Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

Birinchi sinfga 
kiradigan rentgendiagnostika apparatlari uch fazali olti yarim 
o‘tkazgich tuzilishiga ega bo‘lib, maksimal yuqori kuchlanishi 125 — 150 kV, anod 
tokini esa 600 dan 800 mA gacha yetkazadi. Ular oliy darajada avtomatlashgan 
universal shtativ, RTK, televizor priyomnigi, kino va flyuorograf kamerasi bilan 
ta’minlangan. 
Birinchi sinfga: 
a)
"RUM — 20" va "Rentgen — 50" (sobiq SSSR); 
b)
"TUR - D — 701" va "TUR - D — 1001" (Germaniya); 
c)
"Durolyuks" (Ch — SR); 
d)
"EDR — 750" (VXR) apparatlari kiradi. 
Ikkinchi sinfga 
bir fazali ta’minlanuvchi qurilma bilan ikkita yarim o‘tkazgichli 
to‘g‘rilash sxemasi bo‘lgan rentgendiagnostika apparatlari kiradi. Ularning yuqori 
kuchlanishi 125 — 150 kV, anod tokini esa 400 dan 500 mA gacha yetkazadi. Bu 
apparatlar komplektida oliy avtomatik shtativ, RTK tizimi va televizor priyomnigi 
qabul qiluvchi bor. Bu sinfga: 
a)
"RUM — 10" va "RUM — 22" (sobiq SSSR); 
b)
"Xirodur — 125" va "Megameta — 125" (ChR); 
c)
"Diagnomaks — 125” va "Nediagnomaks — 125" (VXR) apparatlari kiradi.
Uchinchi sinfga 
kam quvvatli, ko‘p tarqalgan rentgendiagnostika apparatlari 
kiradi. Ular 220 va 380 V elektr tarmoqlari uchun chiqarilgan, bitta fazali, ikkita 
yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilash tizimiga ega bo‘lib, yuqori kuchlanishi 125 kV, anod 
toki esa 125 — 300 mA ni tashkil qiladi. Apparatlar shtativi oddiy. Ular kichik 
kasalxonalar uchun mo‘ljallangan. 
Bu sinfga: 


a)
"Rentgen — 30", "URD — D — 110" va "RUM — 5" (sobiq SSSR); 
b)
"TUR - D - 350" (Germaniya); 
c)
"Durameta" (Ch — SR) apparatlari kiradi 
Rentgendiagnostika apparatlari yuqori kuchlanishli doimiy elektr energiyasida 
ishlaydi. Yuqori kuchlanishli o'zgaruvchan tok kenotron yoki yarim o‘tkazgich 
(selen plastinkasi) yordamida yuqori kuchlanishli doimiy tokka aylantiradi. Rentgen 
trubkasining elektr tizimida 4 yoki 6 kenotron yoki ikkitadan to o‘n ikkitagacha 
yarim o‘tkazgich o‘zgaruvchi bo’lsa, o‘zgaruvchan tokning hammasi doimiy tokka 
aylanadi va apparat quvvatini oshiradi. Shuning uchun tibbiyotda bunday apparatlar 
keng qo’lllaniladi. Bitta rentgen kabinetida ular ikkita yoki ko‘proq shtativga ega 
bo’lib, bitta pult bilan boshqariladi. Shuning uchun rentgen kabinetini qurishda 
shtativ soniga qarab sanitariya me’yorlarini bajarish va nurlanish xavfsizligini 
saqlash uchun binoga, xonaning soniga va hajmiga qattiq talab qo‘yiladi. Rentgen 
laborantida nurlanish dozasini aniqlash uchun dozamer bo’lishi shart, bir yilda 1HB 
dozagacha nurlanish olishi mumkin, shu dozadan oshsa, mehnat sharoiti 
o‘zgartiriladi. 
Rentgendiagnostika kabinetini tashkil qilish va uning faoliyati SES, Respublika, 
viloyat va shahar davolash profilaktika muassasalari rahbarlari nazoratida bo’ladi. 
Sanitariya nazorati talabi bo‘yicha rentgendiagnostika kabineti maxsus binoda yoki 
odam kam joyda tashkil qilinishi mumkin. Bunda nurlanish xavfsizligini saqlash 
uchun kabinet hamma tomondan saqlanish vositalari bilan ajratilgan bo’lishi kerak. 
Zamonaviy rentgendiagnostika kabineti 4 xona va hojatxonadan iborat bo’lishi 
kerak: muolaja xonasi, boshqarish pulti xonasi, shifokor xonasi, fotolaboratoriya. 
Muolaja xonasi katta, unda rentgen apparatining asosiy qismlari joylashgan bo’lib, 
bu xonada shifokor rentgenolog bemorni tekshiradi, rentgen laborant esa suratga 
oladi. 
Boshqarish pulti xonasida rentgen apparatining boshqarish pulti qurilmasi 
joylashgan bo’lib, rentgen apparatining kerakli ish stolida ishlashini masofadan 
boshqaradi. Xonaning hajmi 6 — 9 m
2
bo’lishi lozim. Muolaja xonasi boshqarish 
pulti xonasi bilan gaplashish apparati orqali bog’langan bo’lib, ular o‘rtasidagi 


devorda qo‘rg‘oshinlangan oyna solingan qaraydigan darcha bo’lishi kerak, undan 
bemor va xodimlarni kuzatish uchun foydalaniladi. 
Shifokor xonasining hajmi 10 m
2
boiishi kerak. Bu xonada shifokor nurlanish 
bilan bog’lanmagan ishlarni bajaradi. 
Fotolaboratoriyada surat olingan plyonkalarga ishlov beriladi (tasvirni 
yoritish, mahkam qilib qo‘yish, oqib turgan suvda yuvish, quritish). Xonaning hajmi 
rentgen apparati ish stolining soniga qarab 9 — 12 m
2
bo‘lishi kerak. Surat chiqarish 
laboratoriyasi bilan muolaja xonasi orasida tanbur va qo‘shqavat eshik boiishi lozim. 
Muolaja va surat chiqarish xonalari qorong‘ilashtirilishi kerak, tabiiy va sun’iy yo‘l 
bilan havo almashtirilib turilishi lozim, buning uchun havo tortuvchi va yuboruvchi 
ventilyator o‘matiladi. Bu xonalarda sovuq va issiq suv bilan ta’minlangan qo‘l 
yuvgich boiishi kerak. 
Rentgen kabineti kerakli hamma jihozlar (kushetka, yozuv stollari va stullar, 
qizil va xira fonarlar, negatoskoplar va boshqalar), yozuv-chizuv buyumlari 
(bemorlami hisobga olish va ro'yxatdan o‘tkazish jurnali, ruchka, qalam, daftarlar) 
va fotolaboratoriyaga kerakli asbob-anjomlar: plyonkalarga ishlov beradigan va 
oqar suvda yuvadigan tank moslamasi komplekti, kassetaga plyonka joylaydigan va 
surat olgandan, so‘ng undan plyonkani chiqarib olish stoli, har xil kattalikdagi 
kassetalar (13x18, 18x24, 24x30, 30x40, 35x35 sm) va shunday rentgen plyonkalar, 
qizil fonarlar, negotoskop, qo‘rg‘oshindan ishlangan raqam qo‘ygich, quritgich 
shkaf, bariy sulfatini pishiradigan va saqlaydigan asboblar bilan ta’minlanishi kerak. 
Rentgen kabinetida yonginga qarshi asboblar (o‘t o‘chirgich, belkurak, chelak va 
boshqalar) bo’lishi lozim. 
Har bir rentgen kabinetida ikki komplekt himoya vositasi bo’lishi kerak. 
Komplektga quyidagilar kiradi: qo‘rg‘oshinlangan rezina qo’lqoplar, fartuklar va 
yubkalar; ularning ekvivalenti qo‘rg‘oshin plastinkasining qalinligi 0,3—1 mm ga 
teng; yaroqliligini aniqlash uchun ikki yilda bir marta tekshiruvdan o'tkaziladi. 
Bemomi rentgenologik tekshiruvdan o‘tkazganda radiatsiyadan saqlanish 
uchun rentgenolog shifokor nur kuchini kamaytirish chorasini ko'rishi kerak. Shu 
maqsadda u vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan rentgenologik tekshiruv, uning soni va 


nurlanish dozasini hisobga olib borishi lozim; bemorga nur ta’sirini kamaytirish 
uchun texnikani ishlatish va tekshirish vaqtini qisqartirish; himoya choralarini 
ko‘rish va tekshirish usullarini tartibli takomiliashtirish, har bir xodim o‘zining 
kasbiy saviyasmi oshirishi va rentgenologik tekshirishni qat’iy ravishda, klinik 
talabga muvofiq va shifokor aytganidek qilib o‘tkazishi kerak. 
Rentgendiagnostika apparati quyidagi qismlardan: boshqarish pulti, yuqori 
kuchlanishli transfarmator, kenotron, yuqori kuchlanishli tokni o'tkazadigan ekranli 
kabel, rentgen trubka shtativ va ko‘rsatadigan ekrandan tuzilgan. Elektr tokidan 
shikastlanmaslik uchun rentgendiagnostika apparatining metalldan ishlangan 
qismlari yerga kiritilgan himoya simiga ulangan bo’lishi kerak. 
Boshqarish pulti rentgen apparatining elektr tizimini sirtqi elektr tarmog‘i 
bilan ulaydi. 
Boshqarish pulti har xil o‘lchov asboblari bilan ta’minlangan bo’lib, ular 
tarmoqdagi tok kuchlanishini (V), yuqori kuchlanishli tokni (kV), tok kuchini (mA) 
ko’rsatadi. Unda tarmoqdagi yuqori kuchlanishli tokni, uning kuchini, vaqtini 
ko‘rsatuvchi, boshqarish uchun moslashgan asboblar, shuningdek, apparatning 
tegishli ish joyida ishlash imkoniyatini beradigan asbob va elektron yorug‘lik 
signalizatsiyasi bor. 
Boshqarish pultida tarmoqdagi elektr tokini to‘g‘rilaydigan avtotransfarmator 
va tokni 15 V pasaytiruvchi transfarmator joylashgan boiib, u rentgen trubkasini va 
kenotronni qizitib, ishga tayyorlaydi. 
Rentgen apparatining boshqarish pulti ikki bosqichli ulanishga ega: 
1.

Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə