Hujayra nazariyasining shakllanishiga hissa qõshgan olimlar Hujayra nazariyasining hozirgi holati



Yüklə 57,52 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü57,52 Kb.
#167413
  1   2
New Документ Microsoft Word


HUJAYRA NAZARIYASI VA UNING BIOLOGIYA
FANIDAGI AHAMIYATI
Reja:
1 Hujayra nazariyasining shakllanishi
2 Hujayra nazariyasining shakllanishiga hissa qõshgan olimlar
3 Hujayra nazariyasining hozirgi holati
Hujayra nazariyasi mikroskopik texnikaning hujayra haqidagi tasavvurlarni
rivojlanishi natijasida paydo bo‘ldi.
Hujayra nazariyasinining shakllanishining bir necha bosqichlarini keltirish
mumkin. XIX asr boshlaridagi mikroskopik tekshirishlar hujayrani turli
ob’ektlarda to‘liqroq o‘rganilishi bilan xarakterlanadi.
Olimlar elementar birlikni topishga uzoq vaqtlardan buyon harakat qilib keldi,
ammo ularning ishlarida aniqliq bo‘lmadi. Nemis tabiatshunosi va naturfilosofi
Lorens Oken (1779-1881) bu birlikni hujayra deb bildi. U o‘zining
“Naturfilosofiya darsligi” (1809) va boshqa asarlarida hujayra haqidagi
tasarrurlarni yuqori pog‘onaga ko‘tardi. U o‘simlik va hayvon to‘qimalari
katakchalari va pufakchalari va erkin yashovchi mikroskopik organizmlar -
“infuzoriyalar” ni hujayra deb hisobladi. Uning asarlari nazariy fikrlarni
rivojlanishiga va aniq tekshirishlar olib borilishiga katta ta’sir qildi.
Oken fikricha murakkab organizmlar elementar organizmlar yig‘indisidan
iborat, ular bir butun organizmning umumiy hayoti bilan yashaydi, shu bilan
birga ular nisbatan mustaqil bo‘lib qoladilar. Bu elementar organizmlar ichida
suyuq moddani ushlovchi zich qobiqga ega bo‘lgan pufakchalardir. Ularni
mikroskop ostida turli organizmlar to‘qimalarida ko‘rish mumkin. Oken ularni
“falsafiy nuqtai nazardan qarab infuzoriyalar ” deb atash mumkin deydi.
Shunga yaqin fikrni fransuz tabiatshunosi J.L.Leklerk Byuffon (1707-1788) ham
bergan edi.

Oken juda ko‘p o‘simlik va hayvon to‘qimalarini mikroskop yordamida


o‘rgandi. U o‘zining “Naturfilosofiya darsligi” da organizmlarning mikroskopik
tuzilishi haqida quyidagi fikrlarni ilgari surdi:
1. Barcha organik dunyo shilimshiqdan kelib chiqgan va ular turli shakllardagi
shilimshiqlardir.
2.Dastlabki shilimshiq dengiz shilimshig‘idir.
3.Dastlabki organik boshlang‘ich shilimshiq nuqtadir.
4.Dastlabki organik tanalar pufakchalardir.
5.Dastlabki organik pufakcha filosofik nuqtai nazardan infuzoriyalardir.
6.Organik massa infuzoriyalardan tashkil topgan ekan, butun organik dunyo ham
infuzoriyalardan kelib chiqishi kerak.
O‘simlik va hayvonlar infuzoriyalarning metamorfozi - shakl o‘zgarganlaridir.
Okenning o‘simlik va hayvonlar tuzilishi haqidagi fikrlarini juda soddaligi va
ba’zan to‘g‘ri emasligi mikroskopik texnika va tekshirishlarni
rivojlanmaganligidan deb qarash mumkin.
Shunday bo‘lsa ham, uning ishlari keyingi olimlarning bu masalani tabiiy-ilmiy
asosda o‘rganishlariga zamin yaratdi, u aslida murakkab organizmlar (ko‘p
hujayralilar) ni tuzilish prinsiplarini asoslab berdi.
Oken 1833 yilda “Umumiy tabiiy tarix” asarini yozdi va bunda 1809 yilda ilgari
surgan fikrlarini takrorladi. Bu kitobni Shvan yaxshi bilgan edi, ehtimol bu asar
uning “Hujayra nazariyasi” ni yaratishiga turtki bo‘lgandir.
Hujayra nazariyasining shakllanishiga hissa qo‘shgan olimlardan biri
Peterburg tibbiy-jarrohlik akademiyasining professori P.F.Goryaninovdir. 1834­
1847 yillar ichida u o‘zining bir nechta kitoblarini chop etib bu sohaga e’tiborni
qaratdi.
Goryaninov ko‘proq botanika sohasida ish olib bordi. U tirik organizmlarning
ikki podsholikka bo‘ldi. Birinchisi-shaklsiz yoki molekulyar, ikkinchisi-organik
yoki hujayraviy. U o‘zining “Tabiat sistemasi” (1834) asarida “Organik tanalar
hujayraviy tuzilishga ega bo‘lib, u hayotning yuqori bosqichi sifatida
o‘simliklardan tortib, odamlargacha ko‘rinadi. Organik dunyo-bu avvalam bor
hujayraviy podsholikdir” deydi. 1843 yilda u “Barcha organik podsholik
19
hujayraviy tuzilishga ega bo‘lgan tanachalardir” degan fikrni aytadi. U hujayrani
paydo bo‘lishini quyidagicha tasavvur qiladi. Dastlab kichkinagina birlamchi
pufakchani o‘rab olgan shilimshiq donachasi yadroni yoki sitoblastni hosil qiladi,
u keyinchalik hujayraga aylanadi. Shu yo‘l bilan sodda tuzilgan tanacha hosil
bo‘ladi.
Shunday qilib, Goryaninov hayotning paydo bo‘lishi muammosini hujayraning
paydo bo‘lishi bilan bog‘lab, o‘z zamondoshlaridan ancha ilgari ketdi.
Goryaninovning qarashlarida Oken (hujayrani hosil bo‘lishi), Shleyden va
Shvanlarning (sitogenezis) hujayra hosil bo‘lishi nazariyalarini birlashganini
ko‘rish mumkin. U o‘z fikrini davom ettirib, hujayra paydo bo‘lgandan keyin
o‘zini-o‘zi hosil qiladi deb hisoblaydi. 1847 yilda chiqqan asarida hujayra
ko‘payishining ikki usulini bayon qildi. Birinchisi-to‘siq (peregorodka) hosil
qilish bilan, ikkinchisi-kurtaklanib ko‘payish.
Goryaninov “barcha tiriklik tuxumdan” paydo bo‘lgani uchun, tuxumni ham
hujayra deb bilmoq kerak, degan fikrni berdi.
B.M.Kozo-Polyanskiy (1947) va B.Ye.Raykov (1951) lar takidlaganidek
Goryaninov nemis olimlaridan ancha ilgari hujayra nazariyasining ba’zi
tomonlarini shakllantirdi. Aslida u hujayra nazariyasining asosiy prinsipi bo‘lgan
“hujayra tirik mavjudodlarning tuzilishining universal modeli” ekanligini aniq
bayon qildi. U “barcha tirik mavjudodlar hujayralardan tashkil topgan va
hujayralar hujayralardan hosil bo‘ladi” deb takidladi.
XIX asrning 20 yillarida o‘simlik va hayvon to‘qimalarining mikroskopik
tuzilishini fransuz olimlaridan A. Dyutroshe (1776-1847), P.J.Tyurpen (1775­
1840) va F.Raspayl (1794-1878) lar o‘rgandilar. Bu olimlar o‘simlik va
hayvonlarda ancha keng tarqalgan mikrostrukturalar hujayralardir, ulardan
murakkabroq mikroorganlar (tomirlar, tolalar) kelib chiqadi, deb qaradilar.
1824 yilda Dyutroshe “hayvonlarning barcha to‘qimalari, organlari hujayraviy
to‘qimalardir”, deb o‘z fikrlarini umumlashtirdi. Bu tezis aslida Shvann
shakllantirgan hujayra nazariyasining asosiy tomonlaridan biri edi.
Organizmlarning hujayraviy tuzilishi haqida ko‘p olimlar o‘z fikrlarini bayon
qilishgan, jumladan, 1806 - yilda taniqli botanik Lyudolf Treviranus o‘zining

“O‘simliklarning ichki tuzilishi va ularda shiraning harakati” asarida yetarlicha


aniqlik bilan suv tashuvchi tomirlarni (naycha) hujayralardan rivojlanishini bayon
qildi.
Fransua Raspaylning fikrlari ham ancha qiziqarli. U o‘simlik hujayralari bilan
hayvon to‘qimalarining pufakchalarini solishtirishga harakat qildi.
Z.S.Katsnelson (1963) barcha bu kuzatishlarni “soxta hujayra nazariyalari”
deb atadi, ular hujayra nazariyasining shakllanishiga asos yaratdi. Shuni ta’kidlash
kerakki, hayvonlar gistologiyasi bu davrda mavjud edi. “Gistologiya” atamasini
taniqli fransuz anatomi Mari Fransua Ksave Bisha (1771-1802) ning shogirdi
K.Mayer tomonidan 1819 yilda fanga kiritilgan edi. Bisha (1801) mikroskopsiz
ham to‘qimalarni juda yaxshi bilgan va ularni klassifikatsiyalagan edi. U 21 xil
to‘qimani farqlay olgan va hayvon organlari ularning turli kombinatsiyasidan hosil
bo‘ladi, deb ta’kidlagan.
Hayvonlar gistologiyasi chex olimi Yan Purkine va uning maktabi tomonidan
yaratildi. 1837 va 1839 yillarda ilmiy jamiyatlarda u umumlashtiruvchi ma’ruzalar
qildi. Unda o‘zining “donachalar nazariyasi” ni bayon qildi. Purkine donachalar
deb hujayralarni nazarda tutdi, o‘simlik “hujayra”si bilan hayvonlar
“donacha”larini analog (o‘xshash) ekanligi haqida yozdi. Uning faktik dalillari
o‘zining aniqligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Hattoki, Shvanni dalillarini
ham Purkine maktabiniki bilan bir qatorga qo‘yib bo‘lmaydi. Purkine hujayra
nazariyasini shakllantirishga juda yaqin keldi. U o‘simlik va hayvon hujayralarini
taqqoslay olmagan bo‘lsada, uning hayvonlarning hujayraviy strukturalari
haqidagi faktik materiallari tengsiz edi. Purkine hayvon organizmini hujayralardan
tuzilganligini asosladi.
Purkine maktabi hujayra nazariyasini shakllantirishga juda yaqin kelgan
bo‘lsada, uni I.Myuller maktabi amalga oshirdi.
Myullerning shogirdlari qatoriga Ya.Genle, T.Shvann, R.Remak,
K. Lyudvig, A.Kyolliker, V.Valdeyer, R.Virxov, E.Bryukke, E.Dyubua-Reymon,
V.Gelmgols va boshqalarni qo‘shish mumkin. Myullerda
I. Pirogov ham o‘qigan, ma’ruzalarida hayvonlarda har xil tajribalar va
mikroskopik preparatlar ko‘rsatgani unda juda katta taasurot qoldirdi. Myuller

to‘garak og‘izlilarning solishtirma anatomiyasi bilan shug‘ullanar ekan, u


mikrostrukturasi jihatidan xorda va o‘simlik hujayralarini o‘xshashligi bor
ekanligini aniqladi.
T.Shvann Myullerning laboratoriyasida besh yil ishladi. U meda shirasi
fermentini ochib, unga pepsin deb nom berdi.
Shvanning xizmati shundan iborat bo‘ldiki, u hujayra haqidagi tasavvurlarni
uning kelib chiqishi bilan bog‘ladi. “O‘simlik va hayvon hujayralari prinsipial
jihatdan o‘zaro o‘xshash (gomolog), chunki ular bir xil kelib chiqishga ega ” degan
tezisni berdi.
Shvann 1837 yilda Matias Shleydenning ishi bilan tanishdi (hali bosilib
chiqmagan), 1838 yilda esa uchta kichikroq maqolalarini e’lon qildi va ularda
hujayra nazariyasining asoslarini bayon qildi.
Shunday qilib, hujayralarning kelib chiqishini umumiyligi hujayra nazariyasiga
qo‘yilgan fundament bo‘ldi va u biologiyaning keyingi rivojlanishiga katta ta’sir
o‘tkazdi.
Neyse shahrida T.Shvanga 1909 yilda haykal o‘rnatildi, shu kuni ilmiy
maktabdoshi, do‘sti va yirik olim V.Valdeyer nutq so‘zlab “Biz “hujayra” deb
atayotgan mikroskopik mayda strukturalarni Shvann ochgani yo‘q, u faqat bizni
uning ahamiyatini tushunishimizni o‘rgatdi”, dedi. Shvangacha bu masala 20-30
yil davomida o‘rganildi, ammo faqat Shvann bu nazariyani ilmiy asoslangan
nazariyaga aylantirdi.
M. Shleyden( 1804-1881) o‘ simliklarning o‘ sish j arayonida huj ayralarning hosil
bo‘lishini o‘rgandi, ammo hujayra nazariyasi bilan shug‘ullanmadi. Shleydenning
asosiy xizmati shundaki, u organizmda hujayraning paydo bo‘lish masalasini aniq
qo‘ya olganligidadir. Shleydenning eng muhim tasavvurlaridan biri hujayrani
organizm deb ataganidir. U “bu mayda o‘ziga xos organizm qanday bo‘ladi” degan
savolga javob berishga harakat qilib, o‘zining “hujayra hosil bo‘lishi nazariyasi”
(sitogenezis) ni yaratdi. Muhimi shundaki, Shleyden hujayra hosil bo‘lishini uning
yadrosini hosil bo‘lishi bilan bog‘ladi.
Shunday qilib, olimlar e’tibori hujayra qobig‘idan uning ichidagi strukturalarga,
birinchi navbatda yadroga qaratildi.

Shleyden nazariyasiga ko‘ra hujayraning paydo bo‘lishi quyidagicha amalga


oshadi. Tirik massani tashkil qilgan shilimshiqda kichkina yumaloq tanacha hosil
bo‘ladi. Uning atrofiga sferik quyuqlashgan donachalar to‘planadi. Bu qism
membrana-qobiq bilan o‘raladi, hujayra yadrosi deb ataluvchi yumaloq tanacha
hosil bo‘ladi. Buning atrofida o‘z navbatida studenistik donachali massa yig‘iladi
va u ham qobiq bilan o‘raladi. Shu bilan hujayraning paydo bo‘lishi yakunlanadi.
Shleyden hujayrani sitoblastemadan hosil bo‘lishini umumiy prinsip deb bildi, bu
nazariyaning hato ekanligi keyinchalik isbotlandi. Shunga qaramay u katta ijobiy
ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki, bu hujayraning paydo bo‘lishi, hujayralarning
gomologik ekanligi problemasiga olib keldi.
T.Shvann sitogenez nazariyasida, birinchi bo‘lib to‘qima va organlar
hujayralarining o‘xshashligini tasdiqlovchi barcha organizmlarning mikroskopik
strukturalari rivojlanishining umumiy prinsipi topildi, deb hisobladi. Yuqorida
ko‘rdikki, hujayra strukturalarining umumiylik g‘oyasi bir necha olimlar
tomonidan ilgari surilgan edi. Lekin, bu fikr aniq shakllanmagan va dalillarga
asoslanmagan edi. Bu masala Shvann tomonidan a’lo darajada hal kilindi. U 1839
yilda “Hayvon va o‘simlik strukturalari va o‘sishining mosligi ustidagi
mikroskopik tekshirishlar” nomli asarida o‘z nazariyasini bayon qildi.
Shvanning hujayra nazariyasining asosiy tomonlari quyidagilardan iborat: 1)
barcha to‘qimalar hujayralardan tashkil topgan; 2) ularni paydo bo‘lishi umumiy
prinsipda bo‘ladi. Ammo, Shvann Shleydenning sitogenezis nazariyasini qabul
qildi. Faqat Shvann hujayraning hosil bo‘lishi avvaldan mavjud hujayra ichidagina
emas, oraliq moddadan ham hosil bo‘lishi mumkin deb hisobladi. Shvanning
hujayra nazariyasining 3- qoidasi har bir alohida hujayraning mustaqil hayot
kechira olishidan iborat. Shvann organizmning umumiy hayot faoliyati alohida
hujayralarning hayot faoliyatining umumiy yig‘indisidan iborat, organizmdan
ajratib olingan hujayra yashay olmaydi, deb bildi.
Shunday qilib, Shvanning hujayra nazariyasining uchinchi qoidasini qisqacha
“organizmning xossalari alohida hujayralar xossalarining arifmetik yig‘indisidan
iborat”, deb aytish mumkin.

Shvann nazariyasi o‘z davrida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki u


organizm tuzilishi g‘oyasini asoslangan holda qo‘yabildi va fanga “hujayra
nazariyasi” atamasini kiritdi.
Tez orada, “Hujayra nazariyasi” eng ilg‘or g‘oya sifatida ko‘pchilik tomonidan
qabul qilindi va yangi izlanishlarga yo‘l ochdi.
Shvanning organizmlarning mikroskopik tuzilishi haqidagi nazariyasini tan
olgan holda, biologiyaning keyingi rivojiga to‘sqinlik qilgan tomonlari borligini
ham ko‘rsatish kerak. Birinchidan, Shvann tasavvurida hujayra qobiq bilan
o‘ralgan pufakcha yoki bo‘shliqligicha qoldi. U hujayra strukturalariga tavsif berar
ekan asosiy e’tiborni hujayra qobig‘iga qaratdi. Bu bilan Shvann o‘zidan oldingi
Meyen, Dyutroshe va boshqalarni fikriga qo‘shilgan holda qoldi. Shleydenning
sitogenez nazariyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilgani ham hujayra hosil bo‘lish
mexanizmini to‘g‘ri ochib bermasligiga sabab bo‘ldi.
Shvanning organizm hujayralarning o‘ziga xos “Davlati” degan fikri ham
noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Hujayraning hosil bo‘lishi va sitogenez nazariyasi haqidagi Purkinening
shogirdi Gabriel Valentin (1810-1883) ishlariga qisqacha to‘xtalamiz. U
o‘zining “Odam va hayvon hujayrasi” (1842) maqolasida barcha tirik
mavjudodlarni, birinchi navbatda o‘simliklar tuzilishining asosiy morfologik
elementi hujayra ekanligini tan oldi. U hujayra hosil bo‘lishini to‘rt xilini
farqlaydi. Ulardan uchtasi sitogenez nazariyasining har xil variantlari bo‘lib,
to‘rtinchisi hujayraning bo‘linish yo‘li bilan hosil bo‘lishidir.
Sitogenez nazariyasiga oxirgi zarbani mashhur patolog Rudolf Virxov (1821­
1902) berdi. Qaerda yangi hujayra paydo bo‘lsa, u yerda albatta hujayraviy to‘qima
bo‘ladi. Virxov hujayra nazariyasining keyingi rivojlanishiga katta ta’sir qildi. U
o‘zining patologiyaga oid ishlarida hujayra faqat bo‘linish yo‘li bilan ko‘payishini
isbotladi. Uning asosiy asari “Sellyulyar patologiya”(1858), hujayra nazariyasini
ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. U hujayra eng tuban morfologik element va
ularning to‘plamidan barcha tirik mavjudodlar hosil bo‘ladi, hujayradan tashqarida
haqiqiy hayot bo‘lmaydi, deydi.

Shunday qilib, Virxov hujayra uchun bir butunlik xos va uning hayot faoliyati


o‘ziga xos deb, alohida ta’kidlaydi.
Virxov fikriga ko‘ra hujayrada sodir bo‘ladigan har qanday jarayon fizikkimyoviydir. Hujayra tirik birlik bo‘lib, u bir butun bo‘lgandagina shunday bo‘lib
qoladi. Bu qarash tubdan yangi fikr edi. Hujayra morfologiyasini bayon qilishda
hech qanday yangilik kiritmadi. Hayvon hujayralari o‘simlik hujayralaridan
sellyulozali qobig‘i yo‘qligi bilan farqlanishini ko‘rsatib berdi.
Virxov hujayralar doimiy strukturalar bo‘lib, ular faqat bo‘linish yo‘li bilan
hosil bo‘ladi, degan fikrni quyidagicha ifodaladi: “har qanday hujayra hujayradan”
(Omnis cellula e cellula). Virxov hujayra bo‘linayotgan vaqtda yadroni kuzatib
bo‘lmasligini ko‘rsatdi.
Virxov sitogenez nazariyasini yo‘qqa chiqarib, uning o‘rniga hujayraning
bo‘linishi, uning yagona ko‘payish usuli ekanini isbotlab “Hujayra nazariyasi ” ni
mustahkam asosga qo‘ydi. U har bir individni o‘ziga xos “jamoaviy tuzilish”dan
iborat, u organizmda o‘ziga xos ijtimoiy (sotsial) tabiatni shakllantiradi. Organizm
hayot faoliyati bir -biriga yaqindan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sonli mustaqil
birliklardan iborat. Bunday birliklar (hujayralar) mustaqil hayotiy faollikka ega,
deb yozadi.
Shvanning hujayra nazariyasining keyingi rivojlanishi sifatida ko‘ringan
Virxovning tasavvurlari “hujayralar jamoasi” yoki “hujayra davlati”
nazariyasi,degan nomni oldi. Virxov shunday qilib, tirikni tuzilishining elementar
birligi hujayra ekanini isbotlab berdi. Shuning uchun ham hujayra nazariyasini,
ba’zan Shvann-Virxov nazariyasi deb ham ataladi, bu albatta, haqiqat.
Hujayra haqidagi yangi talqinni protsistolog va neyrogistolog Maks Shulse
(1861) berdi va hayvonlarning barcha organlarini hujayraviy tuzilishini umumiy
ekanligini asoslashga harakat qildi. Shu yili Venali fiziolog va gistolog Ernst
Bryukke ham shunga o‘xshash fikrni berdi. Bu ikki olimning ishlari fanning
keyingi taraqqiyotini belgilab berdi. Shulsening “Muskul tanachalari haqida va
nimani hujayra deb atamoq kerak” (1864) degan asarida hujayraning tuzilishini
ta’riflab berdi. Bunga qadarli hujayraning tuzilishini muhim xususiyati uning
qobig‘ini borligi degan fikr hukum surar edi. Masalan, Remak maydalanayotgan
tuxum blastomerlarini ham qobig‘i borligini isbotlagan edi.
Ammo, Shulse e’tiborni ko‘proq yadroga qaratdi. Yadro cho‘ziluvchan,
yarimsuyuq protoplazma bilan o‘ralgan, uning eng chetki qismi gomogen bo‘lib,
“hujayra ichida yadro joylashgan protoplazmadan iborat. Barcha hayotiy
jarayonlarning substrati (joyi) protoplazmadir. Yadro ham hozircha ma’lum
bo‘lmagan ahamiyatga ega” degan fikrni berdi.
Shunday qilib, hujayraga berilgan bunday ta’rifdan so‘ng hujayra qobig‘i
haqidagi fikrlar orqaga surildi. Shulse hujayra qobig‘ining bo‘lishi shart emas,
chunki protoplazma yetarli darajada quyuq va ilashimli bo‘lgani uchun o‘zini
morfologik shaklini saqlay oladi, dedi. Bu bilan u juda katta hatoga yo‘l qo‘ydi.
E.Bryukke o‘zining “Elementar organizm” (1861) nomli asarida hujayra
murakkab tuzilgan bo‘ladi, u tirik bilan, o‘likni bir-biridan farqlantiradi, degan
fikrni berdi. Bu uning katta xizmatidir. Bryukke hujayrani “elementar organizm”
deb atagan bo‘lsa ham, uni hujayra atamasi bilan almashtirishni maqsad qilib
qo‘ymadi. Uning fikricha protoplazma faqat gomogenga o‘xshaydi xolos. Tirik
mavjudotda juda ko‘p jarayonlar kuzatiladi. Murakkab organizmda turli
vazifalarni turli organlar bajargani kabi hujayradagi turli strukturalar ham turli
vazifalarni bajaradi, hujayra-bu kichkinagina tirik mavjudotdir deydi.
Bryukkeni protoplazmaning tarkibida mikroskopik strukturalarning bo‘lishi
haqidagi g‘oyasi keyingi olimlarning 30-40 yil izlanishlari natijasida tasdig‘ini
topdi. Hozirgi zamon elektronmikroskopik va gistologik texnikani qo‘llanilishi
protoplazmani Bryukke o‘ylagandan ham murakkab tuzilishga egaligini ko‘rsatdi.
Hujayraning murakkab tuzilgan murakkab organizmga tenglashtirish nuqtai
nazar, uning o‘rganishga bo‘lgan umumiy qarashni ham o‘zgartirib yubordi.
Gistologiyaning ma’nosi shu vaqtdan e’tiboran elementar organizm
(hujayra)larning shakli va vazifasini, shuningdek ularning to‘qima va organlar
tarkibida o‘zaro aloqalarini o‘rganishga qaratildi. Bu fikr ayniqsa, fransuz gistologi
Jan Batist Karnua (1836-1899) tomonidan aniq shakllandi. U fanga “hujayra
biologiyasi” tushunchasini kiritdi va 1884 yilda bosilib chiqqan kitobini ham
“hujayra biologiyasi” deb atadi. U G.Treviaratus (1802) va J.B. Lamark
tomonidan fanga kiritilgan “biologiya” so‘zi hayotni o‘rganish ma’nosini beradi,
chunki hujayra tirik elementar organizm bo‘lgani uchun uning biologiyasini
o‘rganish kerak, deb ko‘rsatdi.
Karnua o‘sha zamonda to‘plangan faktik materiallarga asoslanib, hujayra
biologiyasining uch yo‘nalishini aniqlab berdi:
1) umumiy qonuniyatlarni aniqlab beruvchi-umumiy hujayra biologiyasi;
2) biror guruh organizm hujayralarini qiyosiy o‘rganuvchi-qiyosiy hujayra
biologiyasi;
3) birorta organizm to‘qima va organlari tarkibiga kiruvchi hujayralarni
o‘rganuvchi-xususiy hujayra biologiyasi.
Shunday qilib, har qanday fanning xarakterlaydigan uchta asosiy belgitekshirish ob’ekti, vazifasi va uslubiga ega bo‘lgan sitologiya mustaqil fan bo‘lib
shakllandi.
Hujayra nazariyasining hozirgi holati
Hujayra nazariyasining asosiy tomonlari quyidagilardan iborat:
1) hujayra tirik materiya taraqqiyotining muhim bosqichidir;
2) hujayra barcha tirik organizmlar tuzilishining elementar birligi, aniqrog‘i, to‘liq
qimmatli elementar tirik sistemadir;
3) hujayra faqat morfologik emas, balki fiziologik tuzilish birlik hamdir;
4) barcha hujayralar gomologikdir;
5) ko‘p hujayralilarni filogenetik,shuningdek ontogenetik kelib chiqishi
hujayralarning fiziologik faolligi va genetik imkoniyatlarini chegaralash bilan yuz
beradi. Boshqacha qilib aytganda, hujayralar gomologik strukturalar bo‘lib qolgan
holda, ular bir-birlariga analog bo‘lmay qoladilar. Ko‘p hujayrali organizmning
tanasini shakllanishi albatta, uning tashkil qiluvchi hujayralarning
determinatsiyalanuvi, ixtisoslashuvi va mutaxasislashuvi bilan yuz beradi, bu esa
ularning xossalarida ham o‘z aksini topadi;
6) har qanday hujayra o‘ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega va ma’lum
doiradagi vazifalarni bajara oladi. Muhimi shuki, ixtisoslanish oxiri to‘liq hayotiy
xususiyatlarni chegaralanishiga olib keladi;
7) ontogenezni birin-ketin keladigan ixtisoslashuv va differensiatsiya jarayonlari,
deb qarash kerak, bunda hujayra elementlarining soni ortib borib gistosistemani
hosil qiladi;
8) hech bir hujayrani u yashayotgan muhitdan ajralgan holda qarash mumkin
emas. Bu astalik bilan shakllanayotgan ma’lum arxitektonikaga (strukturaga) ega
bo‘lgan hujayra sistemasidir. Bu hujayra nazariyasining eng muhim tomonlaridan
biridir;
9) bu sistemalilik avvalom bor, uni tashkil qilgan hujayra elementlarining
xossalarida ko‘rinadi. Ular, ham morfologik, ham fiziologik jihatdan o‘zlarining
individualligini sezilarli darajada yo‘qotadi, ya’ni hujayralar mustaqil hayot
faoliyatga qobiliyatini yo‘qotadi. Bu hodisa hujayra integratsiyasi deyiladi;
10) tizimlilik (sistemalilik) tushunchasisiz organizm haqida tasavvur hosil
qilish mumkin emas. Har bir tizim hosil bo‘lish bosqichi yangi sifat hosil qilish
ehtiyoji bilan yuzaga keladi. Ko‘p hujayrali organizm xususiyati shu bilan
xarakterlanadi.
Organizm tarkibida tizimlilik tushunchasisiz bir butun organizmning mustaqil
tuzilish birligi bo‘lgan hujayra haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilib bo‘lmaydi.
Binobarin, hujayraning barcha hayotiy faoliyati o‘zining shaxsiy xususiyatlari va
o‘zidan yuqori turgan tizim xususiyatlari bilan belgilanadi.
Shunday qilib, organizm bir-biriga bog‘liq tizimlarning o‘ziga xos majmuasidan
iboratdir. Birinchi elementar biologik sistema-hujayradir, oxirgisi eng oliy sistemaorganizmdir.
Hayot muammosi-bu tashkil bo‘lish muammosidir. U turli murakkablikdagi
sistemalar bilan xarakterlanadi


Yüklə 57,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə