Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)

3.
 
Rentgen tekshirish usullari. 
Rentgenologik tekshirish
— a’zo yoki tizimning morfologik va funksional 
faoliyatini rejali tekshirish, uning normal yoki patologik holatiga baho berish, 
obyektiv diagnostik ma’lumot olish uchun qurilgan tadbirlardan iboratdir. 
Rentgenologik tekshirishlar natijasi, asosan, rentgendiagnostika kabinetlarining 
jihozlanishi va ta’min etilishiga, tanlangan usulning to‘la javob berishi va texnika 
nuqtayi nazaridan bajarilishiga, rentgenologning ilmi, tajribasi, malakasi va 
tekshirishning o‘z vaqtida o'tkazilishiga bog‘liq. 
Zamonaviy rentgenologik tekshirish usullari juda ko‘p. Shu sababli ularni quyidagi 
guruhlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: 
— asosiy; 
— qo‘shimcha va murakkab
— rentgenkontrast; 
— rentgenfunksional; 
— a’zo va tizimlar tasvirini olishning yangi zamonaviy usullari. 
Asosiy rentgenologik tekshirish usullariga: rentgenoskopiya, rentgenografiya, 
flyuorografiya va elektrrentgenografiya kiradi. 
Rentgenoskopiya nur bilan o‘pka, yurak, katta qon tomirlar, ko‘ks oraligi va 
diafragmani tekshirish mumkin. Buning uchun bemor ekran bilan rentgen trubka 
orasida, shtativ oldida turadi. 
Ko‘krak qafasini rentgenoskopiya qilganda yuqori kuchlanishli tok 50 — 70 
kV (obyektning qalinligiga qarab), tok kuchi 3—4 mA bo’lshi kerak. Ekranni 
yoritish yoii bilan qizilo‘ngach, me’da, o‘t pufagi va siydik yoilarini ko‘rganda 
texnik ko‘rsatkichlar oshiriladi. 
Rentgenoskopiya a’zo yoki tizimning har xil sharoitda va holatda (proeksiya) 
tekshirishga imkon beradi. U orqali a’zoni (qovurg‘a, diafragma, yurak, me’da, 
ichak va h. k.) kuzatib, uning vazifasini o‘rganish mumkin. 
A’zoni rentgen nuri bilan tekshirganda o‘zgargan joy zichlashgan bo’ladi, 
siyraklanish ro‘y beradi; to'qima yo‘q bo’lsa, o‘rnini havo yoki gaz egallaydi. 
Rentgenoskopiyada zichlashgan joy intensivligiga qarab turli soya (qorayish) 


hosil qiladi, to'qimaning siyraklashgan yoki yo‘qolgan joyi esa ekranda juda yorug
’ 
ko'rinadi. 
Rentgenoskopiya taxminiy tekshirish usuli bo’lib, u a’zo morfologiyasi va 
funksiyasi to‘g‘risida fikr beradi, shuning uchun o‘zgarish topilganda 
rentgenografiya qilish kerak. Unda o’zgargan joy yaxshi tasvirlanadi va jarayonni 
har taraflama o'rganish mumkin bo’ladi. 
Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullari bir-birini to'ldirib, a’zo holati 
to‘g‘risida yetarli ma’lumot olishda kasallikni aniqlash va tashxis qo'yishda katta 
yordam beradi.

Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə