Verbal yoki noverbal muloqot


Nutqiy muloqotning tarkibiy qismlari



Yüklə 91,78 Kb.
səhifə3/16
tarix21.10.2023
ölçüsü91,78 Kb.
#129483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
verbal

1.3. Nutqiy muloqotning tarkibiy qismlari
Nutqiy muloqotni faoliyat va o‗ziga xos bir sistema sifatida tushunish uning tarkibiy kismlari nimalardan iborat ekanligini sharhlashni talab qiladi. Muloqotning umumiy modelida tarkibiy qismlar o‗z aksini topgan. Shunga ko‗ra ularni ikki guruhga, ya‘ni tashqi va ichki guruhlarga ajratish mumkin. Muloqotning tashqi omillari (tarkibiy qismlari) muloqotning maqsadi, undagi tinglovchi va so‗zlovchining maqsadi, muloqot voqelanayotgan shart-sharoit, vaziyat kabilarni kiritish mumkin. Chunonchi, muloqot maqsadi muloqot mazmunini
belgilaydi. Vaziyat uning shaklini va ko‗p hollarda muloqotning ichki tarkibiy qismi bo‗lgan lisoniy va nolisoniy omillar tabiati va turlarini belgilaydi. Shunday qilib, muloqotning ichki
omillariga: lisoniy va nolisoniy vositalarni kiritilsa to‗g‗ri bo‗ladi. Muloqotning
«salomlashish» bosqichida muloqot ibtidosini belgilovchi salomlashish, ko‗rishish, so‗rashish kabi lisoniy birliklar: so‗z, so‗z birikmalari, undov va hokazolar muloqotning ichki omili 10

sifatidagi uning lisoniy vositasi sanaladi. Bu vositalar bir necha paradigmalarni o‗z ichiga oladi.


Bu paradigmalardan o‗rin olgan har bir birlikning o‗ziga xos informatsion – ifodaviy qiymati va ahamiyati bor. Har bir paradigmadagi birlik so‗zlovchi va tinglovchiga xos ko‗rinishlarga ega. Ular mana shu paradigmadagina taxlil va tadqiq etilishi kerak.
Muloqotning ichki omili bo‗lmish nolisoniy vositalarga quyidagilarni kiritish mumkin: milliy-etnik vositalar, madaniy-etik vositalar. Ular ham o‗ziga xos paradigmalarini tashkil etadi za o‗z navbatida informatsion va ifoda ma‘no kasb etadi.
Nolisoniy omilning kinetik ko‗rinishi (madaniy - etik vositalar) bir necha ichki tizimchalarga bo‗linadi. Chunonchi, «Qo„l holati va harati» paradigmasi:
O‗ng qo‗lni ko‗ksiga qiya qo‗yish
Ikki qo‗lni ustma-ust ko‗ksiga qo‗yish
Ikki qo‗lni qorin ustiga qo‗yish
O‗ng qo‗lining kaftini yoyib baland ko‗tarish «Bosh holati va harakati» paradigmasi:
Boshni oldinga, quyiga egish
Boshni orqaga tashlab, iyakni yuqoriga ko‗tarish Boshni irg‗ash
Boshni quyiga tomon, so‗ng to‗la ko‗tarib harakatlantirish «Qomatning holati va harakati» paradigmasi:
Qaddini sal bukish
Qaddini g‗oz tutish
Qaddini batamom egish
Tiz cho‗kish
Oyoqqa yiqilish
Shular bilan birga tinglovchi va so‗zlovchi tomonidan bir vaqtda bajariladigan kinetik vositalar ham mavjud:
1). Tinglovchi va so‗zlovchi o‗ng qo‗llarini bir vaqtda uzatib, qisib salomlashishi; 2). Tinglovchi va so‗zlovchi ikki qo‗llab qo‗llarini qo‗llarining orasiga olib siqishi: Quchoqlashishi
O‗pishishi
Yelkalarini qoqib qo‗yishi
Quchoqlashib orqalarini silashi
Kinetik vositalarni shartli ravishda ikki guruhga lisoniy vositalarning o‗ziga xos voqelanishi - ishoraviy ko‗rinishlar (Chunonchi, «kel», «yaqinlash» ma‘nosini ifodalash 11

uchun sharoitga (nutqiy vaziyatga) ko‗ra ko‗rsatgich barmog‗ini bosh barmog‗idan boshqa to‗rt barmog‗ini yoki adresatga kaftning orqasini qaratib qo‗lini o‗z tomoniga harakatlantirish ...) va lisoniy vositalarning hamrohlari (chunonchi, qo‗lni ko‗ksiga qo‗yib, boshni egish holati «Assalomu alaykum»ning hamrohi sifatida) kabi guruhlarga bo‗lish mumkin.


Nolisoniy omilning kinetik ko‗rinishi (milliy - etnik vositalar)ni so‗zlovchi va tinglovchiga xos kiyinish, yasan-tusan qilish, bezaklari va lisoniy vositalardan foydalanishi kabilar bilan ifodalash mumkin. Ular ham o‗z navbatida o‗z paradigmalariga ega va har bir paradigma o‗ziga xos ahamiyat va qiymatga ega bo‗ladi.
Muloqot jarayonida ichki omillar (lisoniy, kinetik va ularning ichki ko‗rinishlari) bir-biri bilan muvofiqlashishi kerak. Masalan: «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu» lisoniy vositasi quyidagi kinetik vositalar: ikki qo‗lni ko‗ksiga quyish, boshni quyi solish, qomatini sal egish kabilar bilan birga mumtozona kiyinishi (kovush, tufli, maxsi, yoki etik kiygan, tun, chakmon, yaktak yopingan, boshida milliy bosh kiyim yoki salla bo‗lishi) va nutq tovushlarini burro talaffuz etilishi bilan hamkorlikda voqelanadi. Bu ichki omillarning muvofiqlashuvidir.
Bu tizimda lisoniy, kinetik va etik birliklar orasida axborot va ifoda uyg‗unligi ta‘minlanadi. Darhaqiqat, vositalar uyg‗unligi va ohangdorligi ta‘minlanmasa, muloqot meyoriy hisoblanmaydi.
Muloqotning tarkibiy qismlari, ulardagi birliklarning qo‗llanilishidagi uyg‗unlik va buzilish holatlari, bularning sabab va natijalari fanimizda o‗z yechimini kutib turgan muammolardandir.
Psixologik ta‘sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta‘sir ko‗rsata olishdir. Psixologik ta‘sirning uch vositasi ajratiladi:
1. Verbal ta‘sir – bu so‗z va nutqimiz orqali ko‗rsatiladigan ta‘sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‗zlar hisoblanadi. Nutq so‗zlashuv o‗zaro muloqot jarayoni bo‗lib, uning vositasi so‗zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi o‗zidagi barcha so‗zlar zahirasidan foydalanib, eng ta‘sirchan so‗zlarni topib sherigiga ta‘sir ko‗rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta‘sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to‗xtashlar, duduqlanish, yo‗tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do‗stimiz bizga biror narsani va‘da berayotgan bo‗lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta‘sirning ma‘nosi ―nutqsiz‖dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‗rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, 12

pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli


signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko‗chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim
Megrabyan formo‗lasiga ko‗ra, birinchi marta ko‗rishib turgan suhbatdoshlardagi
taassurotlarning ijobiy bo‗lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal
harkatlar 58% gacha ta‘sir qilarkan.
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‗proq ta‘sirga ega bo‗lishi sheriklarning
rollariga bog‗liq. Ta‘sirning tashabbuskorida ataylab ta‘sir ko‗rsatish maqsadi bo‗ladi va u bu
maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta‘kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o‗rnidan turib kutib oladi, quyuq so‗rashadi, keyin maqsadga o‗tadi. Ta‘sirning adresati-ta‘sir yo‗naltirilgan shaxs.
Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‗lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo‗lsa, u tashabbusni o‗z qo‗liga olishi va ta‘sir kuchini qayta egasiga qaytarishi
mumkin bo‗ladi.
Kishilar bilan normal munosabatlarni o‗rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida
sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‗z nuqtai nazariga o‗zgalarni
professional tarzda ko‗ndira olmaslik, ―birovni‖ uning ichki kechinmalari va o‗ziga bo‗lgan
munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ o‗quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan cho‗zilib ketishi mumkin. Shuning uchun
hozirgi paytda katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka o‗rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi
boshqalar bilan hamqorlik qilish mahorati va san‘atiga ega bo‗lishi kerak. Bu vazifa
odamlarni muomala va muloqot etikasiga o‗rgatishni har qachongidan dolzarb qilib ko‗ymoqda.
Ma‘lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‗zaro mosligi, bir-birini to‗ldirishiga bog‗liq ekan. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi ―Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir‖ deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‗lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45%i kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‗ladiganlar-savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‗proq foyda keltirarkan.
13

Tinglashning ham xuddi gapirishga o‗xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko‗p, lekin biz ikki usulini qo‗llaymiz: so‗zma-so‗z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qo‗llab-quvvatlashini bildiradi. Ikkinchi usul-sherikni so‗zlarini


tinglab, undagi asosiy g‗oyani muxtasar, o‗zimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi tinglayotganimizda ―Yo‗g‗-e?‖, ―Nahotki?‖, ―Qara-ya?‖, ―Yasha!‖, ―Qoyil!‖ luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muloqotga o‗rgatishning muhim yo‗nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‗rinli foydalanishga o‗rgatishdir.
Professor V.Karimovaning fikricha, professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
— aktiv holat. Bu – tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni bildirish;
— suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish . Bu nafaqat suhbatdoshni o‗ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‗zining har bir so‗ziga uni ham kundirishning samarali yo‗lidir.
— o‗ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas‘uliyat bilan
tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‗zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‗li.3
Demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali bo‗lishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, unda o‗z-

o‗ziga

hurmatni

tarbiyalashimiz,

uni

ilxomlantirishimiz,

ruxlantirishimiz

kerak.

O‗qituvchining ma‘ruzasini talabalar tomonidan yaxshi tinglansa dars samarali bo‗ladi.

Yüklə 91,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə