchun 
bu qadam 0,5 dan 2 sm gacha va undan ko'proq bo'lishi mumkin. 
Qavat qalinligi rentgen trubka fokusi — qavat, plyonka — qavat va rentgen 
siljiydigan masofaning uzunligiga yoki burilish burchagining darajasiga bog'liq. 
Burilish burchagi darajasi qancha ko‘p bo'lsa, qavat qalinligi shuncha kam bo'ladi 
va aksincha. O'pkaning umumiy (obzor) tomografiyasida rentgen trubkaning 
burilish burchagi 30° yoki siljish masofasi 400 mm, mukammal tekshirish uchun esa 
45—50° yoki 600 mm bo'lishi tavsiya qilinadi. 
Tomografiya to'g'ri, yon va ko'ndalang holatlarda hamda atipik holatda 
qilinadi. Tomogramma patologik jarayonning joylashgan o'rni, shakli, kattaligi
tuzilishi va uning atrofidagi a’zolar hamda to'qimalar bilan munosabati to‘g‘risida 
obyektiv baho olishga imkon beradi.Tomografiyada ko‘p qavatli (simultan) kasseta 
ishlatilishi ifodaning bir yo‘la bir necha qavatini olishga imkon beradi, tekshirish 
vaqtini qisqartiradi va bemorning nurlanish dozasini anchagina kamaytiradi. 
Tomografiya nafas a’zolari, yurak-tomirtizimi, skelet, qorin bo‘shlig‘idagi va 
boshqa a’zolarda uchraydigan o‘smalar, har xil kasalliklarni aniqlashda keng 
qo’llaniladi. 



Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə