Verbal yoki noverbal muloqot



Yüklə 91,78 Kb.
səhifə1/16
tarix21.10.2023
ölçüsü91,78 Kb.
#129483
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
verbal




KIRISH
Muloqot – insonlar orasidagi murakkab jarayon bo‗lib, ma‘lumot almashish, shuningdek suhbatdoshlarning bir-birini tushunishi va qabul qilishi. Muloqotning subyekti tirik jonzotlar, ya‘ni insonlar hisoblanadi. Umuman olganda, muloqot har qanday tirik jon uchun xarakterlidir. Ammo insongina verbal va noverbal muloqotni bir vaqtda bajarish qobiliyatiga ega. Axborot uzatuvchi – kommunikator, axbort qabul qiluvchi – retsipiyent deb nomlanadi.
Muloqotda tarkib, maqsad va vosita singari bir qator aspektlarni ta‘kidlab ko‗rsatish mumkin:1
Muloqot tarkibi – shaxslararo aloqada bir shaxsdan ikkinchi shaxsga uzatiladigan axborot. Bu subyektning ichki kechinmalari, tashqi muhitdagi voqea-hodisalar ifodasi bo‗lishi mumkin.
Muloqot maqsadi – ―Nima maqsadda jonzot muloqot aktiga kirayapti?‖–degan
savolga javob bo‗lishi kerak. Bu yerda yuqorida keltirilgan prinsipning ham o‗z o‗rni mavjud.
Hayvonlar o‗rtasida muloqot maqsadi biologik talab doirasidan chiqmaydi. Insonlarda esa maqsadlar turli tuman bo‗lishi mumkin va o‗zida ijtimoiy, madaniy, ijdiy, estetik va boshqa zaruriyatlarni jamlashi mumkin.
Muloqot vositasi – muloqot jarayonida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga uzatiladigan axborotni kodlash, uzatish, ma‘lumotni qayta ishlash usullari. Axborotni kodlash – bu uni
uzatish usuli. Insonlar o‗rtasida axborot uzatish uzvlari, nutq va boshqa belgili sistemalar: yozuvning texnik vositalari hamda axborot saqlash vositalaridan foydalanish mumkin.
«Muloqot» atamasi ko‗p holarda verbal, ya‘ni so‗z, lisoniy vositalar orqali va noverbal, so‗zsiz, nolisoniy vositalar (imo-ishora, har-xil belgi, nishona, ramz, simvollar) orqali axborot berish va bir-birining ta‘siriga ko‗ra verbal yoki noverbal muloqot sifatida tasnif qilinadi.
6

1-BOB. NUTQIY MULOQOT VA UNING O„ZIGA XOS XUSUSIYATILARI
1.1.Nutqiy muloqot xususida
Tilshunoslik qadimgi fanlardan biri ekanligi, til, uning tabiati, birliklari haqida eng
qadimgi manbalar qimmatli ma‘lumot berishi hammaga ma‘lum. Tabiiyki, tilshunoslikning tadqiq manbai – til. Til esa, faqat va faqat insoniy jamiyatda uning o‗ziga xos aloqa aralashuv – muloqot vositasi sifatida yashagan va yashaydi. Jamiyatdan tashkari til va tilsiz jamiyat bo‗lishi mumkin emas. Tilning ijtimoiy mohiyati va muloqotning eng asosiy vositasi ekanligi hamma davrlarda barcha tilshunoslar tomondan yakdillik bilan tan olinganligi holda qadim-qadimdan XX asrning 70-yillarigacha tilning muloqot vositasi sifatida o‗nlab etnik, sotsial-psixik, situativ omillar bilan birgalikda voqelanishi tilshunoslar diqqatidan chetda qolib keldi. Tilshunoslar muloqot jarayonida yaxlit bir butunlik sifatida voqelanuvchi va lingvo-etno-psixo-situatsion omillar majmui bo‗lgan muloqot birliklaridan faqat og‗zaki yoki yozma nutq shaklida voqelana oladigan hodisalarnigina tilshunoslikning tadqiq birligi sifatida ajratib oldilar va ularning tadqiq taxlili bilan mashg‗ul bo‗ldilar.
Muloqotni jamiyat a‘zolarining o‗zaro aloqa-aralashuvisiz va ularning bir-biriga ta‘sirini fikr almashtirish (axborot berish va axborot olish)siz tasavvur qilish mumkin emas.
Shu sababli «Nutqiy muloqot» degan tushuncha ortiqchaday tuyuladi. Muloqotning tarkibiy qismida nutq, fikr almashish, axborot berish mujassamlashgan. Lekin nutqiy muloqot (ruscha: «rechevoye obsheniye», inglizcha: «diskurs») pragmatikada keng tarqalgan atamalardan
biridir. Bu nutq atamasining keng tarqalgan ham lingvistik, ham nolingvistik ma‘nosidir. Fikr
bayon qilish jarayoni, lisoniy imkoniyatlarning yozma yoki og‗zaki shakli moddiy voqelanish ma‘nosi bilan bog‗liq. Shunga kura lisoniy vositalarning moddiy shaklda voqelanmagan muloqot turlari nutqsiz muloqot deb baholanadi. Darhaqiqat, bu axborot so‗zsiz – lisoniy vositalarsiz berilgan qabul qilingan muloqot edi.
«Muloqot» atamasi ko‗p holarda verbal, ya‘ni so‗z, lisoniy vositalar orqali va noverbal, so‗zsiz, nolisoniy vositalar (imo-ishora, har-xil belgi, nishona, ramz, simvollar) orqali axborot berish va bir-birining ta‘siriga ko‗ra verbal yoki noverbal muloqot sifatida tasnif qilinadi.
Nutqiy muloqot deganda - muloqot jarayonida lisoniy va nolisoniy vositalarning
birgalikda, hamkorlikda ishlatilishi tushuniladi. Bu nutqiy muloqotning eng birinchi o‗ziga
xosligidir. Chunonchi, «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu» verbal iborasini qo‗llagan shaxs, albatta, shu verbal formulaga mos ma‘naviy-madaniy saviyaga tegishli
7

yoshga, nasl-nasabga, kiyim-boshga ega bo‗lishi bilan birga, bu iborani maxsus imo-ishoralar


bilan hamkorlikda va maxsus tinglovchilarga nisbatangina qo‗llay oladi. Masalan: Shayx
so‘riga chiqib, mehmonlarni ikki yoniga o‘tqazgach, boshlanglar, deb ishorat etdi. Jarchilar
yugurishib, axiylar oqsoqoli yoniga kelishdi: birining ko‘lida bir kosa suv, birining ko‘lida
charm tuzdon bor edi. Oqsoqol suvga tuz solib, kosani baland ko‘tardi:
-Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!
-Vaaleykum assalom! - javob berdi shayx.2
Bu nutqiy faoliyat lisoniy, etik–estetik, milliy, ma‘naviy-madaniy, ijtimoiy, kauzal
(sabab, oqibat, maqsad) va hokazo omillar majmuasi bilan uzviy bog‗liq. Lekin nutqiy muloqotning xususiy pragmatik atamasini talab qiladigan asos faqat shugina emas, nutqiy
muloqot semiotik tizimlardan foydalanishning o‗ziga xos turi bo‗lganligi bilan ajralib turganligi bu xususiyat, belgining (ishora, ramz va h.k.) lisoniy tizimda va nutqiy faoliyatda o‗ziga xosligi bilan bogliqdir. Bu xususiyat nimada? Ma‘lumki, til – qurilishiga ko‗ra semiotik sistema. Lekin lisoniy semiotik sistema boshqa sistemalardan jiddiy farq qiladi. Bu farqlardan asosiysi sifatida uch xususiyatni olimlar yakdillik bilan ko‗rsatadilar. Bular quyidagilar:
1. Til qolgan barcha ijtimoiy sohaviy semiotik sistemalar uchun asos bo‗la oladi.
Shuning uchun ularni bemalol almashtiradigan ijtimoiy semiotik sistema deyish mumkin.
2. Tilda boshqa barcha semiotik sistemalardan farqli o‗laroq belgida ifodalovchi va
ifodalanmish orasidagi bog‗lanish assimetrik dualizm tabiatlidir. Bir shakl ifodalovchi bir
necha mazmun ifodalanmish bilan aloqador bo‗lishi bilan birga, bir xil mazmun ifodalanmish, har xil shakl ifodalanmish bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin.
3. Til belgilari o‗z-o‗zidan rivojlanish xususiyatiga ega.
Til ramzlari uchun ontologik (tabiatan) xos bo‗lgan bu xususiyatlar nutqiy faoliyat
uchun xos bo‗lmaydi. Ayrim tadqiqotchilar «Muloqotda belgi bo‗lmaydi» deb muloqot jarayoniga, jumladan, nutqiy muloqotni semiotik tizimdan chetga chiqaradilar. Haqiqatan ham
nutqiy muloqotda lisoniy belgilarda ijtimoiylik, ma‘lum darajada so‗ngan bo‗ladi. Muloqotda
bo‗lgan shaxslar umumijtimoiy ramzlarni tushunib olishga shartlashgan bo‗lishlari mumkin. Bu xususiyat, asosan, argo va jargolarda, terminlarda yorqin namoyon bo‗ladi.

Yüklə 91,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə