Verbal yoki noverbal muloqot


Yozma nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish



Yüklə 91,78 Kb.
səhifə6/16
tarix21.10.2023
ölçüsü91,78 Kb.
#129483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
verbal

Yozma nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish
Insonlar yozma nutqni og‗zaki nutqqa nisbatan kam ishlatishadi. Ammo elektron pochtaning hayotimizga kirib kelishi bilan yozma muloqotning ahamiyati juda oshdi.
Ish beruvchilar bo‗sh ish o‗rinlariga tanlab olinayotgan nomzodlarning o‗z fikrlarini qog‗ozda bayon etish savodxonligiga katta e‘tibor berishmoqda. Agar ishga kirayotganingizda sizga anketa to‗ldirishni iltimos qilishsa, bu ish beruvchi sizning savodxonligingizni tekshirib ko‗rmoqchi ekanligini bildiradi.
Har qanday yozma ma‘lumot yoki xabar og‗zaki ma‘lumot yoki xabardan bir karra afzalligi shubxasizdir. Uni yozayotgan vaqtda o‗ylab yozish imkoniyati bo‗lib, o‗z fikrlaringizni tartibga keltirib olish va zarurat tug‗ilganda qayta ko‗chirish imkoniyatiga ega bo‗lasiz. Ammo yozma muloqotning ikkita nuqsoni (aybi, kamchiligi) borligini ham e‘tirof etish kerak. Birinchidan, yozma xabarda siz o‗z xis-tuyg‗ularingizni intonatsiya va turli xatti-harakat(jest)lar orqali ifoda eta olmaysiz. Ikkinchidan esa, siz xabaringizni o‗qiyotgan odam bilan oniy (bir lahzali) aloqadan mahrum bo‗lasiz. Birinchi nuqsonga barham berish uchun siz o‗z xabaringizga emotsional buyoq berishingizning o‗zi kifoya. Bu borada sizga og‗zaki muloqotda bo‗lgani kabi so‗z boyligi yaxshi yordam beradi. Ikkinchi muammo esa siz murojaat qilayotgan shaxsning ma‘lumot darajasi, qiziqishi va so‗z boyligi ma‘lum bo‗lsa, oson xal bo‗ladi. Qisqa, oddiy til bilan yozilgan xabar, odatda, oson tushunarli bo‗ladi.
Denotat va konnotatlar
Denotat deb so‗z yoki so‗z aniqlovchisining predmetlik ma‘nosiga aytiladi. Masalan, izohli lug‗atda ―daraxt‖ tushunchasi o‗simlik sifatida tushuniladi yoki ―sotsiolingvistika‖ tushunchasi ―ijtimoiy tilshunoslik‖ deb tushuniladi va bu tushunchalar mazkur so‗zlarning denotati hisoblanadi.
Lekin, bundan tashqari, keltirilgan misollar emotsional buyoqqa ham ega, ya‘ni o‗ziga xos ma‘noga ega bo‗lib, ularni lug‗aviy ta‘rif bilan to‗liq ochib berib bo‗lmaydi. So‗zning denotativ va konatativ ma‘nosini ochib berishda ayrim muammolarga duch kelish mumkin. Ayrim so‗zlar bir qancha ma‘nolarga ega bo‗lsa, ayrimlari nutq jarayonida yangi ma‘nolar kasb etadi. Aksar hollarda so‗zning ma‘nosini faqat kontekst orqali qanday ma‘no bildirganini bilish mumkin bo‗ladi. Masalan, sizga: ―Menda zo‗r dorilar bor‖–deyishsa, siz noqulay ahvolda qolmasligingiz uchun so‗zlovchining qanday dori haqida gapirayotganini 23

bilishingiz kerak. Agar bu gapni aytgan odam ziyoli, ma‘lum bir kasbning egasi (shifokor, aptekachi, laborant...) bo‗lsa, unda u qandaydir dardni davolovchi dori (medikament, malham) haqida gapirayotgan bo‗ladi va sizning dardingizga darmon bo‗luvchi dorilarini tavsiya qilmoqchi. Ammo so‗zlovchining ko‗zlari bejo, g‗alati harakatlar qiluvchi va tushunarsiz gapiruvchi bo‗lsa, unda bu so‗zning boshqa ma‘nolari haqida o‗ylab ko‗rishga to‗g‗ri keladi.


Ish beruvchilarga so‗zlarning denotativ va konnotativ ma‘nolari o‗rtasidagi farq yaxshi ma‘lum. Shunchaki birorta lavozim yoki vazifaning nomini o‗zgartiribgina uni o‗z mazmunini saqlab qolsada, yanada obro‗liroq, jozibaliroq qilib ko‗rsatish mumkin. Tasavvur qilamz, uyning ozodaligiga javob beruvchi: supurib tozalash, taomlar tayyorlash, oshxona ishlari, kir yuvish, dazmollash kaba ishlarni bajaruvchi shaxs ishga olinishi yekrak. Matbuotga ―farrosh‖ yoki ―xizmatkor‖ kerak deb yoki ―keng doiradagi majburiyatlarni bajaruvchi texnik xodim‖ kerak deb e‘lon berishin mumkin. Ma‘lumki, ikkinchi nom ancha ish imkoniyatlariga ega bo‗lgan ishchiga yuqoriroq ijtimoiy status beradi va uning mehnatini yanada obro‗yini oshiradi. Boshqacha aytganda ―texnik xodim‖ ijobiy konnotatav ma‘noga ega bo‗ladi hamda yoqimliroq eshitiladi. ―Kotib, kotiba, sekretar‖ kabi so‗zlarning o‗rniga ―referent-kotiba‖, ―ish yurituvchi‖, ―direktor yordamchisi‖ kabi yoqimli va ohangdor nomlardan foydalanilsa, atrofdagi odamlarning munosabati kotibalik mehnatiga nisbatan qanchalik o‗zgaradi.
So‗zlarning konnotativ ma‘nosiga faqat ish beruvchilargina katta e‘tibor ajratishmaydi. Reklama biznesi bilan shug‗ullanuvchilar uchun ham konnotatsiya juda muhimdir. Savodli reklama uchun kuchli emotsional jarangdor so‗zlardan foydalanish zarur. Pozitiv va negativ, salbiy va ijobiy ta‘sirlarni o‗tkazish maqsadida reklama beruvchi turli jarangdor so‗zlar bilan fikrni aniq va lo‗nda qilib ifodalay olishi kerak. Masalan, ―kir‖, ―bakteriya‖, ―dog‗‖, ―zang‖, ―og‗riq‖, ―charchoq‖ kabi har kuni eshitadigan so‗zlar insonda salbiy, ya‘ni negativ tuyg‗ularni uyg‗otadi. Reklama beruvchi esa bu kayfiyatning aksini ifodalash va uni ko‗tarish maqsadida ―tozalash‖, ―yengillashtirish‖, ―tinchlantirish‖, ―bir ma‘romga tushirish‖ kabi iboralar bilan kuchli pozitiv yoki ijobiy ma‘nodagi so‗zlardan foydalanadi.

Yüklə 91,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə