Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar


ionizatsiya qiluvchi nurlar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

ionizatsiya qiluvchi nurlar
deb 
ataladi. 
Nurlarning hamma turlari, manba (asos) qayerda bo’lishidan qat’i nazar, 
gavda to‘qimalariga tekkanda va ichiga kirganda, ularga singib o’zgarish hosil 
qiladi. Bu o‘zgarish asosida birinchi galda fizikaga oid jarayon boiib, nurlarning 
modda bilan o’zaro to’qnashishi natijasida ionlashgan va notinchlangan molekulalar 
hosil bo’ladi. 
Moddalar va tirik to‘qimalarning ionlanish samarasi, asosan, nurlarning 
ularda singishi va turiga bog’liq. Rentgen nurlari moddalarni o‘z-o’zidan 
ionlashtirmaydi, singish va har tomonga nur taralish natijasida ikkilamchi elektron 
hosil qiladi, u esa nur singdirgan organni ionlashtiradi. Shuning uchun rentgen 
nurlari ikkilamchi ionlashtirish xususiyatiga ega. Rentgen nurlarining biologik 
ta’siri rentgenga yetarli ma’lum bo’lmagan. Lekin u katod trubkasini elektr tokiga 
ulaganda, qo‘rg‘oshin plastinkasi qoplangan metalldan ishlangan shkafning orqasiga 


berkingan, bu esa uni nur ta’siridan saqlaydi. 1896-yilda rus fiziologi I. R. Tarxanov 
birinchi bo‘lib rentgen nurlarining biologik ta’sirini o‘rgandi

Rentgen nurlari hujayralar, to‘qimalar, organlar va umuman tirik organizmda 
o‘zgarishlar keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Bu o’zgarishlarda rentgen nurlari 
energiyasining biologik obyektda singishi ionlanish hosil bo’lishi munosabati bilan 
u yerda ionlashgan va notinchlangan molekulalar paydo bo‘lishidan kelib chiqadi. 
Bu kimyoviy faol molekulalar o’zaro hamda tirik moddalar atomi bilan reaksiyaga 
kirishib, natijada yogiar, fermentlar, nukleoproteidlar va nuklein kislotalarda 
kimyoviy bog‘lamni uzib, kimyoviy faol radikallar hosil qiladi. Bu jarayonda 
suvning dastlabki ionl’anishi (hujayralar suyuqligi) katta ahamiyatga ega. Suv 
molekulalarining dissotsiatsiyasi natijasida "H" va "OH" radikallar paydo bo’lib, 
ular to’qimalarda katta kimyoviy faol piroksid birikmalar hosil bo’lishiga olib 
keladi. Bu birikmalar suvda erigan moddalar molekulalari bilan o’zaro ta’sirlanib, 
radiatsion-kimyoviy reaksiyani hosil qiladi, natijada oqsillar parchalanib
aminokislota va gistaminga o’xshash birikmalar paydo bo'ladi. Ular tanaga zaharli 
ta’sir ko'rsatadi. Bu jarayonda hujayrada va hujayraaro moddalarda murakkab fizik-
kimyoviy o’zgarishlar vujudga keladi. 


Rentgen nurlarining biologik ta’siri nerv, endokrin, gormonal tizimlar va 
umuman organizmning immune biologik ahvolida juda muhim rol o’ynaydi. 
Rentgen nurlari ta’sirining oxirida to'qimalarda distrofik o‘zgarishlar 
rivojlanadi, tirik to‘qimalar nobud bo’ladi, ular o‘z funksiyasini yo'qotadi. 

Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə