Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

 


Rentgenkinematografiya
— RTK dan kinoapparat yordamida 16 yoki 35 mm 
li plyonkaga tezligi bir sekundda 25—50 kadr surat olish usuli. Bu usul normada va 
patologiyada, morfologik va funksional tekshirishlarda qimmatli ma’lumotlar 
beradi. 
Rentgentelevidenie
— rentgen tasvirni masofaga yuborish usuli; buning 
uchun RTK ga telekamera ulanadi. Bu usul rentgenologik tekshirishlarda a’zodagi 
o‘zgarishlarni aniqlashda keng qo’llanib, unda bemor va xodimlarning nurlanish 
dozasi ancha kamayib, o‘rganish sifati yaxshilanadi. Zaruriyat bo‘lsa, tekshirish 
jarayoni magnit lentasiga yoziladi, so‘ngra uni televizor ekranida ko‘rish mumkin. 
Rentgenkontrast moddalar bilan tekshirish usullari.
Biror a’zo yoki 
sistemaning tuzilishi va hajmiga ko‘ra atrofidagi a’zolar yoki to'qimalardan farq 
qilib bo’lmasa, ularni kontrast moddalar yordamida turli usullar bilan tekshirish 
mumkin. Kontrast moddalarning qoilanilishi odam organizmidagi hamma a’zo va 
sistemalami rentgenologik tekshirishga imkon berdi va bu usullar rentgen 
diagnostikada oldingi o‘rinni egalladi. Rentgenologik tekshirishlarda qoilanadigan 
kontrast moddalar ikki guruhga bo‘linadi: 
Birinchi guruhga
atom og‘irligi katta bo’lgan, rentgen nurlarini singdirish 
xususiyatiga ega va ekran yoki rentgenogrammada intensiv soya beradigan kontrast 
moddalar (og‘ir metallar tuzi — bariy va yod birikmalari) kiradi. 
Rentgenologik tekshirishlarda qo’llaniladigan kimyoviy toza bariy sulfat 
100g dan maxsus paketlarda chiqariladi. U mutlaqo zararsiz, organizmdagi suvlarda 
erimaydi, shilliq pardaga ta’sir etmaydi, o‘zgarmasdan chiqib ketadi. Bunga 50% li 
bariy sulfat pasta preparati "Rekon" kiradi, uni ichish juda oson. "Rekon” pastasi 
ovqat hazm qilish yo‘li, nafas naylari tarmoqlari va boshqa a’zolarni rentgenologik 
tekshirishda qo’llanadi. Suvda yoki yog‘da eritilgan yod birikmalari har xil 
konsentratsiyada va tabletkada juda keng qo’llanadi. Murakkab yod tuzlarining 
suvdagi eritmasi ampulalarda chiqarilib, ular tarkibida 30 — 90% yod bo’ladi. 
Bularga quyidagilar kiradi: triombrast, triyodtrast, yodamid, bilignost. 

Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə